O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


-mashq: “Orzularingiz va maqsadlaringiz nima?”



Yüklə 414,05 Kb.
səhifə47/71
tarix22.08.2023
ölçüsü414,05 Kb.
#140163
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
8 11 sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar

3-mashq: “Orzularingiz va maqsadlaringiz nima?”
Ikkala misolda ham maqsadning ikkinchi varianti afzalroqdir. Ammo, ular quyidagi kabi qator o‘xshashliklarga ega... Muayyan - ularda maqsadlar aniq aytilgan (qishloq xo‘jaligi ishlarini o‘rganish; ishga joylashish).
Miqdoriy - qancha vaqi ichida nimalar bo‘lishi (kamida ikki yil; soatiga kamida $$).Bajarib bo‘ladigan narsalar - ular odamga keng fikrlashga yordam berib, uni maqsadlari tomon intilishga ilhomlantira oladi.
Realistik - ular ushbu maqsadlarni yozgan odam uchun muhim. Vaqt bilan chegaralangan - biron voqeaning vaqtini ko‘rsatadilar (yoshim 22 ga yetganida; kelgusi yil shu vaqtga qadar). Ushbu xususiyatlarning har birining birinchi harflari to‘plami "SMART" so‘zini shakllantiradi. SMART o‘quvchilarini bajara olsangiz, o‘z maqsadlaringizga qanday erishish mumkinligi haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘lasiz.
SMART Maqsadlari
•Uni ishtirokchilar bilan qayta ko‘rib chiqing (ushbu mashg‘ulotdan so‘ng o‘qituvchining tarqatgan ma’lumotiga qarang va SMART-ni namoyish etish uchun yaratgan posteringizga qarang). Siz ishlayotgan joylardagi manfaatlar, yosh guruhlari yoki mahalliy holatni hisobga olgan holda misollarni kerakli tarzda moslashtiring.
Ushbu sahifaning quyi qismida siz SMART usulida ko‘rsatilmagan bir nechta maqsadlarni ko‘rishingiz mumkin. Guruhingiz doirasida ishlayotganda (avvalgilaridek), ularni aniq, miqdoriy, erishish mumkin bo‘lgan, realistik va vaqt bilan chegaralangan holda ularni qayta yozishingiz lozim bo‘ladi.
Boshlovchi: “Ushbu tarqatma materialdan foydalanib, SMART maqsadlarini yozishda foydalanishingiz mumkin. Maqsadlarni aniq, miqdoriy va vaqt bilan chegaralangan jumlalarni qo‘llab belgilang. Amalga oshirish imkoni bo‘lgan va o‘zingiz erishib bo‘lganman deb o‘ylagan realistik maqsadlarni belgilab qo‘ying.
Munozarani davom ettirish uchun quyidagi savollardan foydalaning:
-Siz ko‘rgan maqsadlardan qay biri eng mushkul bo‘ldi va nima uchun?
-SMART maqsadlari yaratishda qaysi jihat bo‘yicha savollaringiz bor?
-SMART maqsadlarini yozishning afzalliklari nimada?
-Sizningcha, aniq, miqdoriy, erishib bo‘ladigan, real va vaqt bilan chegaralangan kabi SMART maqsadlarining besh jihatidan qay biri eng muhim hisoblanadi? Nima uchun?
Ta’kidlang:
SMART yordaimda o‘z maqsadlarimizni belgilash, biz o‘z orzuyimizga qanday va qachon erishishimiz mumkinligini bilib olishimiz uchun yetarlicha tafsilotlarni qo‘shishimiz mumkin.
•O‘quvchilar keyingi mashg‘ulotlarda individual ravishda ishlashlarini eslating.


Yüklə 414,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin