O’zbekiston Respublikasi Xalq


 Biologik ta’limning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

 
2. Biologik ta’limning maqsad va vazifalari. 
Umumiy 
о‘rta ta’lim о‘quv yurtlaridagi biologik ta’lim umumiy pedagogik 
jarayonining ajralmas tarkibiy qismi sifatida ta’limning umumiy maqsadlariga 
muvofiq 
о‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlanishiga, tarbiyalanishiga 
yо‘nalgan bо‘ladi.
Umumiy 
о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim vazifalari qо‘yidagilar 
bо‘lib: о‘quvchilarni asosiy biologik tushunchalar, yetakchi g‘oyalar, ilmiy dalillar, 
qonunlar, nazariyalar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasiga oid 
59 


bilimlar bilan tanishtirish; tirik tabiat uning taraqiyot tufayli organizmlarda paydo 
bо‘lgan moslanish mexanizmlari haqida ma’lumot berish; о‘quvchilarni 
organizmlarning hayoti, ularning shaxsiy va tarixiy rivojlanishining asosiy 
qonunlari bilan qurollantirish hayot tuzilishining turli: molekula, hujayra, 
organizm, populyatsiya – tur, biogeostenoz, biosfera darajalari bilan tanishtirish; 
tabiatga uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda 
bо‘lish fazilatlarini 
о‘quvchilar ongiga singdirish; о‘quvchilarni о‘zlarining va о‘zgalarning 
salomatligini saqlashga, sog‘lom turmush tarzini tarkib toptirishga 
yо‘naltirish; 
biologiya ta’lim mazmunini hozirgi ijtimoiy hayot, fan – texnika taraqqiyoti bilan 
mustahkam bog‘lanishini ta’minlash asosida 
о‘quvchilarning kasb tanlashga ongli 
ravishda 
yо‘naltirish; biologiya ta’lim mazmunini qadimda yashab jahon fani -
madaniyatiga ulkan xissa 
qо‘shgan va hozirgi davrda yashayotgan biolog olimlar 
faoliyati bilan bog‘lash orqali 
о‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan 
iboratdir.
 
3.Biologik ta’lim mazmuni va tarkibiy qismlari. 
Har qanday 
о‘quv fanini о‘qitishda uning mazmuni nihoyatda katta 
ahamiyatga ega 
bо‘ladi. Unga asosiy sabab о‘quv fani mazmuni о‘sha fanning 
о‘ziga xos yо‘nalishini, о‘qitish tizimini, metodlarini, vositalarini belgilab beradi. 
О‘quv fanining mazmuni о‘quv dasturlari, darsliklari, о‘quv qо‘llanmalari orqali
konkretlashtiriladi
.
Umumiy 
о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’limning tarkibiy qismlari 
bо‘lib, botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi hamda stitologiya, 
biokimyo, genetika, evolyustion ta’limot o’quv qo’llanmasidan iborat 
bо‘lgan 
umumiy biologiya 
о‘quv fanlari hisoblanadi. Mazkur о‘quv fanlarida turli xil 
о‘simliklar, xayvonlar, odamlarning tashqi, ichki tuzilishi hayot faoliyati, tashqi 
muhit bilan bog‘liqligi 
tо‘g‘risida hamda hujayraning uning organoidlarining 
tuzilishi, funksiyasi, irsiyat 
о‘zgaruvchanlik evolyustion ta’lim va shu kabi bilimlar 
berqiladi. Maktab biologiya ta’limini ayrim 
о‘quv fanlariga ajratish qonuniy 
bо‘lib, kо‘p yillik pedagogik tajribalar asosida о‘zini oqlagan. Biroq biologik 
ta’limning turli 
о‘quv fanlariga ajralishi tirik tabiatdagi narsa xodisalarni alohida-
60 


alohida 
о‘rganishga emas, balki ularning bir butunligini, о‘zaro bog‘liqligini ifoda 
etgan holda 
о‘qitilishini taqozo qiladi. Biologiya о‘quv fanining tarkibiy 
qismlariga birinchi navbatda ilmiy tushunchalar kiradi. Ular biologiyaning ayrim 
sohalariga oid xususiy va biologiyaning barcha sohalariga xos b
о‘lgan umumiy 
biologik tushunchalardan tashkil topadi. Ana shunday umumiy biologik 
tushunchalar qatoriga organizmlarning hujayraviy tuzilishi, modda va energiyaning 
almashinuvi, organizm va muhitning 
о‘zaro birligi, irsiyat о‘zgaruvchanlik organik 
olam evolyustiyasi tushunchalari kiradi. Biologiya 
о‘quv fani mazmunining yana 
bir komponenti b
о‘lib g‘oyalar hisoblanadi. Biologiya ta’lim mazmunida 
о‘quvchilar ongiga organik olam evolyustiyasi, tirik tabiat tuzilishining har 
darajada ekanligi, organ tuzilishi bilan funksiyasining 
о‘zaro bog‘liqligi, biologik 
sistemalarning tabiiy muhit bilan aloqadorligi, 
о‘z-о‘zini boshqarish va nihoyat 
nazariya bilan amaliyotning birligi kabi g‘oyalar singdiriladi. Biologiya 
о‘quv 
fanining mazmunini yana bir komponenti b
о‘lib biologik qonunlar hisoblanadi. 
Ana shunday biologik qonunlardan 
о‘quvchilar Mendel va Morganning irsiyat 
qonunlari, Ber qonuni, Xardi-Vaynberg qonuni, V.I.Vernadskiyning atomlarning 
biogen migrastiyasi qonuni kabilar bilan tanishadilar. Biologiya fan mazmunining 
yana bir komponenti ilmiy nazariyalardir. Umumiy 
о‘rta ta’lim biologiya о‘quv 
ta’lim mazmuniga CH.Darvinning organik olamning evolyustion nazariyasi, 
A.N.Severstovning 
filembriogenez 
nazariyasi, 
T.Morganning 
xromosoma 
nazariyasi va nihoyat hozirgi zamon gen nazariyasi kiritilgan. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin