O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
Alohida ta’lim ehtiyoji bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
(aqliy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun)
maktab va maktab-internatlarining
“Ijtimoiy maishiy hayotga yo’naltirish”
korreksion fanidan
O’QUV DASTURI
(1-4 sinflar uchun)
Tuzuvchilar: Sidorenko Ye. V. – Toshkent viloyati, Angren shahri,
9-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab, IMHY fani o’qituvchisi.
Isamiddinov F.X. Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani
48-sonli IChBIDTM, IMHY fani o’qituvchisi.
Azimova G.Z. Toshkent shahar, 87-sonli ixtisoslashtirilgan
yordamchi maktab direktori.
Raxmatova S.E. – Дефектолог, Toshkent viloyati,
Yangiyo’l shahar, 1-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab,
defektolog
Toshkent-2022
Tushuntirish xati.
Alohida ta’lim ehtiyoji bo’lgan o'quvchilarni "Ijtimoiy-maishiy hayotga yo'naltirish" (SBO) fanidan o'qitishdan maqsad o’quvchilarda atrofdagi dunyoda (kundalik hayotda, insoniy munosabatlarda) va mustaqil ravishda to'g'ri harakat qilish va o'z maishiy hayotini tashkil etish imkonini beradigan hayotiy minimal amaliy ko'nikmalarni shakllantirishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun 1-4-sinflarda o'qitish bosqichida quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutiladi:
o‘quvchilarda maishiy mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish: ovqatlanish, tana parvarishi, uy-joy, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlaridan foydalanish bo’yicha ko’nikmalar;
iqtisodiy va maishiy ko'nikmalarni shakllantirish: uy, xo’jalik buyumlari, oziq-ovqat, suv, elektr energiyasiga tejamkorlik bilan munosabatda bo'lish, tovar tanlash va xarid qilish malakasi;
o’quvchilarni turli korxona va muassasalar (savdo, maishiy xizmat, aloqa, madaniyat, tibbiy xizmat…) xizmatlariga yo‘naltirish, ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
jamoat transporti xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
muloqot qobiliyati va madaniy xulq-atvorni shakllantirish;
oila, oilaviy munosabatlar, oila hayoti va oilada bo‘sh vaqtni sermazmun o’tkazish haqida tushunchalarni shakllantirish;
Yuqoridagi vazifalar pedagogik faoliyatning asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi. Shunga asoslanib 1-4 sinflarda o'quv dasturining "Ijtimoiy-maishiy hayotga yo'naltirishish"ning quyidagi bo'limlari ajratilgan:
1. Shaxsiy gigiena.
2. Kiyim va poyabzal.
3. Xulq-atvor madaniyati.
4. Turar joy.
5. Mening xavfsizligim.
6. Oila.
7. Ovqatlanish.
8. Savdo.
9. Kasbga yo'naltirish.
10. Aloqa vositalari.
11. Ko'cha. Transport.
12. Salomatlik.
13. Inson va tabiat.
Dasturda bo'limlarni joylashtirish, ularni o'rganish ketma-ketligi majburiy emas. O'qituvchi darslarni rejalashtirishda boshqa ketma-ketlikda amalga oshirishi mumkin.
Har bir mavzu bo‘yicha malakalar doirasi ularning hayotiy zarurligi va amaliy ahamiyatidan kelib chiqib belgilandi. Bunda I-IV sinflarda “Ijtimoiy-maishiy hayotga yo'naltirishish” dasturining mazmuni, aqli zaif o‘quvchilar uchun bilim va ko‘nikmalarning tushunarli bo‘lishi, ushbu fan bo‘yicha o‘quv rejasida ajratilgan o‘quv soatlari soni hisobga olindi.
IMHY fani o‘qituvchisi har bir sinf o‘quvchilarining aqliy, ruhiy va jismoniy xuhusiyatlari (qiziqishlari)ni, ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini, mavsum(fasl) va mahalliy-hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda dastur materialini rejalashtirishga mavzular ketma-ketligi va xajmini 15%dan ortiq bo’lmagan miqdorda o’zgartirishi mumkin.
Dars mavzularining o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi o’qituvchining darsga yondashuviga : qo`llaniladigan o`qitish uslub va usullariga ham bog`liq. IMHY fanining maqsadi o‘quvchilarning amaliy malaka va ko‘nikmalari shakllantirish ekan, o’quvchilar bu malaka va ko‘nikmalarni faqat o‘z hayoti davomida orttiradi, mashg’ulotlar davomida esa amaliy mashqlar bilan mustahkamlanadi. Bunda etakchi o'qitish usuli mashqlar usuli hisoblanadi.
“Inson va tabiat”, “Ko‘cha va transport”, “Savdo” bo‘limlari o‘zlashtirishda ekskursiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ekskursiya ob'ektining maktabdan uzoqda joylashganligi va o'qish vaqtining cheklanganligi sababli o'qituvchi har doim ham ekskursiya o'tkazish imkoniga ega emasligini nazarda tutib, bu vaziyatni o'qituvchi sinf rahbarlari, tarbiyachilar va o'quvchilarning ota-onalari yordamida hal etish mumkin.
IMHY mashg’ulotlarida o’quvchilarni pazandachilik, kir yuvish, dazmol qilish, uy tozalash va boshqa xo’jalik faoliyatiga o’rgatar ekanmiz, buning uchun maxsus ta’mirlangan va barcha kerakli ashyolar(kir yuvish mashinasi, dazmol, dazmol taxtasi, pazandachilik uchun pech, sovutkich, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa maishiy xizmat ko’rsatish vositalari) ta’minlangan maxsus jihozlangan xona ajratilgan bo’lishi lozim. Shunda IMHY darslarida ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.
Dastur IX-sinfni tamomlagan o‘quvchilarning malaka va ko’nikmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar ro‘yxati bilan yakunlanadi. Ayrim o’quvchilar uchun dastur mavzularini o'zlashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, ularga qo'yiladigan talablar hajmi individual ravishda qisqartirilishi mumkin.
Amaliy ishlar, ekskursiyalar, rolli o'yinlar, suhbatlar IMHY fanini o'qitishning asosiy uslubi hisoblanadi.
Dasturning barcha bo'limlarida amaliy ish yoki topshiriqlar ko'zda tutilgan. Har bir o’quvchi, uning aqliy va jismoniy imkoniyatlaridan qat'iy nazar, kiyim-kechaklarni parvarish qilish, ovqat pishirishning asosiy oddiy usullarini o'zlashtirishi lozim.
Isitish moslamalari, elektr va maishiy texnika va qurilmalardan foydalanish, buyumlarni teshish va kesish ko'nikmalarini shakllantirish, shuningdek, shisha idishlar, qaynoq suv va boshqalar bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirishda xavfsizlik qoidalariga alohida e'tibor qaratish lozim. Xavfsizlik qoidalarini buzish bilan bog'liq biron bir hodisa e'tibordan chetda qolmasligi kerak. Turli amaliy ishlarni bajarishda bolalarni doimiy ravishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishga o'rgatish kerak.
IMHY darslarida suhbat, rolli o'yinlar, turli amaliy ishlar, daftarga ma'lum qoidalarni yozish, eskizlar, mashqlar va boshqa ish turlari bilan birgalikda asosiy o'qitish usullaridan biridir. Suhbatning davomiyligi har xil bo'lishi mumkin, lekin u sinfda qo'llaniladigan yagona o'qitish usuli bo'lmasligi kerak. Darsga qarab, suhbat boshqa maqsadda bo'lishi mumkin.
Rolli o'yinlar o'qitishning etakchi usullaridan biri hisoblanadi. Dasturning amaliy mashg’ulot sifatida o’tib bo’lmaydigan bo'limlarida, masalan: "Xulq-atvor madaniyati", "Oila", "Savdo", "Aloqa vositalari" kabi bo'limlarni o'rganishda rolli o'yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Rolli o'yinlar asosan o'tilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida va muloqot ko'nikmalarini shakllantirish uchun tavsiya etiladi. O'yinda o'ziga xos hayotiy vaziyatlarni takrorlash, o'quvchilar olgan bilim va malakalarini qo'llaydilar.
Ijtimoiy-maishiy hayotga yo'naltirish darslari ona tili, matematika, geografiya, mehnat, tabiatshunoslik, tasviriy san'at darslari bilan chambarchas bog'liq.
Korreksion darsning davomiyligi 40 daqiqa, yalpi holda 1-4 sinflarda haftasiga 2 soat.
1-sinf: haftasiga 2 soat, yiliga 66 soat.
2-sinf: haftasiga 2 soat, yiliga 68 soat.
3-sinf: haftasiga 2 soat, yiliga 68 soat.
4-sinf: haftasiga 2 soat, yiliga 68 soat.
Dostları ilə paylaş: |