O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə16/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

B1
Tinglab tushunish: sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan
matndagi asosiy axborotni ajratib oladi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb
axborotlar mazmunini, maqsadini idrok etadi, tinglab tushunadi. Nutqning
to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini anglaydi, barqaror
atamalar, kasb-hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlaydi.
Gapirish: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi,
leksik, grammatik va stilistik me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni
o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi.
O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali va ta’sirchan o‘qiy oladi, gapning
ifoda maqsadi, his-hayajon, sodda va qo‘shma gaplar ohangiga rioya qilib o‘qiydi.
Yozish: fikr ifodasi mantiqan izchil, tinish belgilari, nutqda kirish va
kiritmalar, ko‘chirma gaplar, tilning ifoda vositalari, fikr ifodasida qo‘shma
gapning oddiy va murakkab turlaridan foydalanadi.
Ijodiy matnlar yarata oladi. Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi. Rasmiy va
shaxsiy xatlarni farqlaydi.
30 — 35 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi.
B1+
Tinglab 
tushunish:
ilmiy
manbalardagi
o‘rtacha
murakkablikdagi
ma’lumotlarni tinglab tushunadi. Nutq uslubiyotiga xos xususiyatlarni tinglab
tushunadi.
Gapirish: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi,
leksik, grammatik va stilistik me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni
o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi.
O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali hamda ta’sirchan o‘qiy oladi, ulardagi
uslubiy vositalarning ahamiyatini his qiladi
Yozish: fikr ifodasida qo‘shma gapning oddiy va murakkab turlaridan
foydalanadi, bir fikrni turli shaklda ifodalaydi. Ijodiy va badiiy matnlar yarata
oladi. Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi. Ixtisoslikka oid matn tuza oladi,
bunda til birliklaridan o‘rinli foydalanadi.
35 — 40 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi.
1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya
leksika, grammatika va uslubiyatga oid):
A1 
ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga
amal qila oladi;
mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A1+
so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi;



18
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli


qo‘llay oladi.
A2
talaffuz va imloda tovush almashishi, tovush orttirilishi, tovush tushishi kabi
hodisalardan o‘rinli foydalana oladi;
o‘zlashtirilgan leksik birliklarni gap tarkibida qo‘llay oladi;
fonetik, leksik va grammatik tahlil qila oladi;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi;
matnda tilning ifoda vositalaridan foydalana oladi.
A2+
tovushlar talaffuzida orfoepik me’yorlarga amal qila oladi;
leksik birliklarning ma’nosini farqlashda lug‘atlardan unumli foydalana oladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin