IV-sinf fizika kursidagi “ Jismlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar” bo‟limini ilmiy-metodik tahlili va o‟qitish
metodikasi.
Fizika fani VI sinfdan boshlab o`qitila boshlandi. Davlat ta‘lim standartiga asosan VI sinf fizika kursida tabiatda uchraydigan fizik hodisalar haqida boshlang`ich ma‘lumotlar berish kuzda tutilgan.
VI sinfda fizika faniga haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat vaqt ajratilgan hamda quyidagi bo`limlarni o`rganish kuzda tutilgan:
Modda tuzilishi haqida dastlabki ma‘lumotlar.
Mexanik xodisalar
Jasmlarning muvozanati. Oddiy mexanizmlar
Issiklik xodisalari
Yorug`lik xodisalari
Tovush xodisalari
1960 yillarda esa 6-sinfda fizika kursida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Eng oddiy o`lchashlar (ruletka, tarozi toshlari, zichlik, yuzani o`lchash).
Qattaq jismlarning ba‘zi xossalari (kuch, dinamometr, bosim).
Suyuqlik va gazlar (suyuqlikning idish tubiga bulgan bosimi, manometr, barometr, tutash idishlar. Atmosfera bosimi, Arximed kuchi, suv osti kemasi, xavoda uchish, stranostatlar).
Ish va energiya ish, quvvat, bloklar, polistpastlar, richag, chig`iriq, qiya tekislik, foydali ish koeffisiyent», energiya, abadiy dvigatellar.
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan kurinib turibdiki, 6-sinf fizika darsida : o`rganilgan materiallar bir-biridan tubdan farq qilgan. ―Tovush hodisalari", "Yorug`lik hodisalari‖ nomli boblar umuman o`rganilmagan.
Shuni ta‘kidlab o`tish lozimki, VI sinf o`quvchilari fizika kursini birinchi yil o`qimoqdalar. VI sinf o`quvchilari fizikaga oid boshlang`ich bilimlarini tabiatshunoslik, geografiya, botanika kabi fanlarda olgan bo`ladilar. Shularni e‘tiborga olsak, ularda xodisalarni kuzatish, u xodisalarni modda tuzilishi nazariyasi asosida taxlil qilib tushuntirishda ma‘lum kunikma va malaka xosil bulgan.
VI sinfda fizikadan o`quv materiallarini o`rganish vaqtida ko`pgina fizik hodisalarning sababini tushuntirishda moddaning molekulyar tuzilishi bilan birga energetik faktorlardan keng foydalanishga to`g`ri keladi.
VI sinfda issiqlik xodisalarini o`rganishda energetik tushunchalar molekulyar jismlar bilan chambarchas bog`lab olib boriladi.
Bu xol fizika kursiga jismning ichki energiyasi xaqida ancha murakkab tushunchalarni kiritishga sabab bo`ladi. Issiqlik xodisalariga oid butun ta‘limot jismning ichki energigsi haqidaga tushuncha bilan chambarchas bog`langan. Bunday tushunchalarni fizikaning elektr bo`limini o`rganishda ham uchratamiz. Shuni ta‘kidlab o`tish lozimki, VI sinfda fizikani o`rganishga 68 soat vaqt ajratilgan bo`lib, soatlar taqsimoti quyidagicha, ya‘ni:
1- jadval
Kirish
|
4
|
Modda tuzilishi
|
7
|
Mexanik xodisalar
|
19
|
Oddiy mexanizmlar
|
6
|
Yorug`lik xodisalari
|
12
|
Issiqlik hodisalari
|
11
|
Tovush hodisalari
|
6
|
Ekskursiya
|
2
|
Takrorlash
|
1
|
Jami:
|
68
|
Birinchi bosqich fizika kursida molekulyar-kinetik va elektron nazariya elementlarini kiritilishi issiqlik hamda elektr xodisalarining sababini tushuntirishda keng foydalanilishini, fizika kursini xozirgi zamon talablariga yaqinlashtirishga imkon berishini ta‘kidlash lozim Shuningdek, 6-9 sinf fizika darslari eksperimentga asoslangan bo`lishi kerak.
“Jismlar muvozanati. Oddiy mexanizmlar” 6-sinfda o`qitiladigan mavzular bo`lib, bunda oddiy mexanizmlarga ta‘rif beriladi, uning xillari hamda ulardan foydalanish haqida to`xtalib o`tiladi.
Bu bo`limda o`quvchilarga beriladngan asosiy tushunchalar bulmish massa markazi, muvozanat turlari, oddiy mexanizmlar, ularning turlari, kuchlar muvozanati, ularning texnikada va turmushda qo`llanilishi, ishlarning tengligi, mexanikaning ―Oltin qoidasi‖, mexanizmlarning foydali ish koeffisiyent»i haqida tuxtalib o`tishga to`g`ri keladi (Bu to‘rida I bibda batafsil to‘xtaldik).
“Jismlar muvozanati. Oddiy mexanizmlar" bulimini utishga 8 soat vaqt ajratilgan bo`lib, taxminan quyidagicha soatlarga taqsimlash mumkin:
soat. Oddiy mexanizmlar Richag. Richagda kuchlar muvozanati
soat. Richaglarning texnikada va turmushda qo`llanilishi.
Tarozi yasashda richagning qo`llanilishi
soat.Richagning muvozanat qonunlarining blokda qo`llanilishi 4-soat. Oddiy mexanizmlar ko`llanil ganda ishlarning tenglish.
Mexanikaning ―Oltin qoidasi"
soat. Laboratoriya ishi Richagga quyilgan kuchlar ta‘sirida uning muvozanatda bo`lish sharti.
soat. Mexanizmning foydali ish koeffisiyenti.
soat. Laboratoriya ishi. Jismning qiya tekislik bo`ylab ko`tarishdagi FIK ni aniqlash.
soat. Masalalar yechish.
soat darsda oddiy va murakkab mashinalar haqida tuxtalib utishga to`g`ri keladi. Buning uchun quyidagi hikoyadan boshlasak yaxshi bo`ladi
Samolyot uchishga tayyorlanmoqda. U uchadigan joyda turibdi, unga har xil yo`qlar ortilmoqda. Samolet murakkab mashina, u odamlarni, qimmatbaho yo`qlarni olis manzilga eson-omon yetkazish uchun dengizlar, tog`lar, shaharlar o`sha bir necha ming kilometr yo`l bosishi kerak. Ana shu murakkab mashina hammaga ma‘lum bo`lgan oddiy mashinalardan tuzilgan, yo`q ortiladigan tuyno`q qalpog`i ochilib pastga tushirilsa, qiya tekislikka aylanadi. Bu qiya tekislikdan foydalanib, samoletga yo`q ortganda yo`q og`irligidan ancha kam kuch ta‘sir qilish kerak. Qiya tekislik inson qadimdan ishlatib kelayotgan eng oddiy mashinalardan biridir.
Dostları ilə paylaş: |