Yuzalarning g‘adir-budurliklarini belgilash.
Chizmalarda yuzalarning g ‘adir-budurlik belgilari mazkur chizma
b o ‘yicha bajariladigan (konstruksiyasi bo‘yicha g ‘adir-budurliklari
nazarda tutilmagan yuzalardan tashqari) barcha yuzalarga qo‘yiladi.
Yuzalarning g‘adir-budurligi faqat parametrlarning qiymati bilan
belgilanganda tokchasiz belgi qo‘yiladi. Belgilardagi H balandlik
chizmada qo‘llanilgan o‘lcham sonlar balandligiga (H ning balandligi 1,5
... Vi) taxminan teng bo‘ladi. Belgilami bajarishda qo‘llanilgan chiziqning
qalinligi chizmadagi asosiy kontur chiziqlar qalinligining taxminan
yarmiga teng.
Yuzalarning g‘adir-budurligi belgisini chizmalarda qo‘yish qoidalari
standart shaklda belgilangan.
Silindrik vint chiziq. Texnikada eng ko‘p qo'llanadigan chiziq.
Silindrik sterjenga o‘z o‘qi atrofida bir xil aylanma harakat bo'lsa va
shu sterjenning A() nuqtasiga qo‘yilib, unga ham silindr o‘qi bo‘yicha
ilgarilanma harakat berilsa, keskich sterjen s i r t i d a n v i n t chiziq
kesadi
(2.2-rasm, a va b). Sterjenning o‘z o‘qi atrofida to ia bir marta aylanib
chiqishida keskich h masofaga siljiydi. Bu h masofa vint chiziqning
qadami
yoki yo ‘li deyiladi.
Vint chiziqlar sirtdagi nuqtaning harakati yo‘nalishiga qarab о ‘ng
yo ‘lli (o‘naqay) va chap yo 7li (chapaqay) bo‘ladi. Vint chiziqning
yo‘lini
aniqlash chiziq hosil qilingan sirt o‘qining joylashishiga va unga
nisbatan
qarashga bog‘liq. Sirt o‘qi gorizontal bo'lib, nuqta o ‘ngdan chapga
yo‘naltirilsa va sirt o‘z o‘qi atrofida soat mili yo‘nalishi bo‘yicha
aylansa,
o'ng yo'lli (2 .2 -rasm) yoki vertikal joylashtirilgan sirt o‘qi atrofida
nuqta
soat ko‘rsatkichi harakati yo‘nalishiga teskari ko‘tarilsa, o'ng yo'lli vint
chiziq (2.3-rasm, a) deyiladi. Vint chiziq o‘z o‘qi atrofida soat strelkasi
harakat yo'nalishiga teskari harakat qilsa, u o'naqay vint chiziq, soat
strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlansa chapaqay vint chiziq
deyiladi.
To‘g‘ri doiraviy silindr sirtida joylashgan vint chiziq silindrik vint
chiziq deyiladi.
Vint chiziqning ikki qo‘shni o ‘ramlari orasidagi
silindr yasovchisi bo‘ylab o‘lchangan masofasi vint chiziqning qadami
(h)
deyiladi. Vint chiziqning o‘zi vint о ‘rami deyiladi.
|