107
tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar
tizimida tutgan
o‘rni haqida xulosa qilinadi.
Demak, sotsiometriya metodi yordamida guruh a‘zolari o‘rtasidagi
simpatiya yoki aptinatiyani aniqlash mumkin. Sotsiometriya metodini operativ
tarzda o‘tkazish, uning natijalarini esa matematik qayta
ishlash va grafik ravishda
ifodalash mumkin.
Sotsiometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda
uning
ba‘zi kamchiliklari ham ko‘rsatib o‘tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki,
sotsiometriya metodi mavjud munosabatlar strukturasining sabablarini aniqlash
imqonini bermaydi. Shuning uchun ham sotsiometriyadan olingan ma‘lumotlar
kuzatish, suhbat, psixologik- pedagogik eksperiment natijalari bilan to‘ldirilishi
lozim.
Sotsiometriya metodidan guruh, jamoa a‘zolari o‘zaro bir-birlarini yaxshi
bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Bu metod yordamida shaxsning xizmat
yo‘zasidan bo‘ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o‘rnini aniqlash,
birlamchi guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini tonish, birlamchi guruhlarning
paydo bo‘lishi va tarqab ketishi sabablarini aniqlash mumkin.Sotsiometriya
metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga
birga qilinadigan ishlari
yoki guruh a‘zolarining ishlarini birgalikda bajarishga xohishlari to‘g‘risida
savollar
beriladi. Beriladigan savollar tanlash ko‘rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuchsiz
ko‘rsatkichlar farqlanadi. Kuchlilar chuqur va
barqaror munosabatlarni, kuchsizlari
yo‘zaki va beqaror munosabatlarni aniqlash imqonini yaratadi. Masalan,
"xizmatdoshlaringizdan qaysi biri bilan bitta brigadada ishlashni xohlardingiz?"
degan savol bo‘yicha aniqlangan ko‘rsatkich kuchli ko‘rsatkich hisoblanadi, chunki
u o‘zoq vaqt davom etadigan, muhim munosabatlarga tegishli. "Kimni birga
ekskursiyaga borishga taklif qilardingiz?" — kuchsiz ko‘rsatkich, chunki u
chuqur
bo‘lmagan va vaqtinchalik munosabatlarni belgilaydi. Kuchli va kuchsiz
ko‘rsatkichlar mazmuni jihatidan turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy
narsa — natijalar, ya‘ni sherik tanlash.Tanlashlar soni cheksiz
Dostları ilə paylaş: