O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot


muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə15/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan 
malaka talablari 
1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
A1
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
matnni tushunib o‘qiy oladi;
og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi;
65 — 70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va
husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila
oladi;
do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi.
A1+
sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi;
matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi;
70 — 75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi.
A2
tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni
tushuna oladi;
so‘z, ibora va atama (termin)larning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy oladi;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qila
oladi;
140 — 160 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, 20 — 25 gapdan iborat ijodiy
matn (bayon, insho) yoza oladi,
bayonga reja tuza oladi, epigraf tanlay oladi;
matnda badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalana oladi;
husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi;
ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, e’lonlarni) yoza
oladi.
A2+
ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb mavzularga doir xabar va
ma’lumotlarni tushuna oladi;
turli janrga oid matnlardagi so‘z, ibora va atama (termin)larning ma’nosini
tushunib, to‘g‘ri va ravon o‘qiy oladi;
tanish mavzuda taqdimot qila oladi;



17
160 — 180 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; o‘qib eshittirilgan matn yoki


mavzu asosida 26 — 30 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yarata oladi;
ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, e’lonlarni) yoza
oladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin