O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


Tatqiqot  tuzilishi  va  hajmi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#43023
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi а. Qodiriy nomli

Tatqiqot  tuzilishi  va  hajmi:  Kirish,  ikki  bob,  umumiy  xulosa, 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati hamda ilova materiallaridan iborat. 



 

 

 

 

 


 



I-BOB. 



TAYYORLOV 

GURUHI 

BOLALARINI 

MAKTAB 

TA’LIMIGA  TAYYORLASHNING  ILMIY-PEDAGOGIK 

ASOSLARI. 

1.1§   Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashda Sharq 

va G’arb allomalarining qarashlari. 

Insonni  har  tomonlama  barkamol  qilib  tarbiyalash,  xalqimizning  azaliy 

orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh 

avlodga o’rgatish, ularni komillikka yetaklash yo’llari, qonun qoidalarini muttasil 

izlaganlar.Chunki  insonning  ma’rifatli  va  ma’naviy  komillikka  erishishi 

pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. 

Abdulla  Avloniy  tarbiyaga  alohida  e’tibor  berib:  «Tarbiya  yo  hayot  yo 

momot yo najot yo halokat yo saodat yo falokar masalasidir»

1

- degan edi. 



Bola  tarbiyasi  xususida  sharq  va  g’arb  olimlari,  allomalari  o’zlarining 

fikrlari 

qarashlarini 

bayon 


etib 

ketishgan.1934-yilda 

takomillashtirilgan 

―Tarbiyalash programmasi‖ nashr etildi.Unda bolalar bog’chasida bolalarning ko’p 

qirrali hayotini tashkil etish va uning  mazmuni  masalalariga katta e’tibor  berildi. 

Qur'oni  Karim  va  Hadislarda  ham  ta’lim-tarbiya  jarayoniga  alohida  to’htalib 

o’tilgan. 

Ilm-ulug’  hikmat,  ilm-iymon,  e’tiqod.Demak,  din  asosini  ham  ta’lim  ilm 

tashkil etadi.Beshikdan qabrgacha ilm izla kabi ibratli so’zlar ham hayotiy tajriba 

asosida yuzaga kelgan deb ayta olamiz. 

 Islom  dini,  shariat  va  fiqhiy  masalalarning  ishlanishida  dunyo  tan  olgan 

olimlardan  Imom  al-Buxoriy,  Abu  Mansur  al-Moturudiy,  Burhoniddin 

Marg`inoniy,  Imom  at-Tеrmiziy,  Kaffol  ash-Shoshiy,  az-Zamaxshariy,  Abu  Bakr 

al-Xorazmiy,  Yusuf  Hamadoniy,  sof  diniyyo’nalishda  ta’lim-tarbiya  tizimini  olib 

borishgan  Madrasalaarda  ta’lim-tarbiya  olib  borilgan.  Al-Farobiy,  Ibn  Sino,  al-



 

10 


Bеruniy, Abu Abdulloh al Xorazmiy, Yusuf Xos Xojib, Ismoyil Juzjoniy, Ahmad 

Yassaviy,  Al-Farobiy  kabilar  ma'naviy  va  axloqiy  qarashlar  doirasida  ta’lim-

tarbiya  asoslarini  ilmiy  ishlab  chiqqanlar.  Farobiy  birinchi  bo’lib  ta’lim-tarbiyaga 

ta’rif bergan. Ta’lim - so’z va o’rganish bilan amalga oshiriladi.Tarbiya-amaliyot, 

ish  tajriba  bilan  ya’ni  shu  yo’l  orqali  amalga  oshiriladi.Har  kimki  ilm  hikmatini 

desa, uni byoshligidan boshlasin va ahli ilmdan mol dunyosini ayamasin. 

Beruniy inson kamolotida ilmiy bilimlarni egallash usullari yo’llari haqidagi 

fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir.O’quvchiga bilim berishda u: 

— 

o’quvchini zeriktirmaslik; 



— 

bilim berishda bir xil narsa yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik; 

— 

uzviylik, izchillik; 



— 

yangi mavzularni qiziqarli asosan, ko’rgazmali bayon qilishga e’tibor 

berish kerakligini uqtiradi. 

Beruniyning    komil  insonni  shakllantirishga  oid  bu  fikrlari  o’z  zamonasi 

uchun  emas,  hozirgi  davr  ta’lim-tarbiyasini  rivojlantirishda  ham  muhim 

ahamiyatga egadir. 

Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’qitish zarurligini 

ko’rsatadi va ta’limda quyidagilarga rioya qilish zarurligini ta’kidlaydi. 

 

Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilmaslik; 



 

Ta’limda yengildan og’irga borish orqali bilim berish; 

 

Mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi; 



 

Bilim  berishda  bolalarning  mayl,  qiziqishi  va  qobilyatini  hisobga 

olish; 

 

O’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borishni ta’kidlaydi. 



Ibn  Sino  bola  ta’lim-tarbiyasi  bilan  avvalo  ota-ona  shug’illanishi  kerak 

deydi. 



 

11 


 Amir  Tеmur  va  Tеmuriylar  davrida  ta’lim-tarbiya  masalalari  davlat  va 

hokimiyat  taraqqiyotining  muhim  omillaridan  biri  dеb  baholangan.  Amir  Tеmur, 

Ulug`bеk,  Abdurahmon  Jomiy,  Alishеr  Navoiy,  Jaloliddin  Davoniy,  Sakkokiy, 

Lutfiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Zahiriddin Muhammad Bobir 

kabilarning ilm-ma’rifatni rivojlantirishga qo`shgan xissasi e'tiborga loyiqdir. Shu 

bois,  mazkur  madaniy  va  ma'rifiy  taraqqiyot  davri    ta’li-tarbiya  taraqqiyotining 

ikkinchi bosqich hisoblanadi. 

Tasavvuf  tariqatlari  va  ularda  bag`rikеnglik,  insonga  mеhrli  munosabat 

qoidalari  inson  komilligi  va  tariqatlar  tizimidagi  tarbiya  jarayonining  muhim 

omillaridan  dеb  bеlgilangan.    Naqshbandiya,  qubraviya,  yassaviya,  mavlaviya, 

chеshtiya  va  suxravardiya  tariqatlari  doirasida  ta’lim-tarbiya  g`oyalari  tarannum 

etilgan.  

Mahdumi  A'zam,  Muhammad  Shaybonixon,  Abulg`oziyxon,  Turdi 

Farg`oniy,  So`fi  Olloyor,  Maxtumquli,  Maxmur,  Gulxaniy,  Munis  Xorazmiy, 

Ogahiy, Komil Xorazmiy, Ahmad Donish kabilarning bag`rikеnglik va dunyoviy 

tafakkur  rivojidagi  o`rni  ular  qarashlaridagi  gumanistik  g`oyalar  tizimi  bilan 

bеlgilanadi.  Ma'rifatparvarlik  yo`nalishidagi  ishlangan  bag`rikеnglik  qarashlari 

O`rta  Osiyodagi  islom  madaniyati  tarkibidagi  to`rtinchi  bosqich  mazmunini 

bеlgilab bеradi. 

 Turkiston  madaniy  hayotida  insonsеvarlik  g`oyalarning  rivojlantirilishi 

ta’lim-tarbiya  bilan  uzviy  bog`langan  holda  targ`ib  qidingan.  Muqimiy,  Furqat, 

Zavqiy, Bеhbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Rizouddin 

ibn Fahruddin, Avaz O`tar, Fitrat, Sadriddin Ayniy, X.X. Niyoziy, Abdulla qodiriy 

kabilar ijodida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari o`z zamonasining eng 




 

12 


ilg`or  g`oyalari  tizimidan  mustahkam  o`rin  olgan  edi.  Bu  davr  ta’lim-tarbiya 

ziyosining ilmiy-nazariy ishlanishida  bеshinchi bosqich hisoblanadi. 

Qadimgi  Yunoniston  madaniyat  maktabi  va  dastlabki  pedagogik    fikrlar 

G’arb  olimlarininig  qarashlarida  xususan,  Qadimgi  Yunoniston  va  Gretsiyada 

madaniyat maktabi va dastlabki pedagogik  fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan 

juda  erta  rivojlandi.Gretsiyada  bolalar  7  yoshga  yetguncha  uyda  tarbiyalanar 

edilar.Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan 

taayinlab qo’yilgan tarbiyachilaar rahbarligida maydonchalarda turli o’yinlar bilan 

shug’illanadilar.Afinada  jismoniy,  ma’naviy  jihatdan  etuk  kishini  u  yerda  eng 

ko’rkam  va  barkamol  inson  hisoblashgan.Platon  o’yinlarni  maktabgacha  tarbita 

vositasi  deb  hisoblab,  ularga  katta  ahamiyat  berdi,  shuningdek,  bolalarga  hikoya 

qilib beriladigan materiallarni sinchiklab,tanlash kerakligini aytadi. 

Ya.A.Komenskiy  ham  O’zining    ―Buyuk  didaktika‖    hamda    ―Onalar 

maktabi‖  asari  orqali  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarga  ta’lim-tarbiya 

berish  asoslarini  bolalar  yosh  xususiyatlarini  tabiiylik  prinspiga  amal  qilib 

davrlarga bo’lgan. ‖Onalar maktabi‖ asarida maktabgacha tarbiyaning mukammal 

tizimini  ishlab  chiqish,  hamma  bolalarga  aniq  bilimlar  berishni  talab  etadi  deb 

ta’kidlaydi. 

K.D.Ushinskiy u bolalarning ilk yoshlik chog’idan boshlab xalq madaniyati 

bilimlarini  o’zlashtirilishini  ona  tilini  egallab  olishini,  xalq  og’zaki  ijodi  asarlari 

bilan  tanishishni  talab  qilar  edi.U  o’zining  ―Boshlang’ich  ta’lim  usullari‖  asarini 

yozdi.Unda  ta’limning  bolalar  kuchiga  mosligi  va  izchilligi  hamda  ta’limning 

ko’rsatmaliligi,  ongliligi  va  puxta  o’zlashtirilishiga  e’tiborini  qaratadi.  Har  bir 

davrda ta’lim berish jarayonlari rivojlanib yuksalib boraveradi.  

 



 

13 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin