O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Astronomiya fanining bo'limlari



Yüklə 310,5 Kb.
səhifə5/18
tarix26.04.2023
ölçüsü310,5 Kb.
#102878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
BMI-1

Astronomiya fanining bo'limlari. Hozirgi zamon astronomiya fani o'zaro bog'liq bir necha asosiy bo'limlardan tashkil topgan. Quyida shu bo'limlar va ularning predmeti keltirilgan:
1. Astrometriya kosmik jismlarning fazodagi ko'rinma vaziyatini va harakatini tekshiradi. Vaqtni o'lchash masalalari bilan shug'ullanadi.
Astrometriya o'z navbatida: a) sferik astronomiya, b) fundamental astronomiya, d) amaliy astronomiya kabi bo'limlarga bo'linadi.
2. Nazariy astronomiya va osmon mexanikasi butun olam tortishish qonuni va Kepler qonunlari asosida osmon jismlarining haqiqiy harakatlari va orbita elementlarini o'rganadi.
3.Astrofizika, samo jismlarining tuzilishi, fizik tabiatlari va kimyoviy tarkibini o'rganadi.
4.Yulduzlar astronomiyasi yulduzlar, ularning sistemalari va yulduzlararo materiyaning fazoda taqsimlanishi va harakatlarini, ularning fizik xususiyatlarini hisobga olgan holda tadqiq etadi.
5. Kosmogoniya osmon jismlari va ular sistemalarining paydo bo'lishi va evolyutsiyasi qonuniyatlarini o'rganadi.
6. Kosmologiya esa Koinotning tuzilishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganish bilan shug'ullanadi.


1.2. Akademik litseylarda astronomik bilimlar berishning dolzarbligi ta`lim berish muammolari.
Astronomiya ta`limida pedagogik va modulli texnologiya. Ushbu paragrafda KHK misolida astronomiya ta`limini va ta`lim-tarbiya jarayonini pedagogik texnologiya (PT) hamda modulli (MT) texnologiya asosida tashkil etish imkoniyatlari bayon etiladi. Pedagogik texnologiya eng avvalo ta`lim tizimidagi eskidan qolgan kamchiliklarni bartaraf qilishga xizmat qilishi lozim. Demak, ta`lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirish, qo`llash, avvalo, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratiyalashtirishga xizmat qilishi lozim. CHunki, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratiyalashtirmay qo`llangan har qanday texnologiya kutilgan samarani bermaydi.
Astronomiya ta`limida pedagogik va modulli texnologiyalarni o`quv jarayoniga tadbiq etish to`g’risida gapirar ekanmiz, yana bir muhim holatni e`tibordan chetga qoldirmaslik kerak. Bu ham bo`lsa, zamonaviy texnologiyani astronomiya ta`limi jarayoniga tadbiq qiluvchi o`qituvchi hisoblanadi. Har qanday texnologiya o`qituvchining aql-zakovati, shaxsiy hamda kasbiy mahorati orqali ta`lim-tarbiya jarayonida tadbiq qilinadi.
Astronomiya o`qitishda ilmiy asoslangan texnologiya ta`limning asosiy yo`nalishi, mazmunini, o`qitish shakllari, usullarini tanlashning nazariy asosini belgilab beradi.
Akedemik Litseylarda astronomiya ta`limida pedagogik texnologiyalar va modulli texnologiyaning ta`lim jarayonini takomillashtirish va jadallashtirishdagi ahamiyati astronomiya o`qituvchisining o`quvchiga ta`sir ko`rsatishida, ularning bilish faoliyatini faollashtirishida, o`quvchining astronomiyani o`rganish jarayonida maqomini o`zgartirishda, unda ta`lim olishga rag’bat uyg’onishida namoyon bo`ladi. SHu bilan birga, o`qituvchida o`quvchilar faoliyatini ta`lim-tarbiya maqsadlariga muvofiq boshqarish imkoniyatini tug’iladi. O`quvchilarning astronomiyadan bilim ko`nikma va malakalarni egallashlarini jadallashtiradi, ularni o`z vaqtida ko`proq bilim egallash, ruhan va aqliy o`qishlariga sharoit yaratadi. O`z navbatida o`qituvchining pedagogik mahoratiga, bilmiga va tajribasiga yangicha talablarni qo`yadi. eng muhimi, biz yashayotgan davrning taraqqiyot darajasiga mos ravishda yoshlarning astronomiyaviy bilim egallashi va kasbga o`rganishi jadallashadi.
Xalq maqolida aytilganidek, kimki ulgurmasa, u kech qoladi. Ilmiy asoslangan holda ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish mamlakatimiz uzluksiz ta`lim tizimini jahon ta`limi bilan integratsiyalashuviga imkon beradi, u bilan hamnafas, hamkorlikda rivojlanishiga yordam berib, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtiradi. SHu asosda mamlakatimiz rivojlangan mamlakatlar qatoridan mustahkam o`rin olishi, yoshlarimizning nafaqat o`z hayotlarini, balki mamlakat taqdirini belgilashlariga zamin hozirlaydi. Hozirgi vaqtda bu muammolarni ta`lim jarayoniga pedagogik va modulli texnologiyalarni olib kirmay turib amalga oshirib bo`lmaydi.
Akedemik Litseylarda pedagogik va modulli texnologiyalar o`zaro uzviy bog’liqdir. Pedagogik texnologiyalar ta`limni mohiyat jihatdan o`zgartirishda, uning oldidagi muammolarni echishni osonlashtirishda muhim rol o`ynaydi. Modulli texnologiyalar pedagogik texnologiyalarning qo`llanilishini osonlashtirib, ularning imkoniyatlarni kengaytiradi. Olimlar ishlab chiqadigan va pedagogik amaliyot natijasi sifatida paydo bo`luvchi pedagogik texnologiyalarni, modulli texnologiya vositalarisiz, eng muhimi elektron vositalar, komp’yutersiz amalga oshirib bo`lmaydi. Modulli texnologiyada ta`lim tizimining komponentlarnidan, mazmun, shakl, vosita, metodlarning pedagogik, didaktik, ta`limiy imkoniyatlardan keng foydaniladi.
Astronomiya ta`limida pedagogik va modulli texnologiyalar o`quvchini bilim egallash, kasbiy malakasini oshirish, o`qituvchining o`z vaqtida ko`proq astronomiyaviy o`quv materiallarini o`quvchilarga komp’yuter, elektron vositalar yordamida etkazishni taqozo etadi. Ammo, elektron vositalar, modem, elektron pochta, global internet tizimi, masofaviy ta`lim, telekommunikatsion aloqalar vositasida amalga oshiriladi. Bunda ta`lim o`quvchi va texnik vositalar imkoniyatlarining o`zaro bog’liqligida amal qiladi.
Akedemik Litseylarda modulli texnologiya dastlab kasbiy fanlarni o`qitish uchun ishlab chiqilgan bo`lsa, endilikda undan fizika,astronomiya, matematika, kimyo, biologiya kabi aniq va tabiiy fanlarni o`qitishda ham muvaffaqiyatli qo`llanilmoqda. So`nggi yillarda xorijiy tillarni, tarix, tibbiyot fanlarini o`qitishda modulli texnologiyadan foydalanish muammolari bo`yicha tadqiqotlar ham olib borilmoqda. Ushbu jarayonning o`ziga xos ob`ektiv va sub`ektiv sabablari bo`lib, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Modulli o`qitish o`zining tarixiy rivojlanish jarayonida yangi elementlar bilan boyib, takomillashib bormoqda. Natijada mazkur texnologiyaning yangidan-yangi qirralari kashf etilib, turli fanlarni o`qitishda qo`llanilmoqda.

  2. Modulli texnologiyani boshqa ta`lim texnologiyalari bilan birgalikda qo`llash imkoniyatlarining kengligi. So`nggi paytlarda modulli ta`limning boshqa o`qitish texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi natijasida pedagogikada «muammoli-modulli», «blokli-modulli o`qitish», «modulli-rivojlantiruvchi ta`lim» kabi tutash texnologiyalar paydo bo`lmoqda. Bu ham modulli ta`lim imkoniyatlarining kengayishiga hamda uning turli fanlarni o`qitishda safarbar etilishiga olib keladi.

  3. Fanlarni o`qitish jarayonini loyihalashga bo`lgan ehtiyojning ortib borishi. Masofali ta`limning paydo bo`lishi o`quv materiallarini qaytadan tizimlashni taqozo etadi. Bunda ham modulli texnologiya element va vositalaridan foydalanish eng maqbul yo`l hisoblanadi. Ko`pgina hollarda modulli o`qitish an`anaviy va masofadan turib o`qitish o`rtasidagi oraliq shakl sifatida e`tirof etiladi. Demak, istalgan fan yoki bilimlar sohasi masofali o`qitilar ekan, uning mazmuni mohiyati jihatidan modullarga mos keluvchi bo`laklar asosida shakllantiriladi.

  4. Modulli texnologiyaning mustaqil ta`limdagi o`rni. Fanlarning differentsiallashuvi, bilimlar va axborot ko`lamining ortib borishi zamonaviy pedagogikada mustaqil ta`limning salmog’i oshib borishiga olib keladi. Mustaqil ta`limda ta`lim samaradorligini, kafolatli o`zlashtirishni ta`minlash maqsadida ko`pincha o`qitish texnologiyalari qatorida modulli texnologiyadan foydalanilmoqda va hokazo.

Qayd qilib o`tilgan sabablar turli fanlarni modulli o`qitish yaxshi samara berishi mumkinligini asoslabgina qolmasdan, uning kelajakda mustaqil va masofali ta`limda istiqbolli ekanligini ham ko`rsatadi.
Kasbiy fanlardan keyingi o`rinlarda astronomiyani modulli asosda o`qitishga birinchilardan bo`lib harakat qilingan. Astronomiyani kasbiy fanlar bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, uning fundamental qismi yaxshi tartibga solinganligi, astronomiya kursi tuzilmasi amaliy, sferik astronomiya, osmon mexanikasi, kosmonavtika assoslari, astrofizika assoslari, quyosh sistemasi astronomiyasi, yulduzlar va koinot astronomiyasi o`ziga xos izchil ketma-ketlik hosil qilishi bunga asos bo`lib xizmat qilgan.
Hozirgi vaqtda umumta`lim maktablarida, o`rta maxsus ta`lim tizimida, oliy ta`lim va malaka oshirish bo`g’inlarida astronomiyani modulli asosda o`qitishda muayyan tajriba to`plangan.
Modulli o`qitish jarayonida o`quvchi-shaxsini g’oyaviy tarbiyalash, ilmiylik, nazariya bilan amaliyotni uyg’unlashtirish kabi vazifalar bilan birga psixologik funktsiyani ham bajarishi lozim. Uning pedagogik funktsiyasi shundaki, eng avvalo u bilish, ya`ni o`quvchini bilim olishi, o`rganishi va bu boradagi faoliyatini osonlashtirish vositasi sifatida xizmat qilishdir. Astronomiya o`qitish metodlarining pedagogik vazifasi nafaqat o`quvchining bilish faoliyatini faollashtirish, balki, uning astronomiya ta`limi jarayonida maqomini o`zgartirish ekanligi metodologik va pedagogik, texnologiya nuqtai-nazaridan muhimdir. Bundan tashqari o`qitish metodlari ta`lim-jarayoni sub`ektlarning maqsad va vazifalarni anglashlariga ham yordam berishi lozim. CHunki, astronomiya ta`limi jarayoni qonuniyatlari, maqsadlarini tushunish darajasi uning tushunchalarini bilishi uchun kerakli usul va vositalarni, ta`lim imkoniyatlarini hamda tashkil etish xarakterini belgilaydi.
Astronomiyani o`qitish metodlari faoliyat maqsadidan kelib chiqishi lozim. CHunki o`qitish metodi maqsadga olib boruvchi yo`l, vosita, sifatida faoliyat xarakterini va maqsadga erishish yo`nalishini belgilab beradi. Bundan tashqari o`qitish metodi ta`lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatining o`zaro uyg’unligini ta`minlashga ham xizmat qiladi. O`qitish metodlarining astronomiya ta`limi jarayonini ishtirokchilari o`rtasida sub`ekt va ob`ekt munosabatlarini tartibga solishdagi faol o`rni yangi pedagogik texnologiyani astronomiya ta`limida o`quv jarayoniga keng kirib kelishi uchun zamin hozirlaydi. Bu o`z navbatida astronomiya o`qitishning an`anaviy metodlari o`rniga o`yinli pedagogik texnologiyalar, pedagogik vaziyatlar tahlili, pedagogik masalalarni echish va nostandart darslarning keng kirib kelishini zaruratga aylantiradi.
Astronomiya ta`limi nazariyasida o`qitish metodlari faoliyatning didaktik maqsadlariga erishish vositasi ekanligi tan olingandir. Ta`lim jarayoniga qo`yiladigan ijtimoiy talab o`qituvchidan uning psixologik asoslarini va tafakkur shakllarni, shaxslararo munosabatlarni hamda bu munosabatlarning ta`lim sub`ektlari faoliyatidagi o`rnini, o`quvchilarning yosh va induvidial xususiyatlarini chuqur bilishni taqozo qiladi. SHuning bilan birga ta`lim jarayonini optimal tashkil etishning nazariy-amaliy muammolarini hamda darsning maqsadi, shakli va metodlarini har tomonlama bilishni mutloq zarurat qilib qo`yadi. Aks holda masalalarni bilmaslik esa o`quvchilarning bilish faoliyatini to`g’ri tashkil qila olmaslik va boshqara olmaslikka olib keladi.
Har bir pedagog PTlarni yoki MTni qo`llashdan oldin ma`lum pedagogik va psixologik bilimlarni egallashi lozim. Ta`limning psixologik asoslari, o`quvchilarning o`quv-bilish imkoniyatlari, psixik va bilish jarayonlarini, o`quvchilarni yoshiga qarab o`tish davrlari va bu davrlarga xos yosh, aqliy, ruhiy rivojlanish qonuniyatlarni bilish muhimdir. SHu bilan birga didaktik tushunchalar – ta`lim maqsadi, mazmuni, shakli, vositalari haqida aniq bilimga ega bo`lishi zarur. CHunki PT va MO`T ham psixologik va pedagogik qonunlarga asoslanadi. SHuni unutmaslik kerakki, didaktik qonuniyatlarga asoslanmaydigan texnologiya ta`lim jarayoniga singib ketmaydi.
Texnologik yondashuv asosida mavjud an`anaviy o`qitish o`rniga birdaniga kompleks tarzda joriy etilishi maqsadga muvofiq emas. Avvalo zamonaviy pedagogik texnologiyalar pedagoglar tomonidan o`zlashtirilishi, metodik qo`llanmalar, o`quv-moddiy baza yaratilishiga qarab bosqichma-bosqich, ayrim elementlarini birin-ketin qo`llash orqali amalga oshirilishi ham mumkin. Bu birinchi navbatda pedagogik texnologiyaning muhim qismi – o`quv predmetlari va mavzular bo`yicha ta`lim maqsadlarni aniqlash usullariga taalluqlidir.
Bunday deyishimizga qator asoslar bor. Birinchidan, biz ilmiy, iqtisodiy jihatdan rivojlanib boryapmiz. Fikrlashimiz, ongimiz ham taraqqiyotga xosdir. Ikkinchidan, ko`pgina rivojlangan davlatlar o`qitishda texnik vositalari qo`llash bosqichini to`la o`tdi. Keyingi bosqichda ularda dasturlashgan ta`limni ham o`quv jarayoniga to`la tadbiq qilish va shu asosda yoshlarga ta`lim berish bo`yicha etarli tajriba to`plandi. Bizlarda ham ma`lum ma`noda shu kabi bosqichlar amalga oshirildi. Bu ikkala bosqichni o`z amaliy tajribasida to`la o`rganmagan o`qituvchi birdaniga sakrab biror bir PT yoki MO`Tni qo`llay olmaydi. Ko`pgina o`qituvchilarimiz hamma vaqt ma`lum andoza asosida ishlab kelishgan. Agar o`quv rejasi, o`quv dasturi (DTS), darsliklar asosida fanlarni PT va MO`T asosida o`qitish usullari ishlab chiqilib o`qituvchiga zarur yo`l-yo`riqlar berilsa, ular asta-sekin vazifalarini bajarishga kirishishadi. Ammo olimlar, metodistlar oldida bunday dolzarb muammolarni echish masalasi turibdi.
Shuning uchun PT va MO`Tni o`quv jarayoniga joriy qilish bosqichma-bosqich o`tish, dastlab ayrim mavzularni, ayrim boblarni o`qitishni texnologik yondashuv tarzida amalga oshirish kerak. O`quv jarayoni bilan bevosita bog’liq holda izlanish olib borayotgan pedagog olimlar, tadqiqotchilar o`z tajribalariga tayangan holda aynan shu yo`lni tavsiya qiladilar.
KHK va akademik litseylarda olib borilgan ilmiy izlanishlar astronomiya ta`limida an`anaviy o`qitish metodikasini inkor etib, uning o`rniga bevosita modulli-pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarur degan fikrlar o`rinli ekanligini, an`anaviy ta`lim metodikasidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallash, o`quvchilar faoliyatini faollashtirish bilan bog’liq mavjud muammolarni, zamonaviy PT, jumladan, modulli o`qitish texnologiyasi orqali hal etish, shuningdek o`quvchilarni mustaqil ta`limga tayyorlab borish mumkin ekanligini ko`rsatdi.

Yüklə 310,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin