1-bekat. “Taqdimot” dovoni. Bunda guruhlar o`zlari nima uchun bu nomni tanlaganliklarini taqdim qiladilar.
2-bekat. “Chorraha” dovoni. Bu bekatda o`quvchilardan uy vazifalari so`raladi.
3-bekat. “Mushohada” dovoni . Yangi mavzu bayon qilinadi
4-bekat. “Imkoniyat” dovoni. O`quvchilarda olingan bilimni mustahkamlash uchun savollar beriladi.
5-bekat. “Rag`bat ” dovoni. Rag`bat kartoshkalarini ko`proq yig`ish maqsadida guruhlarga masala beriladi.
6-bekat. “Xulosa” dovoni. Dars yakunlanib, mavzu yuzasidan xulosa chiqariladi va o`quvchilarning rag`bat ballari hisoblanib baholanadi.
Sayohat uchun qanday jihozlar zarur?
O`quvchilar diqqatini namoyish stolida turgan jihozlarga qaratamiz. Stol lampasi, sham, lazer yoritgich, piyola, tanga, suv, quyosh rasmi tushirilgan plakatlar.
O`qituvchi : Ayting-chi, bu jihozlarning bir-biri bilan qanday aloqasi bor?
O`quvchilarning fikrlari birma bir tinglanadi va natijada bugungi mavzu topilib yozuv taxtasiga yoziladi.
O`quvchilardan bir donadan oq varoq olish so`raladi va uni uch qismga bo`linib, uchta so`z yoziladi. ”Bilaman”, “Bilib oldim”, “Bilishni xohlayman”.Ushbu bandlar dars davomida to`ldirib boriladi va dars yakunida xulosalanadi. Birinchi bandni to`ldirishdars boshida amalga oshiriladi.
O`qituvchi : Ayting-chi,bolalar, siz yorug`lik haqida nimalarni bilasiz? Ularning aytgan so`zlari ”Bilaman” bandiga yoziladi.
Aziz o`quvchilar, demak bugun “Yorug`lik, yorug`llik qonunlari ” nomli cho`qqiga sayohat qilar ekanmiz va bu cho`qqini zabt etish uchn bir necha dovonlarfan oshib o`tishimiz kerak bo`ladi. Guruhlarga quyidagi savollar bilan murojaat qilamiz.
Birinchi guruhga: Yorug`likning qaytishi va qaytish qonunlarini tushuntirib berish uchun yorug`lik manbai, ko`zgu, ekran beriladi.
Vazifa: shu qonunni to`liq tushuntirib bering va izohlash uchun yorug`likning qaytishini ko`zgu orqali amaliyotda ko`rsating.
Birinchi vazifa yuzasidan o`quvchilar uchun tushunarsiz bo`lgan qoida va terminlarga o`qituvchi tomonidan qo`shimcha izoh beriladi. Tekis qaytish, ko`zgusimon qaytish, diffuz qaytish, yorug`likning qaytish qonunlariga izoh beriladi.