Amaliy mashg‘ulot quyidagi rivoyatni o‘qing va mohiyatini so‘zlab bering.
“KAPALAK” darsi
Bir kuni pillada kichkina yoriq paydo bo‘ldi. O‘tib ketayotgan yo‘lovchi behosdan buni ko‘rib, undan kapalakning yorug‘ dunyoga chiqmoqchi bo‘layotganini uzoq vaqt kuzatib turdi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tdi. Yoriq hali-hamon kichkina, kapalak esa o‘z shashtidan qaytgandek edi. Yo‘lovchining nazarida kapalak holdan toygan, harakat qilishga boshqa kuchi yo‘qday edi. Shunda u kapalakka yordam bermoqchi bo‘lib, pichoq bilan pillani kesdi. Kapalak shu zahotiyoq pilladan chiqdi, ammo tanasi majolsiz, qanotlari yoyilmaganligi sababli zo‘rg‘a harakatlanar edi.
Yo‘lovchi kapalak qanotlarini yoyib uchib ketishini kutib turdi. Lekin mo‘jiza ro‘y bermadi!
Hayotining qolgan vaqtini kapalak majolsiz tanasini, ochilmagan qanotlarini yerda sudrab o‘tkazdi. U ucholmadi.
Hamma gap inson unga yordam beraman deb, ozi bilmagan holda unga zarar yetkazdi. Chunki pillaning kichkina yorig‘i orqali o‘tayotganda kapalak tanasidagi suyuqlik qanotiga o‘tib qanot mushaklarini rivojlantirar va unga kuch bag’ishlar edi. Kapalak yashab, ucha olishi uchun pilladan qiyinchilik bilan o‘tishga majbur edi. Bu hayot qonunidir.
Ba’zan hayotda qiyinchiliklardan sabr-bardosh bilan o‘ta olish juda muhim. Agar hayot bir tekis, sokin bo‘lganda edi, biz hozirgidek kuchli bo‘la olmas edik. Biz hech qachon ucha olmas edik!
Quyidagi jadvalni to‘ldiring va o‘zingiz uchun maqsadga erishish uchun vazifalarni belgilang