O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishi



Yüklə 123,59 Kb.
səhifə11/25
tarix21.09.2022
ölçüsü123,59 Kb.
#63887
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Sinf rahbari daftari yangi 2022-2023

3-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishi

27. O‘quvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya etish talablari:


a) ta’lim muassasasi binosi va uning hududida:
- ta’lim muassasasiga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o‘quvchilar formasida kelish.
Bunda, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida maktab formasi 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich, 2025-yildan boshlab esa to‘liq joriy etilishini inobatga olish;
- toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish;
- o‘zidan kichiklarga nisbatan izzatda bo‘lish, kattalarga esa hurmat ko‘rsatish;
- o‘qituvchilar va ta’lim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan uchrashganda salom berish;
- ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar) va o‘quv jihozlari (kompyuter texnikasi, laboratoriya jihozlari, sinfxonalardagi stend va bannerlar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
- ta’lim muassasasi mulkiga zarar yetkazilgan hollarda ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan qoplanishi;
- ta’lim muassasasi yo‘laklarida tinchlikni saqlash, ichki tartib va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish;
- ta’lim muassasasiga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan zarur o‘quv qurollarining bo‘lishi);
- ta’lim muassasasi hududida telefonini o‘chirib, (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) portfel yoki sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yish;
chiqindilarni muassasa binosi va hududidagi maxsus belgilangan idishlarga tashlash;
b) dars mashg‘ulotlarida:
- tegishli darslik va zarur o‘quv qurollari bilan ishtirok etish;
- vaqtini va diqqatini o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan maqsadlarga sarflash va qaratish;
- o‘qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi bo‘lganda qo‘lini ko‘tarib ruxsat so‘rash;
sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish;
d) tanaffusda:
- o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish;
- navbatdagi dars bo‘ladigan sinf xonasiga o‘z vaqtida o‘tish;
- fan o‘qituvchisining ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash;
- katta tanaffus vaqtida navbatchi o‘quvchilar tomonidan sinf xonasining tozaligini ta’minlash;

Yüklə 123,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin