O`zbekiston respublikasi xalq ta limi vazirligi navoiy davlat pe
Tadqiqot ishi natijasida biz quyidagi xulosalarga keldik:
Inson shaxsining yaxlit va har tomonlama rivojlanishi uning atrof-olamga, jamiyatga munosabati, tafakkurini rivojlantirishga yordam berishimiz shart.
O‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish tizimli, maqsadga muvofiq, yangicha yondashuv asosia samarali natijalarga erishish mumkin.
O‘quvchilarida tafakkurni rivojlantirishda ta‘limni insonparvarlashtirish, hamda differensial yondashuv, ta‘lim jarayonini texnologiyalashtirish va o‘z- o‘zini anglash, ta‘limda tarixiy tajribalardan foydalanish kabilar muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktablarda o‘quvchilarni tafakkurini rivojlantirish o‘ziga xos psixologik- pedagogik xususiyatga ega bo‘lib, bular o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq holda muammoli vaziyatlar yaratish, mashg‘ulotlarga maqsadli yondashuv, o‘quvchilarning qobiliyati, qiziqishi, xohish va istaklarini hisobga olish, ahloqiy-estetik hissiyotini tarbiyalash, bilimlar tizimini, malaka va ko‘nikmalarini faoliyatning turli shakl va metodlarini egallab olishga yo‘naltiriladi.
Umumta‘lim maktablarida ta‘limni davlat ta‘lim standartlariga asosan o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablarga asoslangan holda tafakkurini rivojlantirishda dastur, darslik va o‘quv qo‘llanmalarida katta va boy imkoniyatlar mavjud. Lekin ana shu imkoniyatlardan foydalanish o‘qituvchining ta‘limning dialektik bilish nazariyasi, faoliyatning psixologik jihatlari, pedagogika va psixologiyaning so‘nggi yutuqlariga tayangan holda ta‘limni tashkil qilishga yo‘llaydi hamda o‘quvchi-yoshlarning his-tuyg‘usi, kechinmalarining yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratiladi.
Mazkur shart-sharoitlarda o‘qituvchilarni tafakkuri faoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlash, o‘qituvchi va o‘quvchilar
munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirish, bilishga doir innovatsion texnologiyalardan foydalanish kabilar nazarda tutiladi.
O‘quvchilarni tafakkurini o‘stirish ta‘limning uch turi orqali shaxsning ijodiy faoliyati, bilishga doir faoliyati, tashkiliy faoliyat kabi sifatlarning shakllanishi asosida rivojlanadi va bular ta‘limning noan‘anaviy shakl va metodlari vositasida samarali natijalarga olib keladi.
Tadqiqotdan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi o‘quvchilarni individual xususiyatini hisobga olish, ta‘limda o‘quvchilarni o‘ylashga, fikr yuritishga yo‘llash, ularning shaxslik xislatlarini shakllantirish, o‘quvchilar qobiliyatini tashxislash va uni rivojlantirishda pedagogik vaziyatlar yaratish, interfaol metodlardan foydalanish asosida namoyon bo‘ldi.
Yuqoridagi xulosalar asosida quyidagi tavsiyalarnitaqdim etmoqchimiz:
-umuta‘lim maktablarida o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishda ta‘limni shaxsga yo‘naltirilgan holda tashkil etish;
Maktab yoshidagi o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda ta‘limga tizimli, texnologik yondashuv va o‘quvchilarning yoshi, psixologik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish;
Umumta‘lim maktablarida o‘quvchilarning yoshi va qiziqishilarini hisobga olgan holda hamda ta‘lim jarayonini yangilash zarurati bilan barcha fizika fan o‘qituvchilarining tez –tez malakasini oshirib turish.
Yuqoridagi aytib o‘tilgan tavsiyalarga amal qilgan holda o‘quvchilarga bilim berilsa, mamlakatimizni gullab yashnashi hamda fizika sohasida katta yutuqlarga erishishimiz mumkin.