O’zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/3
tarix17.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#115563
1   2   3
o\'qish 2-sinf dars ishlanma

Darsning borishi
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
O’quvchilarni darsga hozirlash.
O’qituvchi: Salom mening bolajonlarim,
Tili shirin qaqajonlarim.
Barchangiz sog’-omonmisiz?
Bugungi darsga tayyormisiz.
O’quvchilar: Barchamiz sog’-omonmiz,
Darsga doim tayyormiz.
O’qituvchi: Sinfda kim navbatchi,
Har ishda menga yordamchi?
O’quvchi: Menman bugun navbatchi,
Ustozimga yordamchi,
Pok tutaman xonani,
Hamda yozuv taxtani.
Sinfda bor 33ta o’quvchi,
Bugun hamma shu yerda.
O’qituvchi: Hozir darsimiz o’qish darsi.
O’quvchilar: O’qish - bu odob ilmi,
Berar bizga hayotdan saboq.
U bordirki, hayot sururli,
U bordirki, kelajak porloq.
O’qituvchi: Ushbu dars yoqar kimga?
Qani aytingchi menga.
O’quvchilar: Sizga, bizga, hammaga,
Yoqar ushbu darsimiz.
Chunki o’qish, she’riyatga
Havas uyg’otgan o’zingiz.
O’qituvchi: Rahmat, bolajonlarim,
O’tiringlar marhamat.
Savollarimga faqat,
Javob beringiz o’ylab.
O’quvchilar: O’ylab javob berishga
Qilamiz biz harakat.
O’quvchilarning siyosiy bilmlari tekshiriladi.
-Hozir qaysi fasl?
-Fasllar kelinchagi bo’lmish bahor fasli.
-Bahorda qanday muhim sanalarni bilasiz?
-Davlat ramzlarini bilasizmi?
-Humo qushi qayerda tasvirlangan?
O’quvchilar davlat ramzlari bayroq va gerb haqida she’rlar aytishadi.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash va uy vazifasini so'rash.
O’quvchilar uyga berilgan vazifa-“Somon, cho’g’ va loviya” (Aka-uka Grimmlar) ertagi mazmunini so’zlab berishadi.

Test topshiriqlari: O’quvchilar berilgan test topshiriqlarini bajaradilar.

  1. Somon, cho’g’ va loviya yurib-yurib qayerga borishdi?

  1. daraxt oldiga B) ariq bo’yiga D) kampir oldiga

  1. Ariqdan o’tish uchun nima yo’q ekan?

  1. ko’prik B) suv D) loviya

  1. Loviya “qirg’oqda qolib, cho’g’ va somonning qilgan ishidan …”. Nuqtalar o’rniga mos so’zlarni toping.

  1. xafa bo’libdi B) rosa kulibdi D) xursand bo’libdi

  1. Tikuvchi loviyani nima qilib qo’yibdi?

  1. yeb B) pishirib D) tikib

  1. Loviyalarning qoq o’rtasida qanday choki bor ekan?

  1. qora B) oq D) yashil


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin