Masalan. Uch million to’rt sonini yozing.
Javob: 3000004
Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar.
1.
Raqam bilan sonning farqi nima?
2.
Sonning necha xonali ekanligini qanday aniqlaymiz?
3.
Natural son deb nimaga aytiladi?
4.
Eng kichik natural son nechaga teng?
5.
Eng katta natural son nechaga teng?
6.
Sonning xona va sinf birliklarini tushuntiring.
1-topshiriq. 1) 2035007915 2) 201364786 3) 40003200003 4) 6894200010023 sonlar
berilgan
a)
Qaysi sinflarda va qaysi xonalarda qanday raqamlar turganligini;
b)
Har bir sonda har bir raqam qaysi sinfda va qaysi xonada turganligini;
c)
Har bir sonda nechta bir, o’n, yuz, ming va hokazo borligini;
d)
Har bir sonni xona birliklari va sinflari bo’yicha yoyilmasini yozing.
2-topshiriq. Quydagi sonlarni o’qing.
1)
2035007915 2) 201364786 3) 40003200003 4) 6894200010023 5)200003000
3-topshiriq. Quydagi sonlarni yozing.
a)
Uch million to’rt yuz b) o’n ikki trillion besh c) o’ttiz ikki million besh yuz o’n
bir d) qirq ming to’rt f) sakkiz ming sakkiz yuz o’n bir.
Dostları ilə paylaş: |