Takrorlash uchun savollar.
1. O‘quv faoliyati va uning elementlari nimalardan iborat?
2. Ta‘lim jarayonida bilimlarni o‗zlashtirish nimaga bog‘liq?
3. O‘qish motivlari va motivatsiyaga izoh bering.
4. O‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalariga nimalar kiradi?
5. Bilimlarni o‗zlashtirish jarayoni va uning psixologik
komponentlari nimalardan iborat?
6. Ta‘lim faoliyatiga ko‗ra ta‘limning qanday metodlarini bilasiz?
7. Ko‗nikma va malakalar ta‘lim jarayonida qanday shakllantiriladi?
8. O‘quv faoliyatini boshqarish deganda nimani tushunasiz?
127
Ta‟lim psixologiyasi mavzusi bo'yicha taqdimotlar
128
129
130
15-mavzu: TARBIYA PSIXOLOGIYASI.
Ma‟ruza mashg`uloti rejasi
1. Tarbiya psixologiyasi mohiyati.
2. Tarbiyaviy ish metodlari va shakllari.
3. Jamoa va uning tarbiyaviy ta‘siri.
4. Tarbiyada individual yondashishning psixologik asoslari.
Darsning maqsadi:
Talabalarga tarbiya tushunchasining mohiyatini, uning shaxs kamolotidagi
o‘rnini, tarbiya usullari va vositalari haqidagi ma‘lumotlarni jamiyat holati va
kelgusidagi
rivojlanishga
tarbiya
maqsadining
bog‘liqligini tushuntirish.
Talabalarda tarbiya usullarini egallash va ulardan oqilona foydalana olish
malakalarini shakllantirish.
Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, maqsad va vazifalari
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham davr talabiga munosib
bo'lgan yosh avlodni tarbiyalash muammosihamisha dolzarb ahamiyatga molik
bo‘lib kelgan.
Tarbiya - bu shaxsning IJTIMOIY, ma‘naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga
|tasvirlash maqsadida uning ma‘naviy jismoniy kamolotiga muntazam ravishda
ta‘sir ko‘rsatish jarayonidir.
Tarbiya tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axloqiy hislat va
hulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining
ongiga aniq maqsad yo‘lida tarbiyaviy ta‘sir etish jarayonidir.
131
Tarbiya - bolaning ijtimoiy muxitda o‘z o‘rnini topishni o‘rganishihamda
insonning hayotiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishidir.Ta‘lim jarayonining
markazida shaxsning bilish va anglash jarayoni, uning qobiliyati, ilm o‘rganishi
yotsa, undan farqli o‘laroq tarbiya insonni shaxs sifatida shakllanishiga, uning
dunyoqarashi va jamiyatga munosabatiga qaratiladi. Tarbiya - bu aloxida jarayon
emas, balki o‘qitishning bir tomoni bo‘lib, u bilan umumiy va farqli tomonlarga
egadir. Bilim berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy ko‘nikma olish
mexanizmining o‘ziga xos jihatlarini kiritish mumkin. Tarbiya jarayonida shaxsning
sifat va xossasi, ijtimoiy xulq-atvori va shakllari nazarda tutilsa, o‘qitishda bilim,
ko‘nikma va malakalar inobatga olinadi.
Tarbiya jarayonining ilmiy asoslari bilan, psixologiyadan tashqari falsafa,
sotsiologiya va pedagogika fanlari shug‘ullanadi. Holbuki, psixologiya fanisiz
tarbiyaning asosiy muammolari hal qilinib bo‘lmagan holda to‘g‘ri qo‘yilishiham
mumkin emas, Chunki ularni anglash negizida shaxs psixologiyasi, insoniy
munosabatlar,har xil ijtimoiy jamoalar psixologiyasini bilish yotadi. Barcha uchun
umumiy bo‘lgan yoki o‘quvchilarga individual tavsiyalar berishda umumiy
psixologiya va yosh davrlar psixologiyasiga tayaniladi.
Tarbiya uning maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi.
Tarbiyaning bosh vazifasi - jamiyat hayotida zarur bo‘lgan kerakli sifatlarni
o‘zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Tarbiya jarayonida doimiy va o‘zgarmas maqsad qo‘yilmaydi, Chunki
o‘zgarmas maqsadharqanday jamiyatga ham mos bo‘lavermaydi. Jamiyat tuzilishi
va ijtimoiy munosabatlar o‘zgarishi bilan tarbiya maqsadi o‘zgaradi.
Tarbiya turli xil davrlarda va turli xil jamiyatlarda o‘zgarmas jarayon bo‘lib
qolmaydi. Tarbiyaning maqsadlari, mazmuni, shakl va metodlari har bir tarixiy
davrda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Inson shaxsini shakllantirish bo‘yicha
har bir ijtimoiy tizim yo‘nalishiga mos ravishda talablar qo‘yiladi. Tarbiyaning
barcha tarixiy davrlar uchun xos bo‘lgan ba‘zi bir umumiy belgilari ham mavjud.
Pedagogik g‘oyalar va tarbiyaviy ishni rivojlantirishda muayyan darajadagi aloqa
va ma‘lum bir davomiylik mavjud. Jumladan, asrlar davomida dars maktabda
O‘quvmashgulotlarini tashqil etishning asosiy shakli bo‘lib keldi va shunday bo‘lib
qolmoqda. Qator O‘quvpredmetlari mazmuni ma‘lum darajada saqlanib qolayapti.
Ayni chog‘da tarbiyada va ta‘lim berishda g‘oyaviy jihatdan betaraf qoladigan
jihatlar borligini ham unutmaslik lozim. Tarbiya va ta‘limning tashqiliy shakllarini
aniq; to‘ldirish, maktab ishining u Yokibu masalalarini izoxlashda turli davrlarda
turlicha yondashuvlar mavjud bo‘lgan.
Agar jamiyat o‘z taraqqiyot davrida ma‘lum bir rivojlanishga, madaniyatga
va ma‘naviyatga erishgan bo‘lsa va uni saqlab qolishnihamda yo‘lsaltirishni istasa,
uning tarixida turli xil o‘zgarishlar ro‘y berishidan
qat‘iy nazar, u o‘tmishdan beri saqlanib kelayotgan eng yaxshi an‘ana va
qadriyatlarini qabul qilishi, davom ettirishi lozim bo‘ladi. Umuminsoniy qadriyatlar
va madaniy boyliklar tarixiy va hududiy chegara va hududiy chegara bilmaydigan
boyliklar qatoriga kiradi. Birinchi navbatda xuddi ular ijtimoiy tarixning barcha
bosqichlarida tarbiya maqsadlarini ifodalaydi. Bu maqsadlar yaxshilik va yomonlik,
to‘g‘rilik va tartiblilik, insoniylik va tabiatga bo‘lgan muxabbat tushunchalari bilan
bog‘liqdir. Bu yana ruxiyat, erkinlik, shaxsning o‘zi va atrofida ro‘y berayotgan
132
voqealarga javobgarlikni xis qilishi, kamtarlik, insoniylik ko‘rinishlarida namoyon
bo‘ladi.
Ruxiyat yuqori axloqiy tafakkurning bir daqiqalik mayl va ehtiyojlardan
yuqori qo‘yilishini bildiradi. O‘sib kelayotgan va rivojlanayotgan shaxsda bu
doimiy ravishda axloqiy barkamollikka intilishda namoyon bo‘ladi. Erkinlik bu
insonning ichki va tashqi ozodlikka intilishidir, bunda boshqa shaxsning ijtimoiy
kelib chiqishi, millati, diniy va siyosiy qarashlari, sinfiy munosabatlari va boshqa
xususiyatlaridan qat‘iy nazar, uning huquqlari albatta to‘la to‘kis tan olinishi
lozimdir.
Majburiyat Yokijavobgarlikni xis qilish - erkinlikning qarama-qarshi jihati
bo‘lib, bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi. Majburiyatsiz erkinlik - bu
o‘zboshimchalik, palapartishlik hisoblanadi. Erkinliksiz majburiyat esa - bu
qullikdir. Erkinlik va majburiyat o‘zaro bir-birini to‘ldirilganda Yokibog‘langanda
mustaqillik mavjud bo‘lishi mumkin. Majburiyatni yana boshqacha talqin qilinsa,
insonning o‘z ixtiyori bilan jamiyat hayoti va boshqa insonlar taqdiri uchun
javobgarlikni o‘z ustiga olishi tushuniladi.Hozirgi zamon tarbiyasining umumiy
maqsadi bolani yuksak axloqli, ruxiy jihatdan boy,qalban ozod, erkin, burch va
majburiyatni xis qila oladigan shaxs sifatida shakllantira olishdir. Tarbiyaning
umumiy maqsadi bilan bir qatorda maxsus ijtimoiy maqsadlari ham kelib chiqishii
mumkin. Ular tarixning ma‘lum davrida o‘zgaruvchan talablar bilan jamiyat
taraqqiyotining dolzarb muammolarini bayon etishi va rivojlanishiga xissa kushishi
lozim. Ma‘lum vaktdan sung jamiyat taraqqiyoti o‘zining ma‘lum bir bosqichidan
keyin rivojlanish yana davom etadi va talablar ham o‘zgaradi. Tarbiyaning maqsad
va vazifalaridan biri bu jamiyat taraqqiyotining zamonaviy rivojlanish bosqichlariga
javob bera oladigan maxsus tashabbuskor o‘quvchilarnietishtirish, shaxsni o‘z-
o‘zini xo‘rmat qiladigan va intiluvchan qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Yuksak
tafakkur
namoyondalarining,
xususan
faylasuflarning
risolalaridahamda badiiy adabiyotning yirik vakillari asarlarida ijtimoiy-siyosiy va
axloqiy ta‘limotlarga, ayniqsa, keng o‘rin berilgan. SHuni aloxida ta‘kidlash
lozimki, o‘tmishda axloqshunoslik soxasida ijod qilib, shu fan taraqqiyotiga
salmoqli xissa qo‘shgan mutafakkirlarimiz talaygina.
Abu Nasr Farobiy bolalarni axloqli, nazokatli qilib tarbiyalashda musiqa
bilimining axamiyati xaqida bunday deydi: ‖Bu fan shu ma‘noda foydaliki, kimning
fe‘l-atvori muvozanatni yo‘lotgan bo‘lsa, u tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni
kamolga etkazadi va muvozanatli bo‘lganlarni muvozanatini o‘zoq muddatga
saklaydi. Musiqa ruxni davolaydi, uning sozlarining ta‘siri bilan ruxiy quvvatlar o‘z
substansiyasiga uygunlashadi va tartibga, muvozanatga keladi‖.
Farobiy o‘zining ―Iso-al-ulum‖ kitobining oxirgi bo‘limida: ―Inson aqli
faqat bilim bilan cheklanmaydi, balki odat va qarashlarni o‘zining maqsadlariga
buysundira olishi va yunaltirishi, o‘zgartirishiham mumkin,‖ -deb yozadi. Uning
fikricha,har bir kishi bilimlarni yaxshi egallamogi, yaxshi va barkamol tarbiya
olmogi, eng yaxshi fazilatlarga ega bo‘lmogi kerak. Farobiy fikricha, kishidagi tub
goya - saodatdir. Tarbiya vositasi bilan bolalarda hosil qilinadigan barcha insoniy,
axloqiy fazilatlar shunga qaratilmog‘i kerak.
Tarbiyaviy ta‘sirning psixologik asoslari.
133
Insonning tabiatini o‘zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta‘sir
qiladigan kuch ijtimoiy omillar Yokiboshqacha qilib aytganda, jamiyat ishlab
chiqarish kuchlarihamda ishlab chiqarish munosabatlarining o‘sishi va
o‘zgarishidir. Bundan tashqari inson shaxsining tarkib topishiga ta‘sir qiluvchi yana
bir kuchli omil - inson orttirgan tajribalarining tarbiya vositasi orqali bolalarga
berilishidir. SHunday qilib, inson shaxsi juda murakkabpsixologik kategoriya
bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma‘lum qonkret omillarning ta‘siri
ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta
faktorlar ta‘sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi, odam tug‘ilib o‘sadigan tashqi
ijtimoiy muxitning ta‘siri bo‘lsa, ikkinchisi, odamga o‘zoq muddat
davomida sistemali ravishda beriladigan ijtimoiy ta‘lim- tarbiyaning
ta‘siridir va nixoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beriladigan irsiy
omillarning ta‘siridir.
Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida
tashqi, ijtimoiy muxit va tarbiyaning roli xal etuvchi ahamiyatga egadir. Lekin,
inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, faqat shu ikkita
faktorga emas, balki uchinchi bir faktorgaham bog‘liqdir. Bu faktor nasliy yo‘l
bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta‘siridir. Masalan: tanasining
tuzilishi, sochi va ko‘zlarining gapgi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim xarakatlari
tug‘ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni xech qachon esdan chiqarmaslik
kerakki, odamga x,ech vakt uning psixik xususiyatlari, ya‘ni uning aqliy tomonlari
bilan boglik bo‘lgan sifatlari nasliy yo‘l bilan berilmaydi. Nixoyat, nodir xollarda
ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqiy matematik qobiliyatlar nasliy yo‘l bilan
berilishi mumkin. Bunday imqoniyatlarning amalga oshirilishi, ya‘ni ro‘yobga
chiqishi uchun albatta, ma‘lum sharoit bo‘lishi kerak.
Xozirgi kunda xalqimiz orasidan etishib chiqqan iste‘dodli olimlar,
muhandis-ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, iste‘dodli
artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo‘l bilan berilgan barcha
imqoniyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga
kelganligini dalili bo‘la oladi.
l i Birinchisi - boshsaruv tizimi
lat ...
. SH
Ikkinchisi -stimullashtirish tizimi
Uchinchisi - stabilizatsiyalash tizimi
L ^
To‘rtinchisi - indikatsiyalash tizimi
134
SHaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xatti- xarakatlari
shaxsning hayoti faoliyatida ma‘lum rolni bajaruvchi vaharbiri murakkab
ko‘rilmadan iborat bo‘l
gan hamda shartli ravishda to‘rtta o‘zaro mustaxkam boglangan funksional
bosqichlarga birlashtiriladi:
SHaxsning ana shu ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha sifatlari
ijtimoiy taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning xulq-atvori
va xatti-xarakatlarini belgilaydi.
Birinchi tizimning hosil bo‘lishida analizatorlar o‘rtasidagi doimiy tabiiy
aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta ro‘lo‘ynaydi. Biroq, bu ilgari
yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek ontogenez jarayonida filogenetik analizatorlar
o‘rtasidagi aloqa vaktli aloqalar bilan organiq jihatdan kushilib keladilar. Bunda
mazko‘r tizimning ichida perseptiv tizimga o‘tib ketadigan yuksak darajada
integratsiyalangan ma‘lum ichki sensor komplekslarni hosil qiladi. Bunday
komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko‘rishhamda sensomotor komplekslarni
kiritish mumkin. Mana shu komplekslarninghammasi odamning xayot-faoliyati
jarayonida o‘zaro bir-biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sensor-perseptiv
uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratadi. Insonning sensor-
perseptiv jihatlari doimo takomillashib boradi.
Ikkinchi tizim barqaror psixik xolatlarni o‘z ichiga oladi. Bu xolatlar
bolaning aniq maqsadni ko‘zlovchi va foydali faoliyatining ongli sub‘ekta sifatida
boshlagan xarakat- larining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Tempera-
ment, intellekt, bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.
Uchinchi tizim - shaxsni arbob sifatida stabilizatsiya tizimidir.
Yunaltirilganlik, qobiliyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini tashqil
etadi.
Yunaltirilganlik - shaxsning integral va generalizatsiya qilingan
xususiyatidir.
Yunaltirilganlik bilim, munosabatlarninghamda shaxsning xulq-atvori va
xatti-xarakatlarida ijtimoiy axamiyat etakchilik qilgan motivlarning bir butun
ekanligida o‘z ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyoqarashi, qiziqishlari
va ma‘naviy extiyojlarida namoyon bo‘ladi.
Yunaltirilganlik strukbo‘lasida g‘oyaviy e‘tiqod katta ro‘lo‘ynaydi.
G‘oyaviy e‘tiq
od - bu bilimning, o‘sha shaxsga xos bo‘lgan intellektual, emotsional va
iroda sifatlarining sintezi, goyalar va xatti-xarakatlar bir butunligining negizidir.
To‘rtinchi tizim o‘z ichiga shunday xususiyatlar, munosabatlar va xatti-
xarakatlarni oladiki, ularda real shaxslarning ijtimoiy «uy fikrlari va xis-tuygulari»
aks ettiriladi. Ular bu shaxslarning siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy taraqqiyotning
mas‘ul arboblari sifatida xulq-atvorini belgilab beradi. Bunga gumanizm, optimizm
va mexnatsevarlik fazilatlari kiradi.
Shaxs shakllanishida u yashayotgan muxit, kishilar, jamiyatning roli juda
kattadir. Masalan, biron maxallada inson shaxsining tarkib topishiga faol ta‘sir
ko‘rsatuvchi yo‘zta o‘ziga xos ijtimoiy muxit bor degan ma‘noni bildiradi. Bu erda
shunday bir savol tug‘iladi: «Tashqi muxit inson shaxsining tarkib topishiga qanday
ta‘sir qiladi?»
135
Birinchidan, ijtimoiy muxitdagi turli xodisalar odamning ongiga bevosita
ta‘sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi
Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muxit ta‘sirining chuqurrok va mustaxkamrok
bo‘lishiga odamning o‘zi yordam beradi. Ma‘lumki, bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra,
ilk yoshlik choglaridan boshlab, nixoyat darajada taqlidchan bo‘ladilar. Bolalar
katta odamlarning barcha xatti-xarakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti-
xarakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o‘zlariga singdirib boradilar. Bolalar oilada,
kucha - qo‘yda, katta odamlarningharbir xarakatlarini, o‘zaro munosabatlarini
zimdan ko‘zatib turadilar.
Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muxitning roli xaqida gap
borar ekan, shuniham ta‘kidlab o‘tish zarurki, ayrim gayri tabiiy xodisalar inson
shaxsining tarkib topishida tashqi muxit ta‘sirining xal qiluvchi ahamiyatga ega
ekanligini to‘la tasdiklaydi. Biz ayrim tasodifiy xollarda odam bolalarining yovvoyi
xayvonlar muxitiga tushib qolish xodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday
xodisalar juda siyrak bo‘lsahamharxolda uchrab bo‘ladi. Masalan, Hindistonlik
doktor Sing Kalьkutta yaqinidagi o‘rmonzorda buri bolalari bilan birga ikkita odam
bolasiningham to‘rt oyoklab yugurib yurganini ko‘rib qoladi. Keyin ularni poylab,
karorgoxlarini topib, bolalarni olib ketadi. Ulardan biriga Amala, ikkinchisiga
Kamala deb nom qo‘yadi. SHu narsa xarakterliki, bolalar yoshlikdan buri- lar
muxitiga tushib qolganliklari tufayli, fe‘l-atvorlari,
xatti-xarakatlari jihatidan burilardan farq kilmas edilar. Nutq yo‘l, demak
tafakkurham nixoyat darajada cheklangan edi. Juda katta kiyinchiliklar bilan qayta
tarbiyalanilayotgan buri muxitidagi bolalar shamollash natijasida o‘lib qoladilar. Bu
xodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muxit, ya‘ni
ijtimoiy muxit bo‘lishi kerakligini to‘la tasdiklaydi. Shaxs va uning psixologiyasiga
ta‘sir etuvchi ikkinchi omil ta‘lim- tarbiyaning ta‘siridir. Ma‘lumki, ta‘lim-tarbiya
inson ongini shakllantiradi, uning dunyoqarashi, e‘tiqodi, xayotga bo‘lgan
munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruxiy taraqqiyotlari va shaxsiy
xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muxit bilan, ta‘lim-tarbiyaning
o‘zigagina boglik bo‘lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun‘iy va aynan bir xil
ta‘lim-tarbiya sistemasini tashqil qilib,har tomondan bab-baravar taraqqiyetgan va
deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega shaxslarni etishtirib chiqarar edik.
Vaxolanki, bunday bo‘lishi mumkin emas. SHuni aytib o‘tish kerakki, bola
shaxsining tarkib topishiga ta‘lim-
tarbiyaning ta‘siri deganda, albatta, birinchi navbatda tarbiya
muassasalarida, ya‘ni bog`gha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan
ta‘lim-tarbiya tushuniladi. Biroq, bundan oilada bolaga beriladigan ta‘lim-tarbiya
mutlaqo mustasno emas. Oiladagi umumiy ijtimoiy muxitdan tashqari, oilada
beriladigan ta‘lim-tarbiyaningham roli kattadir. Bola tarbiyasi bilan sistemali
shugullanadigan va umuman shugullanmaydigan oilalarga misollar keltirish
mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilgan ikkita omildan tashqari uchinchi omilham
mavjudki - bu nasliy xususiyatlardir. Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga
nasliy yo‘l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan, tana
tuzilishi, sochi va ko‘zlarining gapgi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim xarakatlari
tug‘ma berilishi mumkin. Pekin shuni xech kachon esdan chiqarmaslik kerakki,
136
odamga xech vakt uning psixik xususiyatlari, ya‘ni uning aqliy tomonlari bilan
boglik bo‘lgan sifatlari nasliy yo‘l bilan, ya‘ni tug‘ma ravishda berilmaydi.
Nixoyatda nodir xollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematik
qobiliyatlar nasliy yo‘l bilan berilishi mumkin.
Odamning ruxiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi
xaqida gapirar ekanmiz, yana bir muhimnarsa ustida tuxtab o‘tish kerak.
Hozirgikunda tez-tez akseleratsiya terminini ishlatayapmiz. Xush akseleratsiya bu
nima? Akseleratsiya - «tezlatish» degan ma‘noni anglatadi. Hozirgi kunda
bolalarniham jismoniy,ham ruxiy jihatdan juda jadallik bilan rivojlanayotganlik-
larining guvoxi bo‘lib to‘ribmiz. Xush, buning sababi nima bo‘lishi mumkin?
Albatta, bunga turli fikrlar bor. Ayrim olimlar akseleratsiyaning sababini ilmiy-
texnika taraqqiyoti bilan boglab tushuntirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha,
ilmiy- texnikaning juda jadal temp bilan rivojlanishi insoniyatning oldiga mislsiz
ko‘p axborotlarni idrok qilish va fikrda qayta ishlash talablarini qo‘yadi. Bu talab
o‘z navbatida insonnihartomonlama, ya‘niham jismoniy,ham psixik jihatdan tez
rivojlanishiga olib keldi. Yuqoridaaytib o‘tilgan olimlarning fikricha, akseleratsiya -
bu XX asrning ikkinchi yarmiga xos bo‘lgan xodisadir.
Tarbiyali bo‘lish - bu xulq-atvorini nazorat qilishdan iboratdir. Bunday
nazorat insonga yomon xatti-xarakatlarni bajarmaslik imqoniyatini beradi. Agar
shaxs xulq-atvorini axloqiyligi xaqida qayg‘ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan
bo‘ladi.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvni o‘rganish jarayoni sifatida qaraladigan
yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi. Bola o‘zini egotsentrik emas,
balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday ragbatlantirilishi kerak?
Tarbiya o‘z moxiyatiga ko‘ra ijtimoiy jihatdan ijobiy extiyojlarni hosil qilishidir.
Agar ta‘lim shaxsning ongini shakllantirish bo‘lsa, tarbiya uning ongsizlik soxasiga
ta‘sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga xissiy yaqinlik xos. Odatda 6
oylik bolalar unga gamxo‘rlik qiladigan ota-onasiga boglanib qoladilar. Ota-
onaning oldida, ular bilan mulokotda bo‘lish bolalarga juda yokadi, ularning
yo‘lligi bolaga yoqmaydi. Ota-onaning gamxo‘rligini bildiradigan so‘zlar, xatti-
xarakatlar bola uchun juda katta ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy
ahamiyatga ega bo‘ladi. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu
o‘rganish jarayoni sodir bo‘lishi mumkin: xulq- atvorning istalgan shakllari
gamxo‘rlik va e‘tibor bilan taqdirlanadikutilmaganshakllari esa qullab-
quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorni ragbatlantirish va yomon xulq-atvor
uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvning kichikbir qismidir. Biz ko‘rib chiqqan
xulq-atvorhamma bolalargaham taalluqli emas
Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an‘ana va urf-odatlarning
roli katta. Xalq urf-odatlari, an‘analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga
egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, dustlik-birodarlik xis-tuygularini
rivojlantiradi. Bo‘lar o‘z navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini utaydi.
Tarbiya jarayonida gamxo‘rlikning funksiya si kattadir. Bolalar befarq ota-
onalarga nisbatan gamxo‘r ota-onaga ko‘proq taqlid qiladilar. Gamxo‘r ota-onalar
bolaning salbiy xulq- atvorini qullab-quvvatlamaganda, bola o‘z xatti-
xarakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
137
Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda gamxo‘rlik bilan bir qatorda yaxshi
ko‘rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy
mulokotni, tushuntirishni, •muxokama qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni
talab kilsa, ogzaki tanbex berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda
tutadi.
Bola shaxsi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini uning ilk
davrlardagi rivojlanishini aniqlamasdan to‘rib tushunish kiyin. Axloqiy rivojlanish
ilk bor shaxsning umumiy xususiyatlari va xislatlari shakli da shakllanishi xaqidagi
goyalar ilk bor X.Xartshorn va M.Meylar tomonidan ilgari so‘rilgan bo‘lib, ularning
fikricha, axloqiy xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi va faoliyatga undovchi
fenomenlar aniqlanmaguncha axloqiy rivojlanishni o‘rganib bo‘lmaydi.
X.Xartshorn va M.Meylar olib borgan tadqiqotlarinng asosiy maqsadi axloq
normalariga rioya qilishda bola shaxsining umumlashgan xislatlarini shakllantirish
muhimro‘lo‘ynaydimi Yokixususiy axloqiy odatlar axamiyatlirokmi, degan savolga
javob topish bo‘lib, tadqiqotlardan shu narsa aniqlanadiki, axloqiy normalarni bola
ongiga singdirilishida xususiy odatlarni yo‘zaga keltirish va o‘ziga xos ta‘lim
nazariyasiga asoslanish ustunligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
o‘quvchilar tomonidan ba‘zi bir axloqiy tushunchalar va tasavvurlarning
o‘zlashtirilishi va ularning bola shaxsiga bo‘lgan ta‘sirini psixologik nuktai
nazardan o‘rgangan V.A.Krutetskiy o‘z tadqiqotida 10 ta asosiy tushunchani tanlab
oladi. Bo‘lar: qat‘iylik, sezgirlik, faxrlanish, xakguylik, mardlik, bir so‘zlilik,
kamsukumlik, ko‘rkmaslik, faxrlanish, burch kabilardir. Olim utkazgan
tadqiqotidan shunday xulosaga keladiki, o‘quvchilar ushbu tushunchalarni
mukammal tushunishlari va xayotga tadbiq etishlari uchun:
-
o‘quvchilar faolligini oshirish;
-
ularda emotsional ko‘zg‘a lishni vujudga keltirish;
-
hayotiy faoliyatdan keng foydalanish;
-
bir-biriga qarama-qarshi tushunchalarni chukur taxlil qilish zarur
ekan.
o‘quvchilarda o‘z-o‘zini anglashda shaxs axloqiy xislarining ba‘zi bir
jihatlari masalari P.I.Razmislov, jamoa oldida burchni rivojlantirish xususiyatlari
A.L.SHnirman, burch xissini tushunish muammolari A.S.Alyakrinskaya, axloqiy
jihatdan o‘zini aniqlash muammolari V.I.SHardakovlar tomonidan o‘rganilgan.
Bolalik va maktab yoshida shaxs tarbiyaning xal qiluvchi ta‘siri ostida
tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan dasturning, anglab olingan
maqsadning mavjudligi bilan ta‘sir ko‘rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va
asoslab berilgan vositalari, shakllarihamda metodlarining tasodifiy Yokistixiyali
ta‘sirlaridan ajralib bo‘ladi. Ma‘lumki, tarbiyaning eng muhimvazifasi yosh avlodda
mustaxkam e‘tiqod va xis- tuygularhamda ularga asoslangan ma‘naviy xulq- atvorni
hosil qilishdir. Bu vazifani shaxsni faol va muayyan maqsadni ko‘zlagan
xolda,Shuningdek bolaning individual xususiyatlarini xisobga olgan taqdirdagina
xal etish mumkin.
Mashhur olim Gerbart tarbiya maqsadini belgilab olishga katta axamiyat
bergan. U tarbiyaning maqsad va vazifalarini yaxshi fazilatli kishini tarkib
toptirishdan iborat, deb xisoblaydi. Gerbart tarbiya ishida aqliy ta‘limga tarbiyaning
eng katta va asosiy vositasi deb bilib, ta‘limsiz tarbiya bo‘lmaydi deb xisoblagan.
138
Tarbiya o‘zluksiz ravishda ta‘lim bilan birgalikda avvalo oilada,
keyinchalik ta‘lim- tarbiya muassasalarida berib boriladi. SHaxsning karor topishini
eng muhimvazifasi o‘quvchida axloq talablariga javob beradigan e‘tiqod va
ideallarni tarkib toptirishdir. o‘quvchi shaxsining shaklla- nishidagi jarayonda
yo‘zaga kelgan axloqiy e‘tiqod va ideallar sistemasi, ya‘ni uning ma‘naviy ongi
xukmronlik qiluvchi, uning ijtimoiy faolligini belgilab beruvchi omilga aylanadi.
SHaxsning ijobiy yo‘nalishini tarkib toptirish uchun maktab o‘quvchilarini
barcha vaziyat va xolatlarda to‘g‘ri yo‘l tutishini istashihamda to‘g‘ri yo‘ldan
borishi uchun uning nima qilishini bilishi, o‘ziham to‘g‘ri xulq-atvorli bo‘lishni
mashqqilishi zarur.
O‘quvchilarning ongiga singdirilgan qoidalarni yaxshilab asoslab berilishi,
isbotlangan bo‘lishi muhimahamiyatga ega. Bu hamma narsani tushinib olishga va
buning asoslanganligiga ishonch hosil qilishga, oqilona isbotlarga rozi bo‘lishga
qodir bo‘lgan o‘smirlar va katta yoshdagi o‘quvchilar uchun judamuhimdir.
O‘quvchilarda maksimal faollikni yo‘zaga keltirish Yokijonli ravishda fikr
almashish istagini uygotish, ularning fikrini avj oldirish va o‘zlarini axloq
masalalari ustida uylab ko‘rishga majbur qilish zarur. o‘quvchilarga tayyor
haqiqatni zo‘rlab qabul qildirish yaramaydi, axloq normalari xaqidagi xulosalarni
chiqartirish ularning faol ishtirokida amalga oshirilishi lozim. Buning uchun suxbat
jarayonida muxokamaga qo‘yilishi kerak bo‘lgan masalalarni oldindan tayyorlab
qo‘yish tavsiya etiladi.
O‘quvchilarda chuqur va ta‘sirchan emotsiyalarni uygotishga intilish
lozim. Bunda o‘qituvchi suxbatni befarq, shavk va zavksiz emas, balki emotsional
tarzda jonli qilib o‘tkazilgandagina erishish mumkin.O‘qituvchi o‘zining extirosli
e‘tiqodi o‘quvchilarga o‘tishini unutmaslik darkor.
Yuqoridaaytilgan fikrlardan o‘qituvchilar va ota onalar o‘zlarigahamda o‘z
xulq-atvorlariga nisbatan juda qattiq talablar qo‘yishi, unlab bolalarning sinovchan
ko‘zlari, ularning ko‘zatib to‘rganliklarini x,ech qachon unutmasliklari kerak.
Qonfutsiy: ―Eskini o‘zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina
tarbiyachi bo‘la oladi‖ - degan edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun
mamlakat miqyosida ta‘lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-xunarga o‘rgatish soxalarini
islox; qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya
jarayonidaham qator o‘zgarishlar amalga oshirilmokda. SHuni ta‘kidlash lozimki,
ma‘rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An‘anaviy sharqona qarashga ko‘ra,
ma‘rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma‘naviyat va go‘zal
axloq deganihamdir.
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, Shuningdek, milliy
mustaqillik va uning ne‘matlari, respublikamiz fukarolarida tub o‘zgarishlarni
vujudga keltirmovda. Milliy tuygu, kiyofa,harakter, ta‘b, qo‘y, rake, ma‘naviyat,
qadriyathamda ruxiyat ta‘siri ostida o‘zining tub moxiyatini aks ettira boshladi.
O‘tmishning boy merosi, uning an‘analari milliy istiqlol tufayli o‘z egalariga
qaytarib berildi. Fukarolarning ijtimoiy ongi asta-sekin o‘zgarib borishi natijasida
etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi, milliy, umumbashariylik xislatlari
o‘rtasida adolatlilik, teng huquqlilik aloqalari o‘rnatilmoqda.
XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik darajasini ortishida
dinning, xususan «Xadis» ilmining axamiyati kattadir. SHaxslararo munosabatda
139
tenglik, gamxo‘rlik, samimiylik, o‘zaro yordam, simpatiya, antipatiya,hamdardlik,
sevgi-muxabbat singari milliy xususiyatlarni tarkib toptirishda xadislarning roli
yanada ortadi.
O‘zbek oilasida tarbiya moxiyati, mazmuni tarbiyaning kundalik rejasi,
bolalarga ta‘sir utkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish o‘ziga xos
xususiyatga ega, Chunki uning asosida xalq an‘analari yotadi.
YOsh avlod tarbiyasida milliy ruxiyat, umuminsoniy, xalqchil milliy
qadriyatlar, urf-odatlar, an‘analar etakchi o‘rin tutmogi lozim (tarbiyada
etnopsixologik va etnopedagogik munosabat). Bo‘lar orqali yoshlarda qo‘yidagi
fazilatlarni tarbiyalash lozim:
a)
yoshlarda vatanparvarlik xis-tuygularini shakllantirish;
b)
xayrixoxlik, odamlarga xo‘rmat, mexr-shafkat;
c)
kattalarni xo‘rmat qilish, e‘zozlash;
d)
muloyimlik;
e)
ishbilarmonlik, mokirlik. ishchanlik, iktisodiy
f)
kichikyoshdan mehnatsevarlik;
g)
jismoniy baquvvatlik;
a)
j) axloq-odoblilik;
b)
z) oilaparvarlik;
c)
ayollarga xo‘rmat;
d)
y) o‘zaro g‘amkorlikka intiluvchanlik.
Ma‘lumki, yoshlarning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi bilan oila, maxdlla,
ta‘lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, huquqni muxofaza qiluvchi
tashqilotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar shugullanadilar. Tarbiya jarayonida barcha
ishtirokchilarning baxamjihatlik bilan olib boradigan ishlarigina, o‘zining ijobiy
natijalarini berishi mumkin.
Z.Utsuv jamoasining o‘quvchiga tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish
imqoniyati
SHaxsning shakllanishida ijtimoiy muxitham muhimo‘rin egallaydi.Bolalar
va kattalar mulokotihamdahamkorligini tadkik qilgan D.B.Elьqonin, M.I.Lisina,
Shuningdek, V.A.Suxomlinskiy kabi mashhur psixologlar va pedagoglar faoliyati
shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchining shaxs sifatida kamol topishi, axloqiy rivojlanishi,
O‘quvfaoliyatini ijodiy egallashda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi
mahsuldorhamkorlik muhim o‘rin tutishi isbot qilingan.
V.YA.Lyaudis va uning shogirdlarihamkorlikdagi maxsuldor faoliyat
tarkibini sharxlashga alohida e‘tibor beradilar. Uning maqsadi-o‘qishda
o‘zlashtiriladigan predmetli faoliyatninghamda birgalikdagi xarakat aktlarining,
munosabatlari va mulokotning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlarini ko‘rish
hisoblanadi. Hamkorlikdagi faoliyat predmeti o‘qish faoliyatining anglangan va
umumlashgan usullari va birgalikdagi faoliyatning o‘zaro ta‘siri va mulokot
normalaridir.
Yirik psixolog B.FLomov umumiy psixologiyada qabul qilingan faoliyatni
taxlil qilish sxemasini ko‘rib chiqib, ushbu faoliyatni bajaruvchi individning
boshqaindividlar bilanhamkorligi o‘zaro ta‘sirini alox,ida ta‘kidlab utadi. Muallif
psixologiyada o‘zaro ta‘sir faqat ijobiy xollardagina nazarda tutilishi, lekin uning
sxemasi ochib berilmaganligini uqtiradi Uning fikricha, individual faoliyatni taxlil
140
qilgan tadqiqotchilar faoliyat sub‘ektining boshqa odamlar bilan aloqasini
mavxumlashtirganlar. Biroq bu mavxumlashtirish qanchalik muhim bo‘lishidan
qat‘iy nazar o‘rganilayotgan xodisalarni bir tomonlama ochish imqoniyati
to‘g‘risidagi fikrlar B.F.Lomov tomonidan asoslab ko‘rsatilgan.
Yuksak g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan, umumiy maqsad, harakatlarning
bir-biriga mosligi va uyushqoqligi bilan bir butun, nikoyatda hamjihat,
Sog‘lomhamda muayyan maqsadni ko‘zlovchi jamoani uyushtirish orqali
tarbiyalash - yoshlarga tarbiya berishning asosiy tamoyillaridan biridir. Bunday
yoshlar jamoasi tarbiyachining tayanch yordamchisi, tarbiyaviy ta‘sirning kudratli
ro‘lidir.
Jamoa va yoshlarning bir-biriga boglikligi goyat darajada cheksizdir.
Chunki odam shaxs sifatida tug‘ilmaydi, u individ sifatida dunyoga keladi. Odamlar
ya‘ni ota-onalar, atrofdagi kishilar bilan bo‘lgan mulokotda, o‘zaro munosabatlarda
shaxsga aylanadi. Bu narsa yasli yoshidagi bolalar orasida o‘tkazilgan ilmiy
tadqiqotlar asosida isbotlangan. Agar katta yoshdagi odamlar bola bilan
munosabatda bo‘lmasalar, bola bilan ―gaplashmasalar‖ va o‘ynamasalar, u aqliy va
xissiy taraqqiyot jihatdan keskin suratda orqada qolib ketadi.
Shaxs ong egasi bo‘lgan odamdir, ong esa faqat tabiiy hodisalar
olaminigina aks ettirib qolmay, balki u insoniyat tajribasi asosida tuplangan narsalar
bilan munosabatda bo‘ladigan ijtimoiy ong maxsulotlariniham aks ettiradi. Bola
uyinda adabiy qahramonlarga taqlid qilishga intilishi, munozaralarda katnashishi -
bo‘larninghammasi maktab o‘quvchisi shaxsini faolligining namoyon bo‘lishidir.
Bola shaxsini tarkib topishi jamoada amalga oshadi. Bundan bola avvalo
o‘zi xaqida uchinchi shaxs tilidan gapiradi. Masalan: ―Akidani uynagisi kelyapti‖.
Undan, ya‘ni yoshlar o‘z tengqurlari jamoasini o‘zini ko‘zguda ko‘rgandek bo‘ladi.
O‘zining yaxshi va yomon xislatlarini va jamoadoshlarning yaxshi va yomon
sifatlarini bilib olish bilan birga ularga va har qanday xislatlarga ijobiy yoki salbiy
munosabatni aks ettiradilar.
Yoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari turlicha bo‘lishi sababli
jamoaningham tashqil topishi va uning faoliyati unga boglikdir. Chunki jamoaning
yo‘nalishi faqat jamoada tarkib topadi. Shuning uchun jamoa o‘zaro munosabatlar
va jamoa faoliyat tajribasi shunchaki qat‘iylikni emas, balki jamoa qat‘iyligini,
shunchaki kamtarlikni emas, balki jamoa kamtarligini tarkib toptiradi. Jamoa
tarbiyaviy ta‘sirining asosiy tomoni shundaki, u tarbiya sub‘ekti sifatida namoyon
bo‘ladi.
Yoshlar jamoasining asosiy vazifasi - jamoa ijtimoiy foydali faoliyatini
ijtimoiy hayot va ijtimoiy axloq tajribasini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Chunki,
buning asosida shaxsda yuksak ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga
intilish xissi tarbiyalanadi, komil insonning xislatlari hosil bo‘ladi.
O‘smirlar, ayniqsa, katta maktab yoshidagi o‘quvchilarning jamoasiga
nisbatan bachkanalik va xiralik bilan vasiylik qilish yaramaydi. Ularga ancha yetuk
va tajribali kishilar tomonidan ko‘rsatilgan yordam, beriladigan maslaxat zarurdir,
xatto katta maktab yoshidagi o‘quvchilargaham katta yoshdagi dust va maslaxatchi,
mexribon, g‘oyaviy jihatdan chiniqqan murabbiy lozim.
Murabbiy rahbar jamoaning ahil, juda inoq jipslashgan bo‘lishiga,
Shuningdek uning g‘oyaviy yo‘nalishiga, jamoada Sog‘lom fikr, tanqid va o‘z-
141
o‘zini tanqid, jamoaning har bir a‘zosiga nisbatan yuksak talabchanlikka ega
bo‘lgan jamoa bo‘lishiga erishishi lozim. Agar jamoa oldiga ijtimoiy foydali va
ayni vaqtda qiziqarli maqsad qo‘yiladigan bo‘lsa, ularda ijobiy sifatlar tarkib
topishi mumkin. Qiziqarli maqsad qo‘yish juda muhimdir, Chunki o‘smirlar va
ayniqsa kichik maktab yoshidagi bolalar bu maqsad ijtimoiy ahamiyatga ega
bo‘lganligi uchungina unga hamisha ham qiziqavermaydilar. Tarbiyachining
vazifasi va undan kelib chiqadigan mahorati biror vazifani o‘quvchilarga ularni
qiziqtiradigan qilib qo‘ya olishida, uning ijtimoiy fikri faqat tushunarli bo‘libgina
qolmasdan, balki yaqin, qadrli, nimasi bilandir shaxsiy qilib tushuntira olishda ham
ko‘rinadi.
O‘quvchi yoshlarning asosiy faoliyati - ularning o‘qishi va o‘quvishlaridir
keyin bolani o‘z-o‘zini anglashining sodda shakli sifatida o‘z xarakter xislatlarini
anglash yo‘zaga keladi. Lekin faqat yoshlar jamoasining boshqa a‘zolari bilan
bo‘ladigan munosabatdagina bolaning o‘z-o‘zini anglashi jamoada o‘z rolini
anglash darajasigacha ko‘tariladi. Boshqalar uni ―yaxshi‖ Yoki―yomon‖ deb baxo
berishlarini tushungandan keyingina bola o‘z-o‘ziga baxo berishni o‘rganadi. Mana
shunday yo‘l bilan taqlid qilish yo‘zaga keladi. Avval qisqa muddatli, ba‘zan
tasodifiy jarayon sifatida, undan so‘ng esa jamoaning yetarli darajada faol ta‘sir
ko‘rsatishi tufayli shaxsning xislati sifatida o‘z-o‘zini tanqid qilish xislati yo‘zaga
keladi. Shuninguchun tarbiyaning muvaffaqiyatli shartlaridan biri - shaxsni
―jamoada va jamoa orqali tarkib toptirishdir‖.
O‘smir o‘z tengqurlari, jamoa va faoliyatida faol ishtirok etib, jamoa
manfaatlarini ko‘zlab yashashiga hamda o‘z xatti-xarakatlarini ana shu jamoaga
bo‘ysindirishga o‘rganadi. o‘quvchi faqat jamoada va jamoa ta‘siri ostida jamoa
o‘zaro birdamlik munosabatlar tajribasini, ijtimoiy yo‘nalishni taraqqiy ettirish,
shaxs va jamiyat o‘rtasidagi to‘g‘ri munosabatlar tajribasini egallaydi. Jamoadan
tashqarida bunday sifatlarni umuman tarbiyalab bo‘lmaydi. Shuningdek, tengqurlar
jamoasi shaxsning barcha ijobiy sifatlarini (kamtarlik, vijdoniylik, qat‘iylik, o‘z-
o‘zini tuta bilish va x.k.) tarkib toptirish va taraqqiyettirishga ta‘sir ko‘rsatadi.
Jamoa yalkovlik, xudbinlik, ichi koralik, ko‘rkoklik, o‘z-o‘zini tuta bilmaslik, ikki
yo‘zlamachilikni fosh qilib tashlaydi. Muvaffakiyatsizlikdan gangib kolmaslikka
kumaklashadi, o‘zini yo‘lotib qo‘yish, tushkunlik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni
yo‘lotishga yo‘l qo‘ymaydi, ya‘ni yoshlar o‘z tengqurlari jamoasini o‘zini ko‘zguda
ko‘rgandek bo‘ladi. O‘zining yaxshi va yomon xislatlarini va jamoadoshlarning
yaxshi va yomon sifatlarini bilib olish bilan birga ularga va har qanday xislatlarga
ijobiy yoki salbiy munosabatni aks ettiradilar.
Yoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari turlicha bo‘lishi sababli
jamoaningham tashqil topishi va uning faoliyati unga boglikdir. Chunki jamoaning
yo‘nalishi faqat jamoada tarkib topadi. Shuning uchun jamoa o‘zaro munosabatlar
va jamoa faoliyat tajribasi shunchaki qat‘iylikni emas, balki jamoa qat‘iyligini,
shunchaki kamtarlikni emas, balki jamoa kamtarligini tarkib toptiradi. Jamoa
tarbiyaviy ta‘sirining asosiy tomoni shundaki, u tarbiya sub‘ekti sifatida namoyon
bo‘ladi.
Yoshlar jamoasining asosiy vazifasi - jamoa ijtimoiy foydali faoliyatini
ijtimoiy hayot va ijtimoiy axloq tajribasini yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Chunki,
142
buning asosida shaxsda yuksak ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga
intilish xissi tarbiyalanadi, komil insonning xislatlari hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |