Noyob yer metallari – metall, qotishma, kimyoviy birikmalar ko‘rinishida qora va rangli metallurgiyada, shisha va keramika sanoatida, atom energetikasida ishlatiladi.
Metall tarkibli minerallar turiga (ko‘rinishi) ko‘ra rangli metall rudalari qo‘yidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
sulfidli – tarkibidagi metall oltingugurt bilan birikib sulfid ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday rudalarga misli, miss-ruxli, miss-molibdenli, miss-nikelli, qo‘rg‘oshin-ruxli (polimetall) rudalar taaluqlidir;
oksidli – tarkibidagi metall turli kislorod birikmalari: oksidlar, karbonatlar, gidrooksidlar va hokazolar bilan birikkan ko‘rinishda bo‘ladi. Bunday rudalarga misol qilib alyuminiyli, oksidlangan nikelli, qalayli, mis va kamyob metall rudalarining ayrim ko‘rinishlarini keltirish mumkin;
sof – tarkibida metall erkin holda uchraydi. Tabiatda erkin holda oltin, kumush, mis, platina, vismut, simob uchraydi;
– aralash – metall sulfidli, oksidli ko‘rinishda, ayrim hollarda erkin holda bo‘ladi (mis rudalari);
– xloridli – tarkibida metall vodorod xlorid kislotasi tuzlari ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday rudalardan magniy, shuningdek bir qator engil va noyob metallar ajratib olinadi.
O‘zbekistonda konchilik sanoati bo‘yicha 400 ga yaqin rangli metallar, ko‘mir, gaz qazib chiqaruvchi korxonalar, neft konlari, shaxta makonlari va turli konlar ishlab turibdi. Ular tarkibida yuqorida qayd etilgan Olmaliq va Angren korxonalaridan tashqari, 1950-yillari o‘z ishini boshlagan Ingichka konini, 1956yilda o‘z faoliyatini boshlagan Chirchiqdagi O‘zbekiston o‘tga chidamli va qattiq qotishmali metallar kombinati, O‘rta Chirchiq plavikoshpat kombinati, 1970– 1980-yillarda ishga tushirilgan Uchquloch, Kovuldi, Marjonbuloq kon va ruda boyitish fabrikalarini, 1966-yilda ishga tushirilgan Qo‘shbuloq koni, 1973-yildan mahsulot bera boshlagan Angren oltin boyitish fabrikasi, 1967–1969-yillarda MDH davlatlaridagi konlar orasida ulkan hisoblangan Muruntov kon-boyitish korxonasini va 1987-yilda foydalanishga topshirilgan Zarmitan konini sanab o‘tish mumkin. Ularning qatoriga “O‘zbekneftgaz qazib chiqarish” davlat aksiyadorlik birlashmasi, “O‘zbeksement”, “O‘zbekmarmar”, ikkilamchi xomashyodan alyuminiy ishlab chiqaruvchi zavod kabi yirik ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa korxonalar kiradi. Respublikada oltin zaxiralarini qidirib topish va foydalanish borasida olamshumul ishlar qilinmoqda. “O‘zbekoltin” birlashmasi Qoraqo‘ton, Bichanzor, Qo‘shbuloq va Chodak konlari zamirida o‘z faoliyatini boshlagan.
1946-yilda Olmaliq mis-molibden kombinatini qurish bo‘yicha loyiha topshirig‘i tasdiqlandi. Urushdan keyingi yillarda Qo‘rg‘oshinkon va Oltintopkan polimetall konlarida qidiruv ishlari tugallandi. 1948-yilda Olmaliqda qo‘rg‘oshinrux ishlab chiqaruvchi kombinat qurish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qalmoqqir koni va mis boyitish fabrikasining qaytadan ta’mirlanishi 2012yilga borib ma’danli ruda qazib olishni 30 mln. tonna va misli rudani qayta ishlashni 40 mln. tonnagacha yetkazish imkonini beradi;
Qalmoqqir koni va mis boyitish fabrikasining qaytadan
ta’mirlanishi 2012-yilga borib ma’danli ruda qazib olishni 30 mln. tonna va misli rudani qayta ishlashni 40 mln. tonnagacha yetkazish imkonini beradi;
misli toshqollarni flotatsiya usuli bilan qayta ishlash natijasida yarim mahsulot va texnogen chiqindilardan temir va boshqa qotishmalarni olishni yo‘lga qo‘yish;
yaqin kelajakda 40 ming tonna hajmda prokat olish maqsadida rangli metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishni yaratish.
Shunday qilib, kombinatning asosiy investitsion maqsadi – kombinatda bor xomashyolardan foydalanib, eksportga yo‘naltirilgan, yuqori darajada tez sotish mumkin bo‘lgan mahsulotlar chiqarish bazasini yaratishdir.
Dostları ilə paylaş: |