19
ONA TILI FANIDAN O‘QUV DASTURI
(5-9-sinf)
UQTIRISH XATI
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning maqsadi –
o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmasini,
ijodiy fikrlash malakasini,
kitobxonlik va nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat.
Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi – o‘quvchi shaxsini fikrlashga,
o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon
qila olishga qaratilgan nutqiy (kommunikativ) kompetensiyani rivojlantirish;
o‘quvchilarda
grammatikaga
oid
o‘zlashtiriladigan
bilimlarni
(fonetika,
leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z
yasalishi, morfologiya, sintaksis,
yozuv va
imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni)
rivojlantirish
hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va
ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni
shakllantirishdan iborat.
Ona
tili
fanidan
o‘quv
dasturi
o‘quvchilarda
kompetensiyalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib
tuzildi. O‘quv dasturida o‘quvchilarda fanga
doir nutqiy va lingvistik
kompetensiyalarni
hamda
tayanch
kompetensiyalarning
elementlarini
shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, adabiy
nutq me’yorlariga og‘zaki va yozma nutqida rioya qilishni shakllantirish;
Umumiy o‘rta ta’limda – ona tili imkoniyatlari asosida ta’lim oluvchida
mustaqil va ijodiy fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq muhiti, sharoiti va vaziyatiga
mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri,
ravon va aniq ifodalash
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: