1.3§ Maktab ta’limi tayyorgarligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar.
Bolani qachon va qancha tayyorlash kerakligi haqida kattalar orasida turli
fikrlar mavjud. Ko'pchilik ota-ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1-sinfga bir
yil qolgungacha tayyorlashni ku-chaytirish kerak deb hisoblashadi. Ammo
boshqalar faqat mak-tabdan oldingi bir yil davomida tayyorgarlik qilish kerak deb
ay-tishadi. Ba'zi ota-onalar bola bog'chaga borishi bilan maktabga tayyorgarlik
boshlanadi, deb o'ylashadi.
Maktab hayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? Bog'cha tarbiyachilari bolani
maktabga tayyorlash butun bog'cha davrida amalga oshishi kerakligini
tushunishadi va dastur talablariga bi-noan uni amalga oshirishadi. Lekin aynan
maktabga borishdan avval ular tayyorgarlikka alohida diqqat-e'tiborini
qaratishadi: talaffuzdagi kamchiliklarni bartaraf etishadi, bilimlarni bir
sistemaga solishadi, qo'llarning mayda harakatini rivojlantirishadi va hokazo.
Lekin, oila bola tug'ilishidan keyin yashaydigan birinchi ijtimoiy muhit.
Oilada bola o'zining birinchi ijtimoiy tajriba va malakalarini orttiradi, ota-ona va
kattalar namunalari orqali tarbiyalanadi, oilaviy rishtalarni tushunib yetadi va
qadrlaydi. Shuning uchun bolani maktabga tayyorlashda oila hal qiluvchi, mu-him
ahamiyatga ega. Ota-onalarning ko'pchiligi bolani maktabga tayyorlashda
bog'cha bilan oilaning hamkorligi zarur deb hisoblashadi. Ba'zi ota-onalar esa
bolani maktabga tayyorlashda javobgarlikni bog'chaga yuklashadi, ba'zilari esa
butun javob-garlikni o'z bo'yniga olishadi.
Y.A. Kamenskiy o'zining «Onalar maktabi» kitobining maktabga tayyorlash
bobida yozishicha, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma'lum bir tayyorgarlikni
talab qiladi. Ota-onalar shuni o'ylab, o'z bolalarini maktabga tayyorlashadi.
Maktabga har tomonlama tayyorgarlikdan tashqari, Kamenskiy ota-onalar
uchun quyidagi vazifalarni ko'rsatadi:
28
1. Bolalarda
maktabga
borganda,
o'z
tengdoshlari
bilan
o'qi-
gan va o'ynaganda xursandchilik hissini tug'dirish.
2. Bolalarga
maktabdagi
ta'limning
mohiyatini
tushuntirish,
ularni maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish.
3. Bolalarda
bo'lajak
o'qituvchilarga
nisbatan
hurmat
va
ishonchni
shakllantirish.
Hozirda ota-onalar bolalarni maktabga qanday tayyor-lashmoqda. Ota-
onalarning ko'pchiligi maktabda yaxshi o'qish-ning shartlaridan biri shaxsning
umumiy rivojlanishi deb hisoblashadi. Ammo, bolaning aqliy rivojlanishi eng
asosiysi deb bilishadi, shuning uchun mashg'ulotlarda bilim, nutq, tafakkur va
xotirani rviojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o'ringa bolaning o'qish va
yozish malakalarini rivojlantirishni qo'yishadi, yodlatishadi, suhbatlashishadi,
birgalikda mantiqiy o'yinlar o'ynashadi. Gohida mehnat, sport, ashula yoki raqs
bilan shug'ullantirishadi.
Xulosa qilib aytganda, bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta'lim
muassasalari tarbiyachilari bilan ota-onalarning hamkorlikda ish yuritishi ijobiy
natija beradi.
|