O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Faoliyatni quyidagi so‘z bilan yakunlang



Yüklə 414,05 Kb.
səhifə37/71
tarix22.08.2023
ölçüsü414,05 Kb.
#140163
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
8 11 sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar

Faoliyatni quyidagi so‘z bilan yakunlang:
-Yo‘q deyishni o‘rganish, o‘z qadriyatlaringizga sodiq qolish va shuningdek, siz uchun muhim bo‘lgan odamlar bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolishga imkon beradi.

9-Mavzu:
Bahslarni boshqarish” (Soft skills)
Mashg‘ulot maqsadi:
O‘quvchilar oladigan ko‘nikmalar:
•Bahslarni va nizolarni boshqarishdagi sog‘lom va nosog‘lom usulni o‘rganish
•Samarali muzokaralar bosqichlarini o‘rganish va tajribada qo‘llash
•Muzokaralar bosqichlarini haqiqiy va gipotetik holatlarda qo‘llash
Zarur bo‘lgan jihozlar:
•O‘qituvchi avvaldan "bahslar va nizolarni boshqarish imkoniyatlari" deb yozilgan plakat yoki flip-jadvalni tayyorlashi zarur (batafsil ma’lumot uchun quyidagi jadvalga qarang).
•Guruh qoidalari aniq yozilgan plakat
Mashg‘ulotning borishi:
O‘quvchilarni qutlang va bugungi mavzu “Bahslarni boshqarish” tushunchasiga bag‘ishlanishini ayting
Guruhning asosiy qoidalariga qisqacha murojaat qiling (qoidalar aniq yozilgan plakatlarga ishora qiling):
•Hurmatga asoslangan muloqot va munosabatdan foydalaning
•Guruhda barchaning ishtiroki muhimdir
•Bir biringizni tinglang
•Boshqalarga ham fikr bildirish uchun teng imkoniyat bering
•Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang
•Og‘zaki tahqirlash yoki zo‘ravonlik ta’qiqlanadi
1 Mashq.” Bahslarni mojarolarni boshqarish usullari”.
Yo‘q deyishni mashq qilish va chegaralarni belgilashda siz bahslar yoki mojarolar hayotingizning yana bir ajralmas qismi ekanligini anglashingiz mumkin. Birortangiz bahs yoki mojaroga ta’rif bera olasizmi?
•O‘quvchilarning javoblarini tinglang; javoblardagi kalit so‘zlarni doskaga yoki flipchartga yozing. Talab etilsa izohlang
Umumiy ta’rif sifatida mayda kundalik mojarolarni o‘z ichiga olgan har qanday kelishmovchilik yoki tortishuvni aytish mumkin.
-Hayotingizda uchragan mojarolar yoki nizolarga misollar keltira olasizmi?
•O‘quvchilarning javoblarini tinglang; javoblardagi kalit so‘zlarni doska yoki flipchartga yozing
•Oldindan tayyorlagan "bahslar , nizolarni boshqarish imkoniyatlari" plakatingizni ko‘rsating (ushbu darslar jadvali so‘nggida keltirilgan jadvalga qarang).
Mojarolardan nari yuring — Shunchaki mojarolarga aralashmang.
Uni yo‘qqa chiqaring — O‘zini ziddiyat yo‘qdek tutish.
Har qanday holatda ham g‘alaba qozonish — O‘zingiz istagan narsani oling; boshqa odam yo‘qotadi.
Murosaga keling — O‘zingiz istagan narsani olish uchun biron narsangizdan voz keching.
Yutqazishsiz muzokaralar — Ikkala taraf ham istagan narsaga ega bo‘lishi uchun muammolarni yechishga ijodiy yondashing.
(O‘quvchilarni juftlarga bo‘ling ,agar talabalar soni ko‘p bo‘lsa, guruh 3 kishidan iborat bo‘lishi yoki boshlovchi ham yakka o‘quvchi bilan juftlikda ishlashi mumkin).
•Barcha variantlarni o‘qib eshittiring
•Ular tanlagan usul nima uchun samarali yoki samarasiz bo‘lishi mumkinligiga asoslanib jadvalni to‘ldirishlari lozimligini tushuntiring va ular ushbu usullarni qo‘llashlari mumkin bo‘lgan yoki ishlatgan vaziyatlar haqida misollar keltirishni ayting
•So‘nggi ustunda o‘zlari tanlagan usulni bahslar va nizolarni boshqarishning qandayy usuli ekanligi haqida hulosalarini aks ettirishlari lozim.
•O‘quvchilarga ustunni to‘ldirishlari uchun 10 daqiqa bering (kelajakda foydalanish uchun ham talabalar ish daftarlariga qayd etib borishlari lozim)
•Keyin, munozaralarni boshqarishda eng samarali bo‘lgan usulni ko‘rsatishlarini ayting.
•Dastlabki uchtasi odatda muammolarga olib kelishi, ammo so‘nggi ikkitasi juda samarali strategiyalar ekanligini tushuntiring.

Yüklə 414,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin