O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/42
tarix22.09.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#146803
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
yosh va pedagogik psixologiya

Eksperiment metodi
. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya 
eksperimenti turlariga bo‘linadi. Bu metod psixik xolatni ta‘riflashgagina emas, 
balki ularni tushuntirib berishga ham imqon beradi. 
Kuzatishdan farqli o‘laroq, psixologik eksperiment tadqiqotchining 
sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, 
psixologik fakt aniq namoyon bo;lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan yo‘nalish 
bo‘yicha o‘zgartirishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab 
takrorlanishiga imqon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Labaratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning labaratoriya 
sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar yordamida o‘tkazishlarida va 
sinaluvchining xatti-harakatlari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, 
balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi kishining munosabati bilan ham 
belgilanadi.
Labaratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalari, idrok, xotira va 
boshqalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozirgi paytda 
labaratoriya eksperimentini ko‘pincha shunday tarzda o‘tkazishadiki, unda odam 
odatdagi sharoitlarda bajarishi mumkin bo‘lgan faoliyatning ba‘zi psixologik 
jihatlari modellashtirib qo‘yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina xissiy 
zo‘riqish vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan, kasbi-kori 
uchuvchi bo‘lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul qilishi mumkin. Yuksak 
darajadagi uyg‘unlikni taqozo etadigan murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi 
ko‘rsatkichlarga munosabat bildirishi va hakozolar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi 
mumkin. 
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910-yilda 
A.F.Lazurskiy 
taklif etgan) 
mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o‘tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil 
bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga 
(dars, suhbat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirilishi lozim. 
Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni o‘zoq vaqt xotirada 
saqlab qolish to`g`risidagi ko`rsatmaga bog`liqligini tadqiq qilish tabiiy 
eksperimentga misol bo`la oladi. O`quvchilardan bir guruhi o`rganilishi lozim 
bo`lgan material bilan tanishtiriladi va ushbu material yo‘zasidan ertasiga 
so`ralishini aytadi. Boshqa bir guruhda esa o`quv materiali xuddi shunday tarzda 
o`tilib bo‘lgach, o‘quvchilarga o`tilgan dars bir haftadan so‘ng so‘ralishi aytiladi. 
Haqiqatda esa har ikkala guruhda ham o‘quvchilardan ikki xaftadan keyin 
so`ralgan. Ana shu tabiiy eksperiment jarayonida materialni o‘zoq vaqt xotirada 
saqlab qolishga mo`ljallangan yo`l-yo`riqning afzalliklari aniqlanadi. 
Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment 
psixologik-pedagogik eksperiment
deb ataladi. Har xil yosh bosqichlarida 
o`quvchilarning bilish imqoniyatlarini o‘rganishda, o‘quvchi shaxsini 
shakllantirishning qonkret yo‘llarini aniqlashda uning roli benixoya kattadir. 
Psixologik-pedagogik eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi, 


103 
shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari. Aniqlovchi eksperimentda 
sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish darajasi aniqlanadi. Masalan, 
boladagi xotiraning rivojlanish darajasi "Meyli" testi yordamida aniqlanishi 
mumkin. Shakllantiruvchi eksperimentda aniqlangan psixik jarayon me‘yordan 
orqada bo‘lsa, uni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Misolga 
qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Nazorat 
tajribalarida shakllantiruvchi ta‘sirning samaradorligini aniqlash uchun diagnostik 
metod yana bir marta takroran o‘tkaziladi. "Meyli" testi yana bir bora o‘tkazilib, 
maxsus matematik-statistik metodlar yordamida shakllantiruvchi ta‘sirning 
samaradorligi aniqlanadi. 
Anketa
. Savollar yordamida psixologik axborot to‘plashning metodik 
usulidir. Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, tadqiqotning 
maqsadiga mos keladi. Anketa yordamida o‘qituvchi o‘quvchilar shaxsiy sifatlarini 
aniqlash uchun material to‘playdi. 
Taklif etiladigan savollarga qarab, anketalar mazmun, funktsiyasi, shakli 
bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin. 
Mazmun bo‘yicha anketa: 
1. Faktlar ("Sening bo‘sh vaktishdagi mashg‘uloting", "Uy joy sharoitingni 
ta‘rifla"); 
2. Atrofdagi kishilar, xodisalar xarakteristikasini ("O‘quv- ishlab chiqarish 
korxonasida ish formasi boshqacha bo‘lishi kerak deb xisoblaysanmi?"', 
"Ko‘pchilik bolalar o‘z imqoniyatlarini to‘liq ishga solmay o‘qishlarining sababi 
nimada deb o‘ylaysan?"). 
3. O‘quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin ("Oliy o‘quv yurtiga 
kirasanmi?", "Yozgi oromgoxga borasanmi?"). Savollar bajaradigan
funktsiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
a)Filtrlovchi-savollar. M.: agar o‘qituvchini oliygoxga kirishni 
xohlovchilar qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif etiladi: "Sening 
yoqtiradigan predmeting?" Bunga faqat oliygoxga kirmoqchi bo‘lgan 
o‘quvchilargina javob beradilar. 
b)Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy 
funkisiyasi - ma‘lumotning to‘g‘riligini tekshirish. Shakli bo‘yicha anketalar: 
a) Ochiq — bunda to‘g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab, erkin 
javob berish mumkin. 
b) Yopiq — bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib, 
o‘quvchi ulardan birini tanlashi lozim. 
Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1. Savollar aniq, tushunarli, sodda va qonkret bo‘lishi lozim.
2.Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng
murakkablari, nixoyasida yana oson savollar berilishi lozim. 
3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qiluvchi savollar 
berilishi lozim.
Anketa metodining ijobiy tomoni:
1)ommaviy o‘rganish imqoniyati; 2) informatsiya to‘plash tezligi; 
3)ma‘lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng foydalanish 
imqoniyati; 


104 
4)og‘zaki formada javob olish qiyin bo‘lgan savollarga javob olish imqoni
5)bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imqoni;
6)natijalarni qayd etishning qulay usuli. 
Shuni ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xususiyatlarining 
barcha soxalarini to‘la o‘rganish imqonini bermaydi, o‘quvchilar turlicha javob 
berganlari tufayli ularni klasifikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning 
obyektivligi yuqori emas, chunki o‘quvchilar bunga vijdonan yondoshmasliklari 
mumkin. 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin