2.3 § Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashda
psixologik-pedagogik tashhis dasturi va uni tashkil qilish.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasining kelajagi ko’p jihatdan yosh
avlodning qanday tarbiyalanishiga bog’liqdir. Bu o’z navbatida ta’lim tizimining
samarali va serqirra usullarini belgilash va ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarimizni
boshlang’ich maktab ta’-limiga talab darajasyida tayyorlash muammosini ijobiy
hal etish vazifasini qo’ymoqda.
Barchaga ma’lumki, bolani maktabda muvaffaqiyatli o’qishi maktabgacha
tarbiya davridagi tayyorgarlik darajasiga bog’liq. Bolani maktabda o’qishga —
hayotning yangi bosqichiga tayyorlash uning shaxsi rivojlanishi-ning barcha
tomonlarini o’z ichiga oladi va maktabgacha tarbiya davrida amalga oshiriladi.
Maktab dasturlarining o’zgarishi bilan bog’liq holda maktabga kelayotgan
bolalarning rivojlanishi darajasiga talablar ortib bormoqda. Bu rivojlanish darajasi
maktabda o’qishga tayyorgarlik bilan belgilanadi.
Maktabga borganda, bola hayot tarzi o’zgaradi, unda atrofdagi odamlar bilan
yangicha munosabat tizimi paydo bo’ladi, faoliyatining yangi formalari
shakllanadi. Yangi hayot tarzi yangi faoliyat shakllarini amalga oshirish uchun
bolada irodaviy tayyorgarlikni (bolalar o’z xulqini, bilish faoliyatini boshqarishni,
uni o’quv malakalariga yo’naltirishni bilishlari lozim) tarbiyalash, o’zida axloqiy,
motivatsion
tayyorgarlikni,
o’z-o’zini
nazorat
qilish
malakalarini
mujassamlashtirgan psixologik tayyorgarlikka ahamiyat berishi lozim.
Shuningdek, bolalarni maktabda o’qishga tayyorgarligi ularning bilish
faoliyati rivojlanishi darajasiga bog’liq, bilish jarayonining rivojlanish darajasi
qancha yuqori bo’lsa, bolalar tomonidan o’zlashtirilayotgan bilimlar sifati shuncha
yaxshi bo’ladi.
44
Bolani maktabda o’qishga tayyorlashda uning aqliy jihatdan tayyorligi 3 ta
asosiy komponentdan, ya’ni: uni o’rab turgan tabiat, odamlar hayoti, san’at
dunyosi haqidagi bilimlarni o’zlashtirish; unda xotira, diqqat, nutq va tafakkur kabi
ruhiy jarayonlarning ma’lum darajada rivojlanganligi, va nihoyat, bolada, —
o’qituvchilar aytgandek o’qish faoliyati elementlaridan iborat.
Bolalarga tabiat hodisalari va atrofdagi xayot xakida bilimlarni berish va
ularga tegishli fikrlarni shakllantirish, ularni maktabga tayyorlashda juda katga
ahamiyat kasb etadi.
Ma’lum darajadagi bilim mazmunida fikrlash sifatini taxlil (analiz) qilish,
solishtirish, umumlashtirish qobiliyatlari shakllanadi. Boshqacha qilib aytganda,
tegishli bilimlarga ega bo’lmay turib, bola aqliy jihatdan rivojlanmaydi.
Ammo ko’pchilik makgabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanipsh yuqorida
ko’rsatib o’tilgan talablarga javob bermaydi. Bolani maktabda o’qishga
tayyorlashda ota-onalar, bog’chadagi tar-biyachilar ishtirok etadilar. Bolalar
bog’chasi dasturlarida bolalarni maktabga tayyorlash uchun aloxida ahamiyat
berilgan. Lekin,dastur faqat ko’rsatmagina beradi, xolos.Bolani maktabda o’qishga
tayyorlashning takomillashtirilgan usullari, yo’llarini ishlab chiqish hozirgi vaqtda
alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Bundan tashqari, hozirgi vaqtda respublikamizda bolalar bog’chasi bilimlar
darajasini belgilaydigan standartlar ishlab chiqish ko’zda tutilmoqsa. Bolalarni
maktabda o’qishga tayyorgarliklari standartlarini ishlab chiqish ularning o’qishga
tayyorgarliklari turli darajalarini aniqlashga imkon beradi va bolalarni maktabga
yo’naltirishda differensiatsiya qilishga zamin yaratadi.
Ushbu tayyorlangan qo’llanma "5-7 yoshli bolalarni maktab ta’limiga
tayyorgarliklarini psixologok-pedagogik tekshirish dasturi" standartlari ishlab
45
chiqilishidagi birinchi qadamlaridan biridir. Dastur bolalar bog’chalari
metodistlari, tarbiyachilari, psixologlar, defektologlar uchun mo’ljallangan.
Tekshirish jarayonida eksperimentator suhbat, kuzatish, savol-javob,
baholash usullaridan foydalanadi.
Dasturda bolaning maktab ta’limiga tay-yorligini tekshirish uchun
"metodikalar pa1 keti" tanlangan va 5-7 yoshli bolalarning yosh xususiyatlarini
e’tiborga olgan holda har bir metodika uchun shkalali baholar sistemasi ishlab
chiqilgan.
Har bir metodika 10 bo’limdan iborat.
Metodika nomi.
Metodika muashshfi.
3.Metodika nimani tekshirish uchun mo’ljallanganligi haqidagi izoh.
Tekshirish uchun izoh.
Ko’rsatma.
6. Tekshirishning borishi, faoliyat turi.
7. Tekshirish natijalari.
8.Tekshirishning shkalali baholari.
9.Yosh normalari.
10.Interpretatsiya.
Har bir metodika bo’yicha bolaning rivojlanish darajasini aniqlash sistemasi
ishlab chiqilgan. Rivojlanishning quyidagi 5 ta turi ajratilgan.
46
daraja — eng yuqori
daraja — yuqori
daraja — o’rta ;(norma)
daraja — past
V daraja — juda past .
Past darajadagi bolalar maxsus qo’shimcha psixonevrologik teqshiruvdan
o’tadilar. Psixologik tekshiruv natijalari bolalarning individual tekshirish kartasiga
kiritiladi. Karta tekshirish bayonnomasi natijalari asosida to’ldiriladi.
Intellektual rivojlanishi:
Tafakkurning rivojlanish
xususiyatlari
Fikrlash jarayonining oqimi, faollik, ketma-ketlik, isbotlash, sabab-oqibat
bog’lanishlari va funksional aloqalarini o’rnatish.
Fikrlash jarayonining tartibi, ketma-ketligining murakkablashuvi (analiz,
sin-tez, o’xshashlik, taqqoslash, mavhumlik, umumlashtirish, tasnif).
Xulosa, yakun yasashdagi qiyinchiliklar;
Farqlash, kerakligini ajratish;
Belgilarni almashtirish.
Ko’rgazmali harakatli, ko’rgazmali obrazli, so’z mantiq tafakkur holatlari.
Tafakkurning individual xususiyatlari.
Xotiraning rivojlanish xususiyatlari. Eslab qolish, qayta esga tushirish.
47
Eslab qolishda irodaning ahamiyati.
Ko’rish va eshitish xotirasining rivojlanishi.
Obrazli (ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilishga oid) xotira va so’z
xrtirasining (o’y-fikrlarimiz mazmuniga oid) munosabati. Operativ (qisqa
muddatli) eshituv xotira holati.
Fonematik eshituvning rivojlanishi
Bolaning ularga qaratib so’zlagan nutq-ni tushunishi, nutqiy aloqa. Analitiko
— sintetik, fonematik faoliyatining holati.
Matematik tasavvurlarni rivojlantirish
Predmetlarni sanash malakasi. To’g’ri va teskari sanashni tartib bilan
bajarish.
Predmetlar bilan oddiy vazifani bajarish. "Ko’p", "kam", "tenglik"
tasavvurlari-ning mavjuddigi.
Hisiy-iroda sohasini rivojlantirish xususiyatlari
Faoliyatga xissiy yondoshish, harakat, hissiy holatda bo’lish. Individual
hissiyot holati.
Irodaviy idora qilish xususiyatlari
Ma’lum faoliyatda irodaviy idora qilish va o’zini-o’zi boshqarish. Ishni
oxiriga yetkazish, irodaviy bo’shligi, mehnatga layoqiti, tadbirkorlik, maktabda
o’qishga qyziqish, xohishlarning mavjuddigi.
Bolaning maktab ta’limiga tayyorligi.
umumiy tasavvur. Malakalarining shakllanganligi
48
Predmet va atrof muhit haqidagi tasav-vurlar. Tushunchalar. Inson haqida
tasavvurlar. Tasavvurlarni rasmda ifodalash malakai. Fazoda oriyentirovka qilish
malakasi, qabul qilysh qobiliyatlarining holati.
PSIXOLOGO-PEDAGOGIK TASHHIS DASTURI VA UNI TASHKIL
QILISH
Psixologo-pedagogik diagnostikalash dasturi quyidagilardan iborat:
Bola haqidagi umumiy anamnez ma’lumotlarni o’rganish.
Bolaning maktab ta’limiga tayyorlikholatini tekshirish.
Bolaning maktab ta’limiga tayyorlikholati kartasini tuzish.
Bolaning maktabga tayyorlik individual xususiyatlari haqidagi xulosa.
Psixologo-pedagogik ko’rsatmalar.
I. Bola haqidagi umumiy anamnez ma’lumotlari.
Bolaning ismi, familiyasi, yashash joyi, yoshi, bola qatnayotgan
maktabgacha tarbiya muassasasi ko’rsatiladi. Bola yashayotgan oilaning
salomatligi va maishiy sharoiti, ro’zg’or axvoli belgilanadi. Bolaning oilasiga
qisqacha tavsif beriladi.
II. Bolaning maktab ta’limiga tayyorlik xolati
Bolaning maktabga tayyorlik holati uning intellekti, nutqi, hissiy-iroda
sohalarini tizimli ravishda tekshirish bilan aniklanadi. Bu sohalar o’ziga xos
(tegashli) metodikaar orqali o’rganiladi. Ushbu metodqkalar orqali quyidagilar
tekshiriladi: 1) bolaning psixik rivojlanish darajasi; 2) bolada zarur ko’nikma va
49
malakalarning mavjudligi; 3) bolaning maktab ta’limiga bo’lgan munosabatining
holati.
Dostları ilə paylaş: |