O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#43023
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi а. Qodiriy nomli

II-BOB. 

TAYYORLOV 

GURUHI 

BOLALARINI 

MAKTAB 

TA’LIMIGA  TAYYORLASHNING  MAZMUNI,  SHAKL, 

METODLARI. 

2.1§  Bolalarni maktabga tayyorgarlik mazmuni. 

Maktabdagi  majburiy  ta'lim  bolaga  ma'lum  talablarni  qo'yadi.  Ma'lumki 

shu  bola  ta'lim-tarbiyaviy  muassasaning  talablarini  baj'ara  oladigan  rivojlanish 

daraj'asiga yetish kerak, faqat shundagi bolani maktabga yozdirish mumkin. 

Maxsus  adabiyotlarda  bolalarning  maktabga  tayyorgarligini  mazmuni  va 

mezonlari  aniq  ko'rsatib  berilgan,  lekin  bolani  maktabga  tayyorlashda  bola 

shaxsini qaysi tomonlari va qanday rivojlantirish kerakligi masalasida ota-onalar 

va  bog'cha  tarbiyachilar  tasavvurlari  turlichadir.  Bola  tarbiyasida  ishtirok  etgan 

kattalar  orasida  o'tkazilgan  so'rovlar  shuni  ko'rsatadiki,  ko'pchilik  ota-onalar 

uchun  bolaning  maktabda  muvaffaqiyatli  o'qishini  asosiy  hal  qiluvchi  shartni 

uning  umumiy  rivojlanishi  tashkil  etadi,  ya'ni  yaxshi  sog'liq,  jismoniy 

chiniqish,  axloqiy  va  ijtimoiy  yetuklik.  Ba'zi  bir  kattalar  (ota-onalar)  faqatgina 

aqliy  rivojlanish  muvaffaqiyatli  maktab  o'qishning  asosiy  omili  deb 

hisoblashadi.  O'z  fikrlarini  uiar  shunday  asoslab  berishadi,  xususan,  birinchi 

sinfda  bolalarga  barcha  o'quv  fanlari  mazmunini  o'zlashtirish  qiyin  bo'ladi  va 

yana  hozirgi  ilmiy-texnikaviy  rivojlanish  insonning  aqliy  qobiliyatiga  juda  katta 

talablar  qo'yadi.  So'ralganlarning  ko'pchiligi  eng,  avvalo,  bolaning  jismoniy  va 

aqliy  rivojlanish  darajasini  ko'paytirish  kerak  deb  hisob lashadi.  Ota-

onalarning kamchiligi bolaning hissiy-axloqiy rivojlanish darajasini nazarda tutib, 

bolaning ijtimoiy rivojlanishiga asosiy kuchni qaratishadi. 

Bolani  maktabga  tayyorlashda  ota-onaning  kuchlari,  asosan,  o'qish 

jarayoni  bilan  bevosita  bog'liq,  malaka  va  ko'nikmalarga  yo'naltiriladi.  Ular 

birinchidan  -  bolani  diqqatini  bir  joyga  jalb  qilishni  o'rganish  kerakligi, 



 

30 


ikkinchidan  uning  bilimlarini  to'ldirib,  xotira,  tafakkur  va  nutqini  rivojlantirish 

kerakligi, uchinchidan  - maktabga bo'lgan qiziqishini o'stirib borish kerakligini 

ta'kidlab  aytishadi.  Ba'zilar  bolalarning  irodaviy  sifatlarini  rag'batlantirish  va 

mustahkamlash  kerak  deb  hisoblashadi,  ular  bolaning  qat'iyatli  va  tirishqoq 

bo'lishiga  harakat  qilishadi  hamda  bolada  intizomni,  harakatchanlikni 

shakllantirish,  ya'ni  uning  butun  xulqini  shakllantirish.  Qo'l  amaliyotini 

rivojlantirish ham alohida bir qism bo'lib kiritilgan. 

Ota-onalarning ko'pchiligi birinchi sinfga borishdan  oldin bolaga o'qish 

va  yozishni  o'rgatish  kerak  emas  deb  hisoblashadi,  chunki  keyinchalik,  bola 

maktabga  borganda  o'qishga  qiziqishni  yo'qotib  qo'yish  mumkin,  darslarda 

be'tibor 

bo'lishi 

mumkin. 

Ularning 

bolaga 

o'qish 


va 

yozishni 

o'rgatmasliklarining yana bir sababi maktab talabalarini  bilmay turib, noto'g'ri 

o'rgatib  qo'yishdan  xafvsirashadi  (qo'rqishadi).  O'qish  va  yozish  bu  faqat 

maktab  faoliyat  turlari  va  ularni  o'rgatish  maxsus  tayyorlangan  o'qituvchilar 

ostida amalga oshish kerak deb hisoblashadi. 

Ota-onalarning  boshqa  bir  guruhi  bolaning  maktabga  borishdan  oldin 

o'qish  va  yozishga  o'rgatishga  intiladilar.  Ular  bolaga  maktab  tomonidan 

qo'yilgan talablari va 1-sinfda o'qitish tempi juda baland va tez, shuning uchun 

oldindan olingan (o'zlashtirilgan) malakalar bolaga har  

qanday  topshiriqlarni  bajarishga  yordam  beradi  va  natijada,  ortiqcha 

zo'riqishni oladi, deb asoslab berishadi. 

Shunday  ota-onalar  ham  borki,  ular  bolani  o'z  shuhratparst  niyatlarga 

o'rgatadilar:  o'quv  yili  boshida  ularning  bolalari  o'z  tengdoshlaridan  oshib  o'tib 

(ilgari  o'tab  ketib)  va  shu  tufayli  endi  shakllanayotgan  kollektivda  manfaatli 

o'rinni egallaydilar. 




 

31 


5-6  yoshli  bolalar  bilan  ishlaydigan  bog'cha  tarbiyachilar  so'rovlari  shuni 

ko'rsatdiki,  ko'pchilik  bolaning  maktabga  tayyorlashda  jismoniy  va  aqliy 

rivojlanishni  afzal  qo'yish-moqda.  Ta'lim  tarbiyaviy  -  ishni  bolani  tafakkuri, 

nutqi  va  bilim  jarayonlarini  shakllantirishga  yo'naltirilib,  pedagoglar  bolani 

tabiat  va  jamoat  to'g'risida  asosiy  bilimlar  bilan  boyitishadi.  Ular,  ota-onalar 

kabi  aqliy  va  jismoniy  tayyorgarlikning  yuqori  darajasi  bolaning  shu  sohadagi 

duch  kelgan  qiyinchiliklardan  saqlaydi,  deb  hisoblashadi.  Bunda,  shaxsning 

iroda va intizom kabi sifatlarini tarbiyalashga kamroq e'tibor beriladi. 

Qanday  qilib  olimlar  maktabga  tayyorgarlikni  aniqlashadi?  Pedagogik  va 

psixologik  adabiyotlarda  bolaning  ta'lim  va  tarbiya  jarayoniga  kirib,  uning 

mazmuni  muvaffaqiyatli  o'zlashtirib  olishga  yo'l  qo'yadigan  shaxsning  umumiy 

rivojlanganligi  deb  ko'rsatilgan,  yana  maktabgacha  yoshdagi  bola  o'zining 

jismoniy, aqliy va estetik rivojlanishini egallashi kerak bo'lgan. 

Maktabga tayyorgarlik darajasini  bolaning  katta  aqliy  va  jihatlarning  yaxlit 

bir sistemasi (tartibi) deb ko'rsatilgan. Jismoniy vazifalarini bajara oladigan butun 

organizm  va  asab  sistemasining  ma'lum  yetuklik  saviyasini  aniqlaydi 

(ko'rsatadi).  Shu  bilan  bir  qatorda  tevarak  atrof  haqida  olinganoddiy  bilimlar, 

amaliy va aqliy faoliyatdagi oddiy malakalar, 

tafakkur,  nutq  va  bilim  qiziqishlarining  rivojlanish  darajasi,  hulqning 

ijtimoiy va axloq-irodaviy sifatlarini shakllanish darajasi katta ahamiyatga ega. 

Psixologlar  (ruhshunoslar)  maktabga  umumiy  tayyorgarlikning  quyidagi 

tarafiarini ajratadilar: jismoniy, aqliy, ijtimoiy-axloqiy (yoki ijtimoiy his tuyg'uli) 

va sababli (motivli). 

Boshlang'ich  maktab  bolaning  o'qitishga  tayyorgarlik  darajasiga  o'z 

talablarini  qo'yadi.  Talablardan  biri  -  bog'cha  bolalariga xos bo'lgan kun tartibga 

rioya  qilish.  Maktabgacha  bolaning  bog'chaga  borish  vaqti  oilaviy  sharoitga 




 

32 


qarab  belgilanadi.  Ammo  maktabga  borish  majburiy  bola  darslarga  har  kuni 

kelishi shart. 

Bog'cha  bolasi  kun  bo'yi  tuzilishi  va  mazmuni  qiziq  bo'lgan  turli  xil 

faoliyatlar bilan shug'ullanadi. Asosan, bola o'z xohish (istagi) bo'yicha o'ynaydi 

yoki ish bilan shug'ullanadi. Bola o'zining mashg'ulotlarini va o'yinlarini vaqti va 

mazmunini  o'rganish  mumkin.  Maktabda  esa  kunning  birin-chi  qismining 

asosiy  vaqtini  tartibli  (sistemali)  o'qitish  egallaydi;  bundan  tashqari,  kunning 

ikkinchi  qismini  ma'lum  vaqtini  yana  darslarni  tayyorlashga  ajratish  kerak. 

Maktabda  bola  o'z  xohishi  va  qiziqishi  bilan  tanlagan  mashg'ulotlar 

chegaralangan.  Bola  maktab  tartibi  va  darslar  jadvaliga  bo'ysunishi  kerak.  Har 

qanday  ob-havoda  bola  maktabga  vaqtida  kelishi,  o'quv  qurollarini  olib  kelishi, 

maktab  ta'lim  sharoitlariga  ko'nikishi  kerak.  Darslarda  ma'lum  vaqt  tinch 

o'tirib,  diqqatini  bir  joyga  jalb  qilib  ishlashi  tanaffuzda  esa  nisbatan  qisqa  vaqt 

ichida  o'z  kuchlarini  tiklab  olishi  kerak  bo'ladi.  Maktabdagi  ta'limning  tashkil 

etilishi va mazmuni o'quvchining mustaqil ishlashini ta'minlab beradigan malaka 

va  ko'nikmalarining  rivojla-nishini  yuqori  darajasini  talab  qiladi.  Bolaning 

yozuvni  muvaffaqiyatli  egallashi  uchun,  masalan,  unda  barmoqlarini  mayda 

harakatlari rivojlangan bo'lishi shart. 

Shunday  qilib,  maktab  hayotiga  jismoniy  va  ruhiy  jihatdan  o'rganish, 

uchun bolaga eng, avvalo, mustahkam sog'liq, orgnizmni kasalliklarga kurashish 

qobiliyati,  jismoniy  chiniqish  va  chidamli  bo'lish  kerak.  Sistemali  (tartibli) 

ta'lim uchun bolaning aqliy rivojlanishi, ya'ni, aniqrog'i, maktabga  umumiy ruhiy 

tayyorgarligi muhim deb hisoblanadi. 

Bola birinchi sinfda uchta fan (o'qish, yozuv va matematika)ning asoslarini, 

tabiat va  jamiyat  to'g'risida oddiy  bilimlarni  egallaydi.  Bola  odamlar,  jismlar  va 

tevarak atrof-dagi hodisalar haqida ma'lum tasawur bilan maktabga kelishi kerak. 




 

33 


Bolaning  o'quv  materialni  to'liq  o'zlashtirishi  va  ta'limni  bola  qobiliyatlariga 

mos kelishi uning aqliy faoliyatiga bog'liq bo'ladi. 

Bolaning  yaxshi  o'qishiga  aqliy  faoliyatining  rivojlanish  darajasi,  idrok, 

tasavvur,  xotira  va  tafakkur  funksiyalari,  hamda  aqliy  faoliyat  bilan 

shug'ullanish  odatlari  ta'sir  qiladi.  Bola  tahlil  qilish  (analiz)  qobiliyatiga 

o'rganish  kerak:  narsalarni  (predmetlarni)  idrok  etganda  muhim  va  muhim 

bo'lmaganlarni  ajrata  bilish,  kuzatayotgan  hodisalarni  umumlashtirish,  guruhlash 

va  hokazo.  Bola  zehinli,  ziyrak,  topqir,  mustaqil  bo'lishi  kerak.  Zavq, 

hursandchilik keltiradigan aqliy faoliyatga nisbatan bolada qiziqish paydo bo'ladi. 

Ta'limning muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan bola  nutqining rivojlanish 

darajasiga, uning lug'at boyligiga, mustaqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan 

to'g'ri  gapira  berishiga  bog'liq  bo'ladi.  Nutq-aqliy  faoliyatning  asosiy  qismi 

(komponenti)  va  bolaning  shu  faoliyati  natijalarini  aytib  bera  oladigan  asosiy 

vosita  bo'ladi.  O'qishda  ijobiy  natijalarga  erishishning  muhim  asoslaridan 

bilimdonlik, tirishqoqlik hisoblanadi. 

Bolada maktabga borish bilan nafaqat hayot tartibi va  asosiy faoliyatida, 

balki  ijtimoiy  o'rnida  ham  o'zgarishlar  sodir  bo'ladi.  Sola  munosabatlari 

shakllangan tanish tengdoshlar va kattalar jamoadan, notanish bolalar va kattalar 

jamiyatiga o'tadi. Oldingi jamoada (kollektivda) bola ma'lum bir o'rinni egallash, 

o'zini  huquq,  burch  va  imtiyozlarini  bilar  edi,  yangi  shakllanayotgan  maktab 

jamoatida esa bola o'zini boshidan ko'rsatishi kerak. Bolaning burch va huquqlari, 

maktabgacha davrga nisbatan, aniqroq va qattiqroq belgilanadi. Bola faoliyatini 

baholashning  muhim  mezonlardan  bin,  nafaqat  maktabda,  balki  oilada, 

tengdoshlar davrasida, — bu muvaffaqiyatli o'qish bo'lib qoladi. 

Baho qo'yish va baholash ijtimoiy ahamiyatga va rasmiy hujjat shakliga ega. 



 

34 


Maktabda  uzoq  muddat  ota-ona  g'amxo'rligisiz  bo'lgani  sababli,  bola  o'z 

yoshiga  mos  his  tuyg'u  va  iroda  mustah-kamligiga  ega,  o'z  xulqini  nazorat  qila 

olishi  kerak.  Agar  o'quvchi  o'qishga  ijobiy  yondashsa,  o'qishni  xohlab,  intilsa, 

ta'limdagi boshlang'ich qiyinchiliklarni tezroq va osonroq bartaraf etiladi. Iroda 

bolaga  barcha  maktab  vazifalarini  doimiy  va  muvaffaqiyatga  bajarishga  kerak 

bo'ladi. 

Bilim  va  ijtimoiy  hayot  qonun-qoidalariga  rioya  qilish,  xarakterning ijobiy 

jihatlarining  shakllanganligi  bolaga  boshqa  bolalar  bilan  muloqot  o'rnatishda, 

sinfdoshlar bilan do'stona munosabat o'rnatishda va jamoada faol ishtirok etishda 

juda katta yordam beradi. 

Bolani  maktabga  umumiy  tayyorgarligi  deganda  uning  har  tomonlama, 

ya'ni uning ma'lum bir taraflari emas, balki hamma taraflari rivojlangan bo'lish 

kerak.  Har  qanday  bir  tarafini  rivojlanmagani,  zaifligi  (aqliy,  his-tuyg'uli, 

irodaviy  yoki  amaliy-harakatli)  maktabda  o'zlashtirmaslikning  sabablaridan 

bo'lishi mumkin. 

Shu  bilan  birgalikda,  birinchi  sinfda  o'quv  fanlarning  (o'qish,  yozish, 

matematika)  mazmunini  o'zlashtirish  uchun  maxsus  bilim,  malaka  va 

ko'nikmalarga  ega  bo'lishlari  kerak.  Masalan,  matematika  o'qitishda  o'qituvchi 

bola  narsalarning  rangi,  shakli,  katta-kichikligi,  sonini  ajrata  biladi  deb  hisob-

laydi;  yozuvni  o'rganishda  esa  bola  yozuv  va  rasm  qurollarini  to'g'ri  ishlata 

olishini,  grafik  mashqlarni  bajara  olishga  tayanadi.  Shu  kabi  bilim,  malaka  va 

ko'nikmalar  maktabga  maxsus  tayyorgarlikni  tashkil  etadi.  Umumiy  va  maxsus 

tayyorgarlik  bir-biriga  zid  kelmaydi,  bir-birini  chiqarib  tash-lamaydilar.  Maktab 

fanlarini  mazmunini  o'zlashtirishda  bolani,  maxsus  tayyorgarligi  umumiy 

tayyorgarlikdan  kelib  chiqadi,  unga  mos  keladi  va  tayanadi  va  aksincha,  maxsus 



 

35 


tayyorgarlikning  mazmuni  ta'limning  umumiy  tayyorgarlikka  yordam  berish 

kerak. 


Bola  shaxsini  rivojlantirishda  ma'lum  bir  tarafiga  (asosan,  aqliy)  kuchli 

yo'naltirish berishga alohida e'tibor berish  kerak. Kattalar har doim shuni esda 

tutishlari  kerakki  bolaning  yoshini  hisobga  olinmagan  tezlashtirilgan,  jadal 

o'qitish zarur hisoblanadi. 

Maktabgacha  davr  inson  shaxsini  shakllantirishda  juda  katta  ahamiyatga 

ega,  chunki  shu  davrda  shaxsning  asoslari  solinadi.  Agar  shaxsni  har  taraflama 

shakllantirishda  aynan  shu  yoshdagi  qulay  sharoitlardan  qo'llanilmasa, 

rivojlanishning  to'xtab  qolishlari  yoki  chetlashlarini  bartaraf  etish  nihoyatda 

og'ir kechadi. 

7  yosh  -  bu  bola  yangi  sharoitga  tez  o'rganadigan  va  o'qish  jarayonida 

muvaffaqiyatli  ishtirok  etadigan  davr    hisoblanadi.  Ya.A.Komenskiy  bolaning 

yettinchi  yili  -  bu  bekorchilikda  buzilib  ketmaslik  uchun  maktabda  o'qishni 

boshlaydigan  vaqt  hisoblagan.  Bolani  ona  maktabida  5-6  yil  ta'lim-tarbiya 

olishini (oilada bolani ona tarbiyasi nazarda tutilgan) u yetarli va optimal muhlat 

deb hisoblagan. 

Bolaning yoshi (7 yosh) mezonidan tashqari, uni sog'lig'ini umumiy holati 

va  asosiy  antropometrik  ko'rsatkichlari  jismoniy  tayyorgarligini  belgilashadi. 

Bunda bo'yi (7 yoshga 110 sm dan kam bo'lmasligi kerak), vazn (20 kg), ko'krak 

aylanasi  (nafas  chiqqanda  55  sm  dan  kam  bo'lmasligi  kerak),  tanadagi 

o'zgarishlari suyaklarni o'sishi, tishlarni almashuvi. 

Maktabga tayyor bo'lgan bola jismoniy chiniqqan, bar  qanday  ob-havoda 

uzoqda uzoq vaqt yura oladi, asosiy  harakat malakalarga, to'g'ri osankaga ega, 

o'zining harakat-larini nazorat qila oladi, tozalikka rioya qiladi. 



 

36 


Bolaning bilim jarayonlarini rivojlanganligi uning jamiyat va tabiat, voqea 

hodisalarni  tushunib  yetishi,  kuzatish  qobiliyati,  kundalik  hodisalarni  to'g'ri 

nomlash, bir-biri bilan bo'lganlar aloqani tushunib yetishi ko'rsatiladi. Bola o'z 

fikrlarini ifoda eta bilish kerak, ijodiy va mustaqil fikrlay  olishi, aniq ko'rgazma 

materialga  tayanib,  masalalarni  yecha  bilishi  kerak.  6-7  yoshli  bola  oiladan 

tashqarida  ham  o'zini  dadil  tutishi  kerak.  Shakllangan  madaniy  ko'nikmalari  o'z 

tengdoshlari bilan munosabatlar o'rnatishga yordam beradi. 

Bolaga  mustaqil  o'zi  kiyinishni,  ovqat  yeyishni,  narsalarini  toza  va 

tartibli  saqlashni  o'rganishi  kerak.  Bola  kattalar  mehnatini  muhimligini 

tushunishi va hurmat qilishi kerak. Har qanday ishga ijobiy yondashib, uni diqqat, 

e'tibor bilan vaqtida bajarishi lozim. 

Bolada  estetik  idrokni  shakllantirish,  o'zini  yoshida  mos  adabiy  asarlarga 

qirqish  uyg'otish,  yon-atrofni  estetik  (nafis)  jihatdan  bezatishiga  intishini 

rivojlantirish kerak. Bolani musiqani, adabiy so'zni, rasmlarni chiroyini sezishni 

o'rganishi  kerak;  ashula  aytishi,  rasm  chizish,  yasash,  toipsh moqlar,  laparlar, 

tez  aytishlar,  maqollar,  ertaklarni  bilishi  va  aytib  berishi,  kitoblarni  avaylashni 

bilishi kerak. 

 

 



 

 

 



 


 

37 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin