QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIM VAZIRLIGI BERUNIY TUMAN XALQ TA’LIM BO’LIMIGA QARASHLI 59-UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI FIZIKA FANI O`QITUVCHISI YULDASHEVA TAMARANING 7-SINFLAR UCHUN “SIRPANISH ISHQALANISH. DUMALANISH ISHQALANISH” MAVZUSIDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAYYORLAGAN BIR SOATLIK OCHIQ
Mavzu: Yorug`likning qaytish va sinish qonunlari Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad: Yorug`lik, uning turlari, qaytish va sinish qonunlari nur sindirish ko`rsatkichi haqida umumiy ma`lumot berish orqali o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malakalarni hosil qilish;
Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni yorug`likning kundalik turmushimizdai ahamiyati, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda avtomobillar harakati serqatnov bo`lgan joylarda yorug`likning ahamiyati haqidagi ma`lumot bilan qurollantirish, ajdodlarimizning merosini o`rgatish orqali milliy istiqlol g`oyalarini singdirish;
Rivojlantiruvchi maqsad:mustaqil ravishda kundalik faoliyatda yorug`likdan foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish, o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
2.Dars tipi: yangi bilimlar beruvchi.
3.Dars shakli: Individual va kichik guruhlarda ishlash.
4.Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
5. Dars usuli: Noan’anaviy (interfaol mashqlar, “Aqliy hujum” “Muammoli vaziyat”, BBB, “Klaster” usullari orqali o`quvchilarda rivojlantiruvchi muhit yaratish tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar);
6. Dars jihozi: darslik, konspekt, ko`rgazmali qurollar, tarqatmalar, “Rag`bat”, “Ofarin” , rangli kartochkalari qog`ozlar, suvli stakan, qalam yoki shisha tayoqcha, sham, yassi ko`zgu, plakatlar.