I.2. Odil Yoqubov ijodi va ilmiy merosi
Odil YOqubov – serqirra ijodkor. U o’zining hikoya va ocherklari,
publisistik maqola va pesalari, xususan, qissa va romanlari bilan kitobxonlar
ommasining sevimli yozuvchisi bo’lib qolgan. Adib, ayniqsa, hikoya, qissa va
roman janrlarida o’z iste’dodini to’liq namoyon qilgan. Zero, u Abdulla Qodiriy,
CHo’lpon, Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor kabi ustoz yozuvchilarning
an’analarini yangi davrda davom ettirgan va rivojlantirgan. Odil YOqubovning
«Vido», «Muzqaymoq» singari asarlari o’zbek hikoyachiligining go’zal
namunalaridir.
Odil YOqubovning «Navro’z arafasidagi o’ylar», «Muruvvatni
unutmaylik», «Qachon odam bo’lamiz», «Qishloqdagi fojia», «Nutq», «Namangan tomonlarda», «Qashqadaryo gurunglari» kabi publisistik asarlarida ham xuddi shu
xususiyat bo’rtib turadi. Zero, ularda mavzu va material yangi bo’lganidek, olg’a
surilgan fikr va uning ifodasi ham go’zal va yangidir. SHunga ko’ra, Odil
YOqubovning publisistik asarlari mavzu, g’oyaviy mazmun va badiiy mahorat
jihatidan adabiyotimizda yangilik bo’ldi. Darhaqiqat, Odil YOqubovning
publisistik maqolalarini mamlakat va xalq uchun hayot-mamot masalalari bo’lgan:
mustaqillik, erk, taraqqiyot, adolat va tinchlik masalalari ko’tarilgan hamda
dadillik va jasurlik bilan yoritilgan. SHuningdek, ularda qishloq ahli, xususan,
qishloq xotin-qizlari hayotini tubdan yaxshilash, uni hozirgi kun talablari
darajasida ko’tarish, o’lkamizni yanada obod va ko’rkam qilish, tabiatni sevish,
asrash, tabiat boyliklaridan tejab – tergab foydalanish haqida bong urilgan.
Odil YOqubov o’z publisistik maqolalarida ona tabiat, uning daxlsizligini
ta’minlash, qadimiy chiroyini qaytarish, Orol dengizi fojiasi va uning asl sabablari
haqida juda ta’sirli yozadi. Paxta yakkahokimligiga, paxtachilikda zaharli dorilarni
haddan ziyod ishlatishga qarshi, paxtaning xarid narxini ko’tarish to’g’risida
qimmatli fikrlarini o’rtaga tashlaydi.
Odil YOqubov tabiat boyliklarini isrof etishni, adolatsizlik va nohaqlikni,
ko’zbo’yamachilik va qo’shib yozishni jamiyat tanasidagi jarohat deb ataydi.
Maqolalarida bunday jarohatlarga qarshi kurashish, inson qadr-qimmatini ko’tarish
g’oyasini olg’a suradi.
Odil YOqubovning qissachilik sohasidagi ijodiy izlanishlari g’oyat
samaralidir. Adib turli yillarda «Bir feleton qissasi», «Tilla uzuk», «Muqaddas»,
«Ota izidan», «Matluba», «Qaydasan, Morika» kabi asarlar yozib, o’zbek
qissachiligi taraqqiyotiga katta ulush qo’shdi.
Odil YOqubov qissalari – mavzu jihatidan rang-barang, mazmunan boy. Bu
qissalarda zamondoshlarimizning murakab va jonli obrazlari chizilgan. Adib
qissalarida tugab syujet va yorqin obrazlar yaratib, inson va zamin, vijdon va
burch hayot haqida chuqur fikr yuritadi. Xalq hayotidagi ezguliklarning
ahamiyatini ko’rsatib, halol ishlab, halol yashash g’oyasini ustalik bilan ifodalaydi. Qing’irlik, nopoklik, xiyonat va sotqinlikni kesish qoralab, ularni
badbaxtlikka, yuzi qoralikka qiyos qiladi.
SHunisi muhimki, Odil YOqubov qissalarida adolat va haqqoniyat, halollik
va sadoqatning xiyonat, fitna-fasod, tuhmat, hiyla-yu mahr ustidan g’alabasi quruq
bayon etilmaydi. Aksincha, badiiy tarzda, to’laqonli obrazlar vositasida jonli va
tabiiy qilib ifodalanadi.
Dastlabki asari — “Tengdoshlar” qissasi 1951 yilda e’lon qilingan. “Dastlabki Qadam”, “Ikki muhabbat” hikoyalar to‘plami, “Tilla uzuk” qissa va hikoyalar To‘plamida muhabbatni insonga xos ulug‘, muqaddas xislat sifatida tasvirlaydi. “Muqaddas” qissasida Odil Yoqubovning chinakam yozuvchiga xos uslubi va yo‘li Namoyon bo‘ldi. Mazkur asarda xudbinlik yo‘liga tusha boshlagan yigitning to‘g‘ri Yo‘lga qaytishi masalasi qalamga olingan. “Er boshiga ish tushsa…” romani 2-jahon Urushi davridagi front orqasidagi hayot, mehnat qahramonliklari, xalqimizning Vatanparvarligi va mardligi haqida. “Bir felyeton qissasi”, “Qanot juft bo‘ladi”, “Matluba” qissalari va ko‘pgina hikoyalarida yoshlarning turmushda yuz bergan Ziddiyatlarga qarshi mardonavor kurashi, muhabbati tasvirlangan.
Odil YOqubovni yozuvchi sifatida elga tanitgan asar 1961 yili e’lon qilingan
«Muqaddas» qissasi bo’ldi. «Tengdoshlar»dan, «Muqaddas» qissasiga qadar
O’tgan o’n yillik davr go’yoki topish yilidagi betinim izlanish, odat tusiga kirgan
Adabiy qoliplar bilan murosasiz olishish, ma’shum «konfliktsizlik nazariyasi»
Asoratini, kitobiylik ta’sirini engib o’tish yillari bo’ldi. Muallif «Muqaddas»
Qissasida hayotning o’zidan olgan zavqini, o’z yurak dardini, hayajonlarini izhor
Etdi, o’zi qalamga olgan hayotiy hodisalarni ziddiyatlari, chinakam nafosati bilan
Kitobxonga etkaza oladi.
Qissada ikki yoshning hayotdagi ilk mustaqil qadamlari, quvonch va
Tashvishlari nihoyatda samimiy hikoya qilingan, eng muhimi, yozuvchi aytmoqchi
Bo’lgan gap kitobxon ko’nglini hayajonga solarli darajada go’zal bir poetik shaklni
Topa olgan.
Qissa qahramoni Sharifjon muayyan bir vaziyatda o’z irodasiga, harakat
Avvalo qahramonning o’zi uchun noxushlik olib keladi, eng aziz narsasi-
Sevgisidan, sevgilisidan judo bo’ladi. SHarifjonning qing’ir yo’llari bilan sevgilisi
Muqaddas o’rnida o’qishga kirib qolishi bir tasodif, ammo shu tasodif zamirida
Yozuvchi hayotning muaayyan haqiqati, ziddiyati, falsafasini ko’radi, yani hayotda
Ko’pchilik manfaatiga zid har bir xatti-harakat avvalo o’sha adomning shaxsiy
Manfaatiga ham zid tushishi juda ta’sirchan ifoda etadi.
«Muqaddas» yozuvchining bosh estetik, ahloqiy prinsiplarini shakllantirish
Asar sifatida ham qimmatli. «Muqaddas» so’zi faqat qissa qahramoni nomi
Bilangina bog’liq bo’lmay, yozuvchi asarda zo’r ehtirom bilan ilgari surgan
Insondagi eng aziz, muqaddas tuyg’ular – vijdon, burch, diyonat, imon-e’tiqod,
Adolat g’oyasini ham o’zida ifodalaydi.«Muqaddas»dan «Diyonat», «Oqqushlar…» va «Adolat manzili»ga qadar
Adibning e’tiborga sazovor barcha asarlari xuddi shu muammo tevaragida aylanadi.
Qisqasi, diyonat, imon-e’tiqod, ijtimoiy adolat – yozuvchi ijodining bosh
Ma’naviy muammosi, uning asosiy estetik prinsipi esa – haqiqatni aytish, hayotni
Murakkabligi bilan ko’rsatishdir.
Ma’lumki, diyonat, imon – e’tiqod, ijtimoiy adolat xuddi muhabbat kabi
So’z san’atining qadimiy va boqiy mavzusi. Har bir davr uni yangicha qo’yadi,
O’zgacha mezonlar bilan baholashni taqozo etadi, qolaversa, har bir adib unga
O’zicha yondashadi. Burch, diyonat, adolat muammosi ham xuddi muhabbat kabi
Adabiyotda birdan – bir maqsad emas. Burch, diyonat davrning katta haqiqatlarini
Ifodalashga, muhim ijtimoiy masalalarni qo’zg’ash, kishilarning ko’ngil dardlarini
Izhor etishga, inson qalbi haqidagi haqiqatni ochishga qaratilgan taqdirdagina
Chinakam badiiy qimmatga ega bo’ladi.
Afsuski, 50-60 yillari yozilgan qator asarlarda burch, diyonat, adolat bir
Yoqlama, tor, sayoz yoritildi. Odil YOqubov qissa va romanlari bu xildagi
Andozalardan yiroq. Masalan: «Bir feleton qissasi»ni (1963) eslaylik. Jurnalist
Uchqunjon yaxshi surishtirmay shoshma-shosharlik bilan bir vaqtlar mehnatda
Dong taratgan, keyinchalik esa engil hayot kechirish yo’liga kirib ketgan ayol
Haqida feleton yozib yuborgan. Uchqunjon katta xatoga yo’l qo’yganligini sezib
Qoladi, vijdon azobiga tushadi, asli pokiza yigit yuz bergan xatoni tuzatish uchun
Qalb da’vati bilan kurashga otlanadi xuddi o’sha kurash jarayonida, bir tomondan,
Qahramonning vijdoni, diyonat tuyg’usining kuchi namoyon bo’lsa, ikkinchi
Tomondan, yozuvchini hayajonga solgan hayotiy chigalliklarning ildizi ochila
Boradi. Yozuvchi dongdor ayol Saltanatni halokatga olib kelgan omillarni badiiy
Tahlil etib beradi. Ma’lum bo’ladiki, Saltanatni hissizlik, adolatsizlik, e’tiborsizlik
Shu kuylarga solgan, brigadir Mo’min akaning sovuqqonligi, eri Qulahmadning
Loqaydligi tufayli hayotdan, mehnatdan ko’ngli qoladi. Shunisi xarakterliki,
Saltanatning ziddi bo’lmish brigadir odatdagi eskilikka yopishib olgan johil,
Mansabparstlardan emas, aksincha, u qo’ydek yuvosh, mo’min-qobil odam;
Qulahmad ham feodal, xotin do’pposlaydigan zo’ravon erlar toifasidan emas, aksincha, ko’rinishda bo’lsada, biroq har ikkovi ham turli ko’rinishda bo’lsada,
biri – itoatkorlik, loqaydlik, hissizlik illatiga mubtalo, obro’ bo’lsa kifoya,
adomlarning hohishi – istaklari bilan ishlari yo’q. Olamga hayot ato etuvchi ayol
zotiga shunchaki bir ish kuchi, ijrochi deb qaraydilar, ayol mehnatini qadrlashni
xayolga ham keltirmaydilar. Saltanatning mehnatdan qo’l siltab engil hayot
ko’chasiga kirishi shu xil loqaydlikka qarshi o’ziga xos bir isyon edi. Loqaydlik,
hissizlik, adolatsizlik ko’ngilsiz oqibatlari jihatidan shafqatsizlikning o’zgacha bir
ko’rinishidirki, qahramonning unga qarshi isyoni qalbimizni hayajonga soladi. Bu
asar yozuvining hayot sari qo’ygan dadil qadami bo’ldi.
YOzuvchining romanlari tahliliga o’tishdan oldin yana bir qissasi – «Qanot
juft bo’ladi» (1968) ustida to’xtalib o’tish darkor. Bu qissa yozuvchi ijodiy
takomilida muhim o’rin tutadi. Qissa personajlari Akram, Sayyora, SHavkatjon,
Nilufar, Murodjon, Sodiq – barchasi odatdagidek, burchga munosabat, imon-
e’tiqod, diyonat, adolat tuyg’usi tonida tahlil etila boradi. SHu baxonada yozuvchi
endi bir emas, bir necha ijtimoiy, ma’naviy, ahloqiy muammolarni ko’taradi.
Muallif asarda kitobxon bilan qizg’in bahsga kirishadi. 60-yillar kishilari ma’naviy
hayotida nimalar sodir bo’lyapti, qaysi odatlar maqbul, qaysilari nomaqul,
xalqning ma’naviy yuksalishiga nimalar to’sqinlik qilyapti – yozuvchi shu
savollarga javob axtaradi.
O. YOqubov «Muqaddas» dan boshlab deyarli har bir asarida «biror muhim
masalani ko’tarish bilan barobar, qalamga olingan majarolarning hayotiy ildizini,
sabablarini ochishga intiladi. Boshqacha qilib aytganda, yozuvchi etuk realizmga
xos analitik tasvir yo’lidan boradi. «Muqaddas»da SHarifjonni qing’ir yo’lga
boshlagan omillar – oilaviy muhit ta’siri ta’kidlab o’tilgan. «Bir feleton qissasi»da
bu xususiyat xiyla chuqurlashadi. «Qanot juft bo’ladi» qissasida esa yuqori
bosqichga ko’tarilgan. Asarning etakchi personajlari Akromning ikkilanishlari
iztiroblari, Sayyoraning adashishi, boshqa personajlar taqdiri va xarakteridagi
kuchli va ojiz jihatlar faqat «tug’ma» xususiyatlari samarasi emas, balki ayni
paytda real vaziyat, muhit mahsuli sifatida murakkab hayot bilan, fan-texnika
inqilobi, davr sur’ati bilan bog’liq holda tahlil etiladi.
“Ulug‘bek xazinasi” romani olim va hukmdor Ulug‘bek davridagi ijtimoiy Munosabatlar, olis o‘tmishimizdagi nur va zulmat o‘rtasidagi kurash haqidagi asardir. Romanda ayanchli taqdirlar, fojialar ko‘p, ammo optimistik ruh — inson tafakkuri va Ezgulikning tantanasiga ishonch bor. “Ko‘hna dunyo” romanida o‘rta asrda yashab jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa Qo‘shgan olimlar Ibn Sino va Beruniyning fojiali taqdiri qalamga olingan. “Diyonat”, “Oq qushlar, oppoq qushlar”, “Adolat manzili” romanlarida o‘zbek xalqining 20-Asrning 60—70-yillaridagi hayoti va kurashi manzaralari haqqoniy tasvirlangan. Garchi bu asarlarning asosiy qahramonlari turli sohalarning vakillari, xarakterlari ham Turlicha bo‘lsa-da, taqdirlari, maqsad va intilishlari bilan bir-birlariga o‘xshaydilar. Ular nobob tuzumda yashab ko‘p nohaqliklarni, fojialarni boshdan kechirgan, ammo Tinmay mehnat qilgan va kurashgan, milliy mustaqillik poydevorini qurgan, Mustahkam irodali, mard va olijanob insonlardir. Odil Yoqubov mazkur romanlari Bilan o‘zbek nasridagi ijtimoiy ruh, keskin konflikt, xarakterlar, psixologizmni sezilarli Darajada kuchaytirdi, uni yangi xarakterlar, yangi badiiy xulosalar bilan boyitdi.Odil Yoqubov “Chin muhabbat”, “Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi”, “Yurak Yonmog‘i kerak”, “Olma gullaganda”, “Muzaffar Temur”, “Bir koshona sirlari” kabi Pyesalar, “Dilbarim”, “Bahor yomg‘irlari” kinossenariylari muallifi.Odil Yoqubov mohir tarjimon, munaqqid, publisist. Uning Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar
Yozuvchi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hay’atining birinchi kotibi, SSSR Yozuvchilar uyushmasi hay’atining kotibi, SSSR Yozuvchilar uyushmasidan deputat Odil Yoqubovning SSSR xalq deputatlarining s’ezdidagi nutqi
Aziz do‘stlar! Vaqt g‘animat, shuning uchun ham ushbu ma’ruzaning olamshumul masalalarga oid qismidan voz kachib, birdan maqsadga o‘ta qolay. Biz yetmish yil badalida, ha-ha, bir necha asrga «tatigulik» mana shu davr ichida jon qadar aziz bo‘lgan juda ko‘p qadriyatlarimizdan judo bo‘ldik. Shular ichida shunday bir qadriyat ham borki, ming afsus, uning o‘rnini biron-bir narsa bilan qoplash bag‘oyat mushkuldir. Tirikchilikning mushkullashganligi, birida ochin, birida to‘qin yashayotganimiz tufayli, insoniy qadr-qimmatni yer bilan bitta qilguvchi uzundan-uzoq navbatlarda navbat kutishlar tufayli yuz berdi u. Inson bolasiga xos bo‘lgan eng oliyjanob fazilat bo‘lmish rahm-shafqatdan, muruvvatdan asar qolmadi bizda. Boz ustiga shu xislat o‘rnini toshbag‘irlik ishg‘ol etdi. Kishilar mehr-oqibatsiz, yon-veridagilar dardiga loqayd, iltifotsiz.Juma kuni edi, orasta kiyingan ikkita juvon foyeda suhbatlashib turgan ekan. Biri norozi bo‘lib: «Namuncha bu o‘zbeklar paxtasi haqida tinmay javrashadi?» — desa, sherigi aytardiki: «Jonga tegib ketishdi, o‘zi bularda ma’naviyat degan narsa bo‘lganmi sira?!»Bu malomat, gapning ochig‘i, menga alam qildi. Axir o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, avvalgi chapdast, mard, tanti dehqon, uning ko‘zlari charos, qoshlari kamon ayoli bugun shunday bir ayanchli, fojeiy ahvolga tushgan bo‘lsa agar, kim aybdor bunga?Bu sho‘rliklarning ma’naviyati qanday qilib yuksalsin, axir! «Hamma zamonlar va barcha xalqlarning otasi» bo‘lmish Iosif Stalin mamlakatning paxta mustaqilligini ta’minlash uchun o‘rtaga tashlagan mash’um shior bizning dehqonlarni hamma-hamma narsadan mosuvo qilmadimi, axir! Aynan ularga tegishli bo‘lgan zamin: ko‘rsa ko‘z quvonadigan necha yuz ming gektarlik ko‘rkam va serhosil bog‘-rog‘lar, sollanib turgan yam-yashil yo‘ng‘ichqazorlar, salqini orombaxsh yong‘oqzorlar, hattoki, bodomzorlar, axir, shafqatsizlarcha kesib tashlanmadimi, shudgor qilinmadimi? Muhtaram Chingiz Aytmatov bu yerda aytgani kabi, chindan ham paxta bexosiyat ne’matga aylandi. Ha, mamlakat oxir-oqibatda paxta mustaqilligiga erishdi ham. Hatto, ko‘z ko‘rib kuloq eshitmagan boylikka ham ega bo‘ldi. Lekin dehqonga, uning ayoliga, bola-chaqasiga shundan nima naf tegdi. Saratonning jaziramasida xudoning bergan kuni o‘n ikki soatlab qirt-qirt zaxmat chekish, hatto, dam olish kunlari, bayramlarda, ta’til nimaligini bilmasdan oftob tig‘ida ter to‘kish shu dehqonning gardaniga tushmadimi. So‘nggi paytlarda vaqtli matbuot respublikamiz boshiga shov-shuvdan iborat behisob maqolalarni do‘ldek yog‘dirdi. Shundan kelib chiqib, umumxalq xazinasiga qo‘l cho‘zganlarning har qaysisi qanchadan mablag‘ o‘marishganligini sizlar hatto sariq chaqasigacha hisoblab chiqishgan bo‘lsangiz kerak. Haromtomoqlarni, albatta, jazolamoq joiz. Bu haqda boshqacha gapning o‘zi bo‘lishi mumkin emas. Biroq O‘zbekistondan chetda yashayotgan biror-bir kishi vijdonga zid bormagan tarzda shu paxta tufayli paxtakor bugungi kunda ne ahvolga tushib qolganligini bor holicha tasavvur qila olarmikan. Davlat plan komiteti kafolaticha paxta strategik xom ashyo hisoblanadi va u davlatga juda ko‘p daromad keltiradi. Mamlakatga aynan paxta tufayli ozmuncha chet el valyutasi oqib kelayotgani yo‘q. Va shu valyutasiz, Davlat plan komitetining e’tirof etishicha davlatimizning qo‘li ham kalta bo‘lib qolar edi! Xo‘sh, shunday xom-ashyoni yetishtirayotgan dehqon mashaqqatli mehnat qilib, holdan toygan, uning sho‘rlik ayoli qanday sharoitda yashamoqda o‘zi. Bu odamlar mashaqqatli mehnatlari evaziga qanchadan haq olishayotir?! Bizning opa-singillarimiz quyoshning radiatsiya sochuvchi nurlari tig‘ida, jazirama oftobda zahmat chekishayotir, Ha, ular bajarayotgan ish ayol zotiga munosib emas. Oftobning zahri tufayli ham, zaharli ximikatlarning huda-behuda qo‘llanilishi tufayli rak, oshqozon-ichak va sariq kasalliklari, ayollarning kamqonligi va boshqa xastaliklar behad urchidi. Ayollar va bolalar o‘limi o‘sishiga ham sabab shu Ularning turmush darajasi qay holatda? Paxta dalasida mehnat qiladigan ayollarimiz qosh qoraygandan keyingina yovondan uyga qaytishadi, bola-chaqaga obi-yovg‘on pishirish kerakmi? Kerak. Uchoq boshiga borishadi va otam zamonidagiday tappi qalab, qozon qaynatishadi. Qaddi basti nechundir yashin urgan qayinlarni eslatuvchi shu ayollarning barkashday qoraygan yuzlariga ko‘zim tushsa ko‘zlarimdan beixtiyor yosh tirqaraydi. Qani ulardagi ayollik nafosati? Qani sarv qomatlar, qani latofat, nazokat! Ko‘zlari to‘la mung, armon va hasrat. Men bilaman, mamlakatimizdagi hamma dehqonlarga ham, rus dehqonlariga ham qiyin. Ahvolni o‘nglab olish niyatida hukumat ezgu tadbirlar qo‘llayotganidan men ham mamnunman. Lekin, birodarlar, har qalay paxta paxtada. Janubiy Amerikadagi toshbag‘ir oq tanli fermerlar tutgan yo‘lni bir eslaylik-a. Ular paxta plantatsiyalarida o‘zlari ishlashni istashmadi, bu zahmatdan xotin, bola-chaqasini ham xalos etish uchun borib Afrikadan necha yuz ming qora tanlini kishanband etib, olib kelishdi. Ammo adolat yuzasidan shuni ham aytish kerakki, naslu nasabini paxta zahmatidan asragan o‘sha qahri qattiq fermerlar ham kelgusida qullaridan sog‘lom, ya’ni og‘irini yengil qiladigan nasl yetishsin uchun ularni to‘ydirib boqishgan. Shuning sharofatidanki, bo‘yi ikki metrli qoratanli polvonlar dunyoga keldi. Va ularning avlodlari bugungi kunda Amerika sportining, san’atining ham gultojlaridir.Xo‘sh, bizning qishloqlardagi bolalar-chi? Bu o‘rinda sportu ma’naviy kamolot haqida gapirib o‘tirishning o‘zi ortiqcha. Ular qorni to‘yib ovqat yemayotirlar (axir, jon boshiga yiliga atigi yigirma kilogramm go‘sht to‘g‘ri keladi), og‘ir mehnat qilayotirlar, shuning oqibatida ularni, hatto, armiyaga ham olishmayapti. Olishgan taqdirda ham qurilish batalonlarida xizmat qilishayotir. Dehqonlarimiz boshiga tushgan kulfat haqidagi shu muxtasar gapimdan so‘ng, muhtaram Nikolay Ivanovich, men sizga murojaat qilmoqchiman: Davlat plan komitetidagi o‘rtoqlarning paxta mamlakatga kerak, u strategik xomashyo hisoblanadi, valyuta daromadida salmoqli o‘rin tutadi, degan gaplari to‘g‘rimi? Agar, to‘g‘ri bo‘lsa, nega endi bizda u suv tekinga sotib olinayotir?Inqilobga qadar, Nikolay Ivanovich, «Turkistanskoye vedomosti» gazetasi qayd etganidek, rus savdogari (ha, o‘sha o‘lkamizga bu mehnati og‘ir ekinni olib kelgan rus savdogari) bir pud paxta evaziga o‘n sakkiz pud bug‘doy berar edi, Bizning jonajon sotsialistik davlatimiz esa bir kilogramm paxta uchun o‘rtacha hisobda ellik tiiin haq to‘layotir. Bu pulga Toshkentdagi Oloy bozorida atigi yarim kilogramm bodring beradi, xolos (o‘rtoqlar, yana shuni ham eslatib o‘tishni istardimki, bir kilogramm paxtadan ikkita erkaklar ko‘ylagi tikilayotir, ularning qiymati kamida ellik so‘m turadi).Bizning O‘rta Osiyo tabiiy iqlimi jihatidan jahonda tengsiz imkoniyatga ega ekanligi tarixiy manbalarda ham qayd etilgan. Dunyodagi eng shirin ne’matlar — meva-cheva-yu, sabzavotlar shu yerda yetishtirib kelingan. Qovun, tarvuzning shirasi tilni yorgan. Tabiiy boyliklardan ilmga zid ravishda shafqatsizlarcha foydalanish yetmish yil mobaynida shunga olib keldiki bugun o‘lkamiz ekologik halokat yoqasiga kelib qoldi.
O‘rtoqlar, kecha siz mening gaplarimni oxirigacha eshitmadingiz, men akademik Aganbegyanning fikrini aytayotgan edim. Shu fikrni hozir qayta to‘liq aytmoqchiman. O‘tgan yili Orol muammosiga bag‘ishlab KPSS Markaziy Komitetida o‘tkazilgan kengashda akademik Aganbegyan O‘zbekistonning tabiati, zamini va oxir-oqibat xalqi duchor bo‘lgan qabohatlarning haqiqiy sabablarini hech kim bilmasligini ta’kidlagan edi. Na Davlat plan komitetidagilar, na Davlat agrosanoat komitetidagilar bilmaydi buni, dedi u, boz ustiga respublika mehnatkashlari yelkasiga bo‘lar-bo‘lmas majburiyatlarni yuklashadiki, bu misoli tumanda yo‘l qidirgandek. Shu bois akademik yetuk iqtisodchi olimlar, ekologiya tadqiqotchilari, shifokorlar, qishloq xo‘jaligi mutaxassislaridan tashkil topgan obro‘-e’tiborli favqulodda iqtisodiy komissiya tuzish kerakligini, bu komissiya O‘zbekistonda qanday ahvol ro‘y berganini g‘oyat teran tahlil qilib, hukumatga bu ahvolni to‘la-to‘kis, ochiq-oydin qilib izohlab berishi zarurligini qat’iy uqtirib aytdi.
Birodarlar, mening ishonchim shunga komilki, ancha vaqtga cho‘ziladigan kelajakda emas, balki yaqin-ora yillarda O‘zbekiston mamlakatimiz aholisining yarmini yeb-ichirishga qurbi yetishi mumkin. Buning uchun respublikani paxta yakkahokimligi qusuridan qat’iy turib qutqarmoq kerak, mehnatga jon-dili bilan bog‘langan xalqqa turg‘unlik yillari yetkazgan behudud qutqudan qutulishga va nihoyat uning ham ko‘kragiga shamol tegishiga yordam berish lozim.
«Biz qardoshlik oilasida yashaymiz. Bir-birimizga aka-uka, birodarlarmiz. Eng og‘ir damlarda ham bahamjihat, yelkama-elkamiz!» Baland maqomdagi shunday gaplarni ko‘p aytamiz.Sizlarga sir emas, turg‘unlik davrida bizning boshimizga og‘ir musibat tushdi, uning qora ko‘lagasi respublika ustidan ham tarqab ulgurganicha yo‘q. Zero, sharqda aytishadiki, baxt kelsa, ham baxtsizlik kelsa ham qo‘sha-qo‘sha bo‘lib keladi.
Rost, o‘sha baxtsizlik mohiyat-e’tibori bilan nopoklikdan, beimonlikdan, e’tiqodsizlikdan kelib chiqdi, yetim-esirlarning, xalqning haqiga xiyonat qilindi, nainki xiyonat qilindi, hatto hayotning o‘zi ham notoza o‘zanga yo‘naltirildi. Bunday badbaxtlarga, nopok kimsalarga, takror aytamanki, zig‘ircha shafqat qilmaslik lozim. Har qanday jazoga ular munosib. Lekin boshqalarning, o‘rmonga o‘t ketganida qo‘shilib yonib ketganlarning gunohi nima?! Deyarli aybi bo‘lmagan yoki bo‘lsa ham uni zo‘rning zug‘umi bilan qilgan, bola chaqasining och qolishidan, turmushi yanada yupunlashishidan qo‘rqqan, bir burda nonimdan ayrilmay, deya zo‘ravon rahbarning buyrug‘ini bajarishga majbur bo‘lganlarning gunohi nima?
Baxt ham, baxtsizlik ham qo‘sha-qo‘sha bo‘lib keladi. Bugun xalqimning boshida yana bir musibat. Farg‘onadagi sitamlar, notinchlik yurakni o‘rtab turibdi hozir.
Kasalingni yashirsang, isitmasi oshkor etadi. Shuncha yil o‘tsa-da, kindik qoni tomgan yerdan quvg‘in qilingan turklarning yurak nolasiga biz quloq tutmadik! Biz xalqimizning qo‘llari oltin dedik, mehnatkash-mushfiq dedik. Lekin aslida uni ham o‘z holiga tashlab qo‘ydik! Oxir-oqibat shu bo‘ldiki, jon tomiri bir, qismati bir bo‘lgan aka-uka bir-birining dilini jarohatladi.
Ijtimoiy adolatsizlik Ufa yaqinida to‘planib qolgan gaz uyumiga o‘xshaydi. Modomiki, shunday ekan biz hushyor bo‘lishimiz, o‘t chiqaruvchilardan saqlanishimiz zarur. Aziz hamyurtlar, sizdan hozircha shuni o‘tinch bilan so‘raymanki, olovdan ehtiyot bo‘lingiz. Tarixning eng qora kunlarida ham ota-bobolarimiz mushkulliklarni sabr-toqat bilan, vazminlik bilan, tadbirkorlik bilan yengib o‘tishgan.
Ma’ruza uchun belgilangan vaqt tugadi, nutqimni yakunlayman. Favqulodda komissiya tuzish to‘g‘risidagi mening taklifimni esa qabul qilishiigizni iltimos qilaman. Rahmat.
Ahmad Otaboyev tarjimasi«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1989 yil, 16 iyun
Dostları ilə paylaş: |