O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə17/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

Lingvistik kompetensiya (fonetika, leksika, grammatika):
B1, B1+
Fonetika: fonemalar tasnifi va uslubiyatini tushuna oladi, fonetik
o‘zgarishlarni orfoepik qoidalar nuqtai nazaridan tahlil qila oladi, ohang va urg‘uni
nutqda qo‘llay oladi.
Leksika: so‘zlarning ko‘chma ma’nosi, uslubiy xususiyatlari va atamalarni
farqlay oladi, ulardan nutqda to‘g‘ri foydalana oladi. O‘zbek tili leksikasining
rivojlanishi, boyishi manbalarini izohlay oladi.
Grammatika: so‘z turkumlari, undov, modal va taqlid so‘zlar, ularning
otlashishi hamda uslubiy xususiyatlarini tushuna oladi va izohlay oladi. So‘z
birikmasi gap va uning grammatik belgilari, dialogik nutq belgilari, gap
bo‘lagining tiplari, sodda va qo‘shma gaplar ma’nodoshligini, sintaktik
qurilmalarni, ko‘chirma gap, matnning o‘ziga xos xususiyatlarini farqlay oladi va
muloqotda grammatik hamda sintaktik birliklardan o‘rinli foydalana oladi.
B1+
Fonetika: fonetik o‘zgarishlarni orfoepik qoidalar nuqtai nazaridan tushuntira
oladi, ohang va urg‘uning nutqdagi ahamiyatini, yozuv tamoyillarini izohlay oladi.
Leksika: o‘zbek tili leksikasining rivojlanishi, boyishi manbalarini tushuntira
oladi.
Grammatika: so‘z turkumlari, gap bo‘laklarining uslubiy xususiyatlarini
tushunib, izohlay oladi. Nutqda grammatik hamda sintaktik birliklardan o‘rinli
foydalana oladi.



19
ONA TILI FANIDAN O‘QUV DASTURI 


(5-9-sinf) 

UQTIRISH XATI 

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning maqsadi –


o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmasini, ijodiy fikrlash malakasini,
kitobxonlik va nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat.
Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi – o‘quvchi shaxsini fikrlashga,
o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon
qila olishga qaratilgan nutqiy (kommunikativ) kompetensiyani rivojlantirish;
o‘quvchilarda
grammatikaga
oid
o‘zlashtiriladigan
bilimlarni
(fonetika,
leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va
imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish
hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va
ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni
shakllantirishdan iborat.
Ona
tili
fanidan
o‘quv
dasturi
o‘quvchilarda
kompetensiyalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib
tuzildi. O‘quv dasturida o‘quvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik
kompetensiyalarni
hamda
tayanch
kompetensiyalarning
elementlarini
shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, adabiy
nutq me’yorlariga og‘zaki va yozma nutqida rioya qilishni shakllantirish;
Umumiy o‘rta ta’limda – ona tili imkoniyatlari asosida ta’lim oluvchida
mustaqil va ijodiy fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq muhiti, sharoiti va vaziyatiga
mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon va aniq ifodalash
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin