Barchasi sening qo‘lingda. Ijodkorlik. Bu kabi gaplar yaqinlarga nisbatan ko‘p aytiladi. Sababi bunday yondashuv ko‘p holatlarda ish beradi. Ha, shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ularni o‘zgartirishning iloji yo‘q. Biroq muammoga yangicha nigoh bilan qarash uchun orqaga yoki yon tomonga bir qadam tashlash va ijodkorlik bilan yondashishning o‘zi kifoya, shunda inson kutmagan joydan samarali yechim topishga muvaffaq bo‘linadi.
Xatolardan saboq chiqarish. Insonga barcha holatlarni tahlil qilish og‘riqli kechishi mumkin, biroq u juda foydali bo‘ladi. Ishlarning yomonlashuviga olib kelgan hodisalarni yaxshilab tahlil qilish lozim. Qayerida xato qilingan, boshqacha yo‘l tutilganda nima bo‘lar edi va h.k. Oxir-oqibat inson "qorong‘u kunlarni qanday chetlab o‘tish mumkin bo‘lganligi"ga doir aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Xatolarni takrorlamaslik imkoni nolga teng ekanini bilganida esa, og‘ir damlardan o‘tish nisbatan yengilroq kechadi.
Minnatdor bo‘lish.Hayotdan va atrofdagi odamlardan taqdim etilgan tajriba uchun minnatdor bo‘lish lozim.
Amaliy mashg‘ulot: U yoki bu yaqin kishingiz haqida o‘ylang: u sizning hayotingizga qanday o‘zgarish kiritmoqda, nimalarga o‘rgatmoqda, qanday holatlarda ishonchli yelka bo‘lib xizmat qilmoqda, uning qo‘llab-quvvatlashisiz qanday yashardingiz va h.k.
Nima uchun hayotingizda shu inson borligidan minnatdorsiz - shu haqida qisqa (yoki kayfiyatingizga qarab uzun) xat yozing. Shundan so‘ng unga qo‘ng‘iroq qiling va o‘z ijod mahsulingizni o‘qib bering. Ayni damda boshingizdan o‘tayotgan qiyinchiliklar hayotingizdagi haqiqiy qadriyatlar bilan taqqoslanganda u qadar ahamiyatsizdek ko‘rina boshlaydi.
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________