Rejalashtirilgan natijalarni baholash tizimi.
O’quvchilarning yosh xususiyatlari va qo’yilgan maqsadga muofiq quyidagilarni nazarda tutmoq lozim:
- o’rganilgan mavzunito’g’ri va ongli bayon etish, tushunchalarni to‘laqonli ochib berish, amaliy ishlarni to’g’ri bajarish;
- mustaqil javob berishga erishish;
- olingan bilimlardan amaliyotda to’g’ri foydalanish;
- intellektual, umumiy ta'lim va maxsus ko'nikmalarni shakllantirish.
“5” baho - javob to‘liq, to‘g‘ri, o’tilgan mavzuning asosini aks ettira olish; tushunchalarni to‘g‘ri va to’liq bayon etish, avvalgi bilimlarga tayangan holdato’g’ri va mustaqil javob berish.
"4" baho - javob to'liq, to'g'ri, lekin mavzuni bayon qilish ketma-ketligi buzilgan, xulosa noto’g’ri qilingan, qo'shimcha savollar yordamida ketma-ketlik tiklanadi.
“3” baho – javob to‘liq emas, lekin to‘g‘ri, mavzuni bayon qilish ketma-ketligi buzilgan, qo'shimcha savollarga javob berishga qiynaladi, o’quv qurollaridan foydalanib javob berishda xatolarga yo’l qo’yadi.
Ta’lim jarayonining moddiy texnika ta'minoti.
Mashg'ulotlar yaxshi yoritilgan va shamollatib turiladigan xonada o'tkaziladi. Xonada bolalarning bo’yiga mos keladigan parta va stullar bo’lishi zarur. Har bir o’quvchida: katak daftar, A 4 xajmdagi qog’oz varaqlari, qalam, rangli qalamlar to'plami, puchka bo’lishi shart.
Alohida ta’lim ehtiyoji bo’lgan o'quvchilarning ta'lim ehtiyojlari dars jarayonida muayyan mavzular bo'yicha turli ko'rgazmali qurollardan, didaktik materiallardan, bosma qo'llanmalardan, tabiiy namunalardan, didaktik tarqatma materiallardan, o'yinchoqlar; modellar to'plami, turli shakl, o'lcham va rangdagi buyumlarlardan foydalanishni nazarda tutadi;
Shuningdek imkoniyati cheklangan o'quvchilarning ta'lim ehtiyojlari dars jarayonida AKT texnologiyalaridan, ya'ni vizual, audio, kombinatsiyalangan ma'lumotlarga ega elektron va axborot resurslaridan foydalanishni belgilaydi.
Moddiy texnika ta'minoti:
- jadvallar, rasmlarni mahkamlash uchun mo’ljallangan magnit doska;
- mavzuga mos o’quv multimedia resurslari (taqdimotlar);
- o'rganilgan mavzu bo'yicha didaktik kartalar;
- turli ko'rgazmali materiallar;
- “ha-yo'q” turkumidagi kartochkalar, belgili kartochkalar…;
Dostları ilə paylaş: |