O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi



Yüklə 225,1 Kb.
səhifə8/14
tarix19.10.2023
ölçüsü225,1 Kb.
#156954
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
“Ijtimoiy maishiy hayotga yo’naltirish”

Shaxsiy gigiena (7 soat). Shaxsiy gigienaning umumiy qoidalari. Qo'llarning tirnoqlari va terisini parvarish qilish qoidalari (tirnoqlarni olish, qo'llarni parvarish qilish vositalari va ulardan foydalanish). Amaliy mashg’ulotlar. Sochni parvarish qilish. Pedikulyoz nima? Bolalarni tanani parvarish qilishga o'rgatish bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazish, chiniqtirish muolajalarini bajarish va hokazo. Muayyan gigiena qoidalariga rioya qilgan holda o'qish va yozish.O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish paytidagi gigiena talablari.
Kiyim va poyabzal (11 soat). Kiyim va poyafzallarni mavsumlarga qarab almashtirish. Kiyimlarni mayda ta'mirlash (tugmachalar, ilmoqlar, va ilgaklarga tikish). Har xil turdagi poyabzal va bosh kiyimlarga parvarish qilish. Amaliy mashg’ulotlar. Kiyimdagi tugmalar, ilmoqlarni va shimlar, ko'ylaklarning so’kiilgan chok bo'ylab tikish. Oyoq kiyimlarini parvarish qilish uchun vositalar va anjomlar. Amaliy mashg’ulot. Charm poyabzallarni parvarish qilish. Charm poyabzalni qanday parvarish qilish kerak?
Xulq-atvor madaniyati (8 soat). Zararli va foydali odatlar. Nutq madaniyati. Qanday qilib yaxshi bo'lish mumkin. Amaliy mashg’ulot. Qad-qomat uchun mashqlar to'plami. "Sen" va "siz". "Uyga mehmonlar kelishdi." Mehmonlarni taklif qilish va qabul qilish. Muzeyda, san'at galereyasida o'zini tutish qoidalari. Muzeyga ekskursiya.
Oila (4 soat). Uy maishiy-xo’jalik ishlarini taqsimlash. Amaliy mashg’ulotlar. Sovg'a-o'z qo'llarim bilan. Tug'ilgan kun. Barcha qarindoshlarning kasblari.
Kasbga yo'naltirish (4 soat). Kasblar bilan tanishtirish. Bolalar bog'chasiga sayohat. Tarbiyachi va uning yordamchisi kasbi bilan tanishish. Amaliy mashg’ulot. “Kasblar olami” albomini tuzish.
Uy-joy (8 soat). Turar joy uchun gigienik talablar. Uyni muntazam tozalash. Amaliy mashg’ulot. “Keling, sinfni tozalaymiz”. Mebel jihozlari bilan tanishtirish. Ish stolidagi(ustida) tartib. Uydagi gullar. Amaliy mashg’ulot. Uy o'simliklarini parvarish qilish.

Yüklə 225,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin