«Ta’lim
tо‘g‘risida»gi
qonunida
ta’lim mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor
yо‘nalish deb e’lon
qilingan.
Mazkur hujjatda mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining
asosiy prinsiplari etib, quyidagilar qayd etilgan:
1.
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
2.
Ta’lim uzluksizligi va izchilligi;
3.
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
4.
Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
5.
Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;
6.
Bilimli b
о‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish;
7.
Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish;
Ma’lumki, mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
prinsiplari uzviy ravishda uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat
kо‘rsatish
prinsiplariga bevosita ta’sir
kо‘rsatadi va ularni taqozo etadi.
О‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimini
tubdan isloh qilish, zamon talablari asosida qayta qurish, uzluksiz ta’lim tizimining
turlari, ta’lim muassasalari oldidagi vazifalar, kadrlar tayyorlash milliy modelini
39
amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan bir qatorda uzluksiz ta’lim tizimining
quyidagi faoliyat
kо‘rsatish prinsiplari qayd etilgan.
Ta’limning ustuvorligi – ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etilishi va
rivojlantirilishi jamiyatimizdagi ustuvor
yо‘nalish sanaladi. Ta’limning ustuvorligi
yuksak ma’naviyatli, bilimli va salohiyatli barkamol shaxsning shakllanishiga
zamin yaratadi.
Ta’limning demokratlashuvi – ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda, ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ustoz va tahsil oluvchining
hamkorligiga asoslanadi.
Ta’limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarini
tо‘liq ochilishi va
bilim olishga
bо‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi, milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhitning
о‘zaro
munosabatlarini uyg‘unlashtirishga asoslanadi. Ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim
oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr – qimmat tuyg‘usi, yuksak ma’naviyat,
ijtimoiy normalarga asoslangan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va
ijodiy fikrlashni tarkib toptirish nazarda tutiladi.
Ta’limning milliy
yо‘naltirilganligi – ta’limning milliy tariximiz, xalq
an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi,
О‘zbekiston xalqlarining
madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning
о‘ta muhim
omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlashni
ta’minlaydi.
Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi har tomonlama kamol topgan insonni
shakllantirishni nazarda tutadi. Iqtidorli yoshlarni aniqlash – ta’lim jarayonini
differensiallashtirish va individuallashtirish, iqtidorli yoshlarga ta’limning eng
yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun
shart-sharoitlar yaratishni k
о‘zda tutadi.
Respublikamizda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning
muvaffaqiyati uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida ta’lim-tarbiya jarayoni
tashkil etiladigan
о‘qitish prinsiplari ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
prinsiplari va uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat
kо‘rsatish prinsiplariga qanchalik
40
mos kelishi va ularni amaliyotga joriy etishga safarbar etilganligiga bog‘liq.
Ma’lumki,
о‘qitish prinsiplari - о‘qitish tizimining tuzilishi, mohiyati, uning
qonunlari va qonuniyatlari haqidagi, shuningdek, faoliyatni tashkil etadigan,
amaliyotni boshqarishda namoyon
bо‘ladigan bilimlar o’quv qo’llanmasi sanaladi.
Respublikamizdagi ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy - ma’rifiy
о‘zgarishlar
biologik ta’lim jarayonida ilmiylik, sistemalilik, fundamentallik, izchillik,
kо‘rgazmalilik, onglilik, mustaqillik, ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishning
metodologik prinsipi, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, samaradorlik,
tushunarlilik, mantiqiy ketma-ketlik, uzviylik, ta’limni differensiallashtirish va
individuallashtirish, individual va guruhlarda
о‘qitishni uyg‘unlashtirish, о‘qitish
maqsadi, mazmuni, vositalari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog‘liqligi,
о‘qitish maqsadi, vositalari va natijalar birligi, baholash va о‘z -о‘zini baholash
prinsipi bilan bir qatorda, ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi
prinsiplarga ham amal qilinishi zarurligini
kо‘rsatdi.
Ta’limni differenstiallashtirish va individuallashtirish esa
о‘qitish
jarayonida individual va guruhli yondashish prinstipini talab yetadi.
О‘qitish
prinsiplari negizida
о‘qitish qonunlari va qonuniyatlari yotadi. О‘qitish qonunlari
va qonuniyatlari
о‘qitish prinsipining nazariy asoslarini ishlab chiqishga va
pedagogik faoliyat amaliyotiga
qо‘llashga zamin tayyorlaydi.
Shuni qayd etish lozimki,
о‘qitish qonunlari va qonuniyatlari uzluksiz ta’lim
tizimining oldiga
qо‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmalar, jamiyatning ijtimoiy
hayotidagi ma’naviy - ma’rifiy
о‘zgarishlar, ta’lim - tarbiya jarayonining maqsadi
va vazifalari, fanning rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq holda
о‘zgarib,
yangilanib turadi.
О‘qitish prinsiplari avvalo muayyan davlatning ta’lim sohasidagi davlat
siyosatining asosiy prinsiplari, uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat
kо‘rsatish
prinsiplari,
sо‘ngra ta’lim tizimi oldidagi buyurtmalariga mos kelishi, shuningdek,
jamiyatda sodir
bо‘layotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy -
ma’rifiy
о‘zgarishlarni о‘zida aks ettirib yangilanib, о‘zgarib, rivojlanib, о‘zgacha
ahamiyat kasb etadigan jarayondir.
О‘qitish prinsiplari biologiyani о‘qitishning
41
maqsadi va vazifalariga bog‘liq holda ta’lim-tarbiya jarayonining
yо‘nalishi va
pedagogik faoliyatning mazmunini belgilaydi.
О‘qitish prinspi - didaktik kategoriya bо‘lib, u ta’lim-tarbiya jarayonining
maqsadi va vazifalariga bog‘liq holda
о‘qitish qonunlari va qonuniyatlarining
amaliyotga
qо‘llanish usulini belgilaydi. Agar о‘qitish prinsiplari о‘qituvchi va
tahsil oluvchilarning hamkorlikda
о‘qitish maqsadlariga erishish yо‘nalishini
belgilasa,
о‘qitish qonunlari pedagogik jarayonning xarakterini о‘zida aks ettiradi.
Barcha jabhalarda qonunlarning maqsadi va istiqboldagi
kо‘zlangan natijasi
bо‘lgani kabi о‘qitish qonunlari ham metodika fanining mantiqiy tarkibiy qismi
sanalib, pedagogik jarayonning obektiv, tashqi, ichki, muayyan va nisbiy
bog‘lanishlarini aks ettirib, ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari,
vositalari va shakllarining uzviyligini, mazkur jarayonning ilmiy asosda tashkil
etilishi va boshqarilishi, olinajak natijalar va samaradorlikni orttirish y
о‘llarini
belgilaydi.
Respublikamizda
Dostları ilə paylaş: |