O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ona tili adabiyot



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə6/229
tarix26.08.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#140592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   229
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi-fayllar.org (1)

davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar
hamkorligida amalga oshiriladi;
milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli qarori hamda
xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.
21. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining bilimi sifatini nazorat
qilishning reyting tizimi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan
tasdiqlanadi.
22. Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilmaganligi uchun javobgarlik
qonun hujjatlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbariyatiga
yuklanadi.



9
Vazirlar Mahkamasining


2017 yil 6-apreldagi
187-son qaroriga
3-ILOVA

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim 
fanlari bo‘yicha 
MALAKA TALABLARI
I-bob. Umumiy qoidalar 
1-§. Qo‘llanish sohasi 
1. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari
bo‘yicha malaka talablari (keyingi o‘rinlarda — Malaka talablari deb ataladi)
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarining
negizi hisoblanadi va standartlashtirishning umumta’lim fanlarini o‘rganishning
bosqichlarini, o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka talablarining
tuzilishini belgilaydi.
2. Malaka talablari ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari
hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan qo‘llanilishi majburiydir.
3. Malaka talablari asosida ta’lim muassasasining turi va xususiyatlarini
inobatga olgan holda o‘quv dasturlari, davlat attestatsiyasi uchun umumta’lim
fanlari bo‘yicha nazorat-baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi va vakolatli
vazirliklar, idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   229




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin