O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

9-sinf biologiya darsligi. 
Darslikning asosiy 
bо‘limlari organik olamning xilma-xilligi, stitologiya 
asoslari, organizmlarning 
kо‘payishi va individual rivojlanishi, genetika, seleksiya 
asoslari hisoblanadi. Darslik 14 bobdan 49 paragrifdan tashkil topgan.
Darslikda hujayraning tashqi, ichki tuzilishi ayniqsa organoidlarning 
tuzilishi, funksiyasi, hujayraning kimyoviy tarkibi – anorganik moddalar, organik 
moddalar, oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, nuklein kislotalar, moddalar va energiya 
almashinuvi haqida ma’lumotlar berilgan. Organizmlarning 
kо‘payishi va 
individual rivojlanishi 
bо‘limida esa jinssiz, jinsiy kо‘payish, hujayralarning mitoz, 
meyoz 
bо‘linishi, organizmlarning embrional, postembrional rivojlanishi haqida 
bilimlar keltirilgan. Genetika va seleksiya asoslari 
bо‘limida esa genetik 
tushunchalar, irsiyat qonunlari, 
о‘zgaruvchanlik qonunlari, odam genetikasi, uning 
о‘rganish metodlari, о‘simliklar, xayvonlar, mikroorganizmlar seleksiyasi 
tо‘g‘risidagi ma’lumotlar yoritilgan. Darslikda 75 - rasmlar berilgan. Ularning 
k
о‘pchiligi rangli rasmlardir. Har bir paragraf sо‘ngida bilimni tekshirish uchun 
savollar, test topshiriqlar berilgan.
Darslik birinchi marotaba nashr qilinganligi sababli unda bir qancha 
yetishmovchiliklar mavjud. Avvalo uning strukturasi monografik shaklda 
ifodalanganligini aytib 
о‘tish joiz. Darslikda bir-biriga zid fikrlar uchraydi. Bir 
tomondan darslik mualliflari tiriklikning molekula darajasini e’tirof etib, hayotning
xujayrasiz shakllariga misol qilib viruslarni oladilar va ularning tuzilishi, hayot 
stiklini tushuntiradilar. Ikkinchi tomondan esa «viruslar tirik organizm 
hisoblanmaydi, chunki ular hayotning xususiyatlarini 
о‘zida namoyon qilmaydi» 
deb 
о‘zlariga о‘zlari qarshi fikrda bо‘ladilar.
56 


Darslikning boshqa sahifalarida ham ilmiy kamchiliklar uchraydi. Irsiy 
belgilar nukleotidlarda joylashgan (15 b) odatda xivchinsiz oddiy tuzilgan (15 b) 
о‘simliklar hayvonat dunyosining yashashini belgilab beradi (22 b). Yadroli 
organizmlarning barcha xujayralari yuksak tuzilishga ega 
bо‘lib, kislorod bilan 
oziqlanishga moslashgan (36 b) va boshqa shu kabi iboralar bunga yaqqol 
misoldir. Bunday kamchiliklar darslikning boshqa sahifalarida ham uchraydi. 
Chamasi darslik mualliflari rus tilidagi darslik matnlarni 
о‘zbek tiliga tarjima 
qilayotganlarida bunday chalkashliklarga 
yо‘l qо‘yganlar. Darslikning о‘quv 
materialini 14 bobga b
о‘lish ham notо‘g‘ridir. Ba’zi boblar bitta yoki ikkita 
paragrifdan tuzilganligi bunga yaqqol misoldir. Odatda darslik boblari mantiqiy 
jihatdan bir-biriga yaqin b
о‘lgan о‘quv materialini qamrab olishi kerak. Darslik 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin