О‘qitish
manbalari
b
о‘yicha
О‘quvchilar faollik darajasiga kо‘ra
Reproduktiv
(qayta aytib berish)
Qisman
qidiruv
Tadqiqotchili
k
Og‘zaki
+
+
+
Kо‘rgazmali
+
+
+
Amaliy
+
+
+
Taniqli didaktik olim Y.K. Babanskiy
о‘qitish metodlarini quyidagi
guruhlarga ajratgan:
1.
О‘qitishning og‘zaki metodlari (hikoya, suhbat, о‘quv ma’ruzasi).
2.
О‘qitishning kо‘rgazmali metodlari.
72
3.
О‘qitishning amaliy metodlari.
4.
О‘qitishning muammoli-izlanish metodlari.
5.
О‘qitishning mantiqiy metodlari.
6.
Mustaqil ishlash metodlari.
7.
О‘qitishda о‘quvchilar faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari.
8.
О‘qitishning nazorat va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodlari.
Quyida
о‘qitishning reproduktiv metodlari bо‘lgan og‘zaki metodlari (hikoya,
suhbat,
о‘quv ma’ruzasi), kо‘rgazmali, amaliy metodlarining tavsifi beriladi:
О‘qitishning og‘zaki bayon metodlari guruhi. О‘qitish jarayonida og‘zaki
metodlardan doimo va muntazam foydalanib kelingan. Bu metodlar metodlar
ichida ustunlik qilgan davrlar ham b
о‘lgan. Hozirgi kunda an’anaviy ta’lim
tizimida og‘zaki metodlar ustunlik qiladi. Keyingi yillarda og‘zaki metodlarni
tanqid qilish, ularni
о‘quvchilar faoliyatiga faol ta’sir kо‘rsatmaydigan metodlarga
kiritish odat tusiga aylangan. Metodlarga baho berishda xolisonalo yondashish
zarur, uning ahamiyatini mutlaqlashtirish, b
о‘rttirib kо‘rsatish mumkin emas,
shuningdek, pasaytirishga ham y
о‘l qо‘yib bо‘lmaydi.
О‘qitishning og‘zaki bayon metodlari qо‘llanilganda о‘qituvchining sо‘zi
о‘quvchilarning bilim olishlari uchun asosiy manba hisoblanadi, ya’ni о‘qituvchi
о‘quvchilarga sо‘zlar vositasida bilim beradi, о‘quvchilar faoliyatini eshitish, fikr
yuritish, berilgan savollarga javob topishga y
о‘naltiradi. Shuning uchun
о‘qituvchining sо‘zi oddiy axborot bо‘lmasdan, balki ishonchli, asoslovchi,
о‘quvchilarning faoliyatini faollashtiruvchi ta’sir kuchiga ega bо‘lishi kerak.
О‘qituvchining yorqin, hissiyotli, dalillarga asoslangan, mantiqiy ketma-
ketlikda tuzilgan, k
о‘rgazmali hikoya, suhbat, ma’ruzalari hozir ham о‘z qimmatini
y
о‘qotmagan. Og‘zaki metodlar qisqa muddatda katta hajmdagi о‘quv materialini
о‘quvchilar ongiga yetkazish, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularni hal
etish y
о‘llarini kо‘rsatish, о‘quvchilarning nutqini rivojlantirish imkonini yaratadi.
Shuningdek, k
о‘pchilik metodlar о‘qitish jarayonida og‘zaki metodlar bilan
uyg‘unlashtirilgan holda q
о‘llaniladi. Og‘zaki metodlarning muvaffaqiyatli
q
о‘llanilishi, о‘qituvchining: nutq madaniyatini egallaganlik, jumladan, nutqning
73
ravonligi, ovoz kuchi, intonatsiya, axborotlarning obrazliligi, ishonchliligi,
asoslovchi, isbotlovchi, emotsiyali, shaxsiy munosabat bilan y
о‘g‘rilganlik
darajasiga; axborot texnologiyalari asosida yaratilgan elektron darsliklarda ovoz,
animatsiya, harakatlarning uyg‘unlik darajasiga bog‘liq b
о‘ladi. Og‘zaki bayon
metodlari guruhi
о‘z ichiga suhbat, hikoya, ma’ruza metodlarini oladi. Hikoya
metodi
о‘quvchilarga о‘quv materialini yaxlit holda savollar berib, uzmasdan
bayon etishni nazarda tutadi. Yangi mavzu mazmunida yangi tushunchalar, ilmiy
axborot k
о‘p bо‘lgan taqdirda, shuningdek, о‘qituvchi о‘quv materiali yuzasidan
faol suhbat
о‘tkazish imkoni bо‘lmagan, izohlash va tushuntirishi lozim bо‘lgan,
о‘quv materialining hajmi katta bо‘lib, uni dasturda belgilangan vaqtda о‘rganish
zarur b
о‘lgan hollarda hikoya metodidan foydalanadi. Hikoya metodidan darsning
qaysi bosqichida foydalanishiga k
о‘ra hikoya metodining didaktik maqsadi turlicha
b
о‘ladi. Darsning kirish qismida foydalaniladigan hikoya metodi о‘quvchilarning
yangi mavzu mazmunini idrok qilishga tayyorlash sanaladi. Mazkur jarayonda
hikoya metodi mazmun jihatdan
о‘quvchilarda yangi mavzuni о‘zlashtirishga
bо‘lgan ehtiyojni vujudga keltirish, barqaror qiziqishni uyg‘otish, dars davomida
bajarilishi lozim
bо‘lgan о‘quv topshiriqlarining maqsadini anglashni ta’minlashga
qaratiladi. Yangi mavzuni
о‘rganish jarayonida foydalaniladigan hikoya metodi
mazmun jihatdan yangi mavzu mazmuni mantiqiy ketma-ketlikda, izchillikda
rivojlantirilib boriladi, asosiy tushuncha va atamalar alohida ta’kidlanib,
kо‘rgazmali vositalari va ishonarli misollar foydalanilgan holda bayon etiladi.
Darsning yakunlash qismida foydalanilgan hikoya metodida
о‘qituvchi о‘rganilgan
mavzu mazmuni yuzasidan asosiy fikrlarni umulashtiradi, yakunlaydi, xulosa
chiqaradi,
о‘kuvchilarga mustaqil ish topshiriqlarini tavsiya etadi. О‘quvchilarning
bilimlarini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan hikoya metodi
о‘quvchilarning muayyan mavzularni hikoya qilishini taqozo etadi.
О‘quvchilarning hikoyalari ularning ilmiy dunyoqarashi, nutq va muloqot
madaniyatini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Bunda
о‘quvchilar yangi mavzu
mazmunidagi asosiy g‘oyani ajratish,
о‘z fikrini asoslash va dalillash, qisqa va
lо‘nda, mantiqiy ketma-ketlikda bayon etish, kо‘nikmalarini egallaydi. Hikoya
74
metodini
qо‘llashning samaradorligi о‘qituvchining dars rejasini puxta tuzishi,
mavzu mazmunini yoritishning eng izchil
yо‘lini tanlashi, kо‘rgazmali vositalar,
tarqatma va didaktik materiallarni
tо‘plashi, bayonning tegishli darajadagi
kо‘tarinki ruhini ta’minlashni taqoza etadi. Hikoya metodining tarkibiga quyidagi
metodik uslublar kiradi:
О‘quv materialini jonli, obektlarga xos xususiyatlarni
bayon qilish, axborotning ilmiyligi, izchilligi, tushunarliligi, nutqning ravonligi va
ifodaliligi uslubi.
Suhbat metodi
о‘qituvchining о‘quvchilar tomonidan yangi mavzu
mazmunidagi
qonuniyat,
tushuncha
va
atamalarning
izchillikda
faol
о‘zlashtirishini ta’minlovchi puxta о‘ylangan savollar vositasida ishlashini nazarda
tutadi. Suhbat metodi yordamida
о‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan bilim va
kо‘nikmalari faollashtiriladi, tizimga solinadi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi
va yangi
о‘rganilayotgan tushuncha bilan о‘zaro aloqadorligi yoritiladi. Shuni qayd
etish kerakki,
о‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan bilimlari asosida yangi mavzuni
savollar yordamida
о‘zlashtirish imkonini beradigan mavzular suhbat metodi
vositasida
о‘rganish tavsiya etiladi. Suhbat metodi о‘quvchilarning nazariy
bilimlarni
о‘zlashtirish jarayonini yengillatish, о‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan
bilim va
kо‘nikmalari, hayotiy tajribalaridan foydalanib, qator savollar yordamida
yangi bilimlarni
о‘zlashtirish, mazkur bilimlardan amaliyotga qо‘llashni anglab
olishiga zamin tayyorlashni
kо‘zda tutadi. О‘quv materialining murakkablik
darajasi
о‘rtacha bо‘lib, mavzu mazmunini mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga
ajratish, mazkur qismlar
bо‘yicha savollar tuzish imkoni bо‘lgan, о‘quvchilarning
dastlabki bilimlari yetarli darajada, ular suhbat davomida
о‘z fikrlarini aytishlari,
asoslashlari va shu bilan bir qatorda yangi bilimlarni shunchaki eslab qolmasdan,
balki mustaqil idrok etishlari, faol egallashlari mumkin
bо‘lgan hollarda suhbat
metodidan foydalaniladi.
Suhbat metodi
о‘quvchilarning nazariy bilimlarni о‘zlashtirish uchungina
emas, balki ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, nutqini rivojlantirish,
taqqoslash, tahlil qilish, mantiqiy fikr yuritish
kо‘nikmalarini tarkib toptirishga
yordam beradi. Suhbat metodining samaradorligi
о‘qituvchining mavzu mazmunni
75
mantiqiy tugallangan qismlarga ajratish, har bir qism
bо‘yicha savollar zanjirini
tuzish, dars davomida mazkur savollardan
о‘z о‘rnida foydalanish, sinf
о‘quvchilarining bilish faoliyatini faollashtirish va savollarga javob topishga
yо‘llashi, har bir о‘quvchining rag‘batlantirishi, о‘quvchilarning esa о‘z fikrini
lо‘nda va qisqa bayon etish, dalillash kо‘nikmalarini egallaganlik darajasiga
bog‘liq
bо‘ladi. Mazkur metod tarkibiga suhbat savollarini ketma-ketlikda qо‘yish,
yordamchi va
qо‘shimcha savollarni о‘z vaqtida berish, о‘quvchilarni
faollashtirish,
о‘quvchilar javobidagi xatolarni tо‘g‘rilash, xulosa va
umumlashtirishni tarkib toptirish uslublari kiradi.
О‘quv ma’ruzasi metodidan
о‘quv materialining hajmi katta, mantiqiy tuzilishi murakkab, tushuncha va
atamalarga boy
bо‘lgan hollarda foydalaniladi.О‘quv ma’ruzasi metodidan
foydalanilganda quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim:
1. Ma’ruza mazmuni chuqur ilmiy, g‘oyaviy va mantiqiy ketma-ketlikda
kо‘rgazma vositalarga asoslangan holda bayon etilishi.
2.
О‘quvchilar uchun tushunarli, hissiyotga boy va sodda tilda yoritilishi.
3.
О‘quvchilarning yoshlik va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda 15-20
minutdan
sо‘ng qisqa mustaqil ish yoki savol-javob о‘tkazish, о‘quvchilarning
bilish faoliyati faollashgandan
sо‘ng davom ettirilishi lozim. Ta’lim jarayonida
о‘quv ma’ruzasini qо‘llash о‘qituvchidan jiddiy tayyorgarlik kо‘rishni talab etadi
va u: Dars mavzusi, maqsadi va dolzarb muammolarni aniqlashi; Tanlangan mavzu
bо‘yicha darslik, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan tanishishi;
О‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari hamda qiziqishlarini hisobga
olgan holda ma’ruza rejasi, mazmunini tuzishi; Yuqori samara beradigan
о‘qitish
vositalari va metodlarini tanlashi kerak. Ma’ruzaning muvaffaqiyatli
о‘tishi, avvalo
о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyati qanday tashkil etilganligiga bog‘liq. Unda
о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan kо‘rgazma vositalari – О‘TV,
multimedialar, tabiiy, tasviriy jihozlar va boshqa
о‘qitish vositalaridan foydalanish
hamda ma’ruza davomida
о‘quvchilar uning rejasi, mazmunini qisqa yozib olishi,
savollarga javob topishga erishishi
о‘qituvchining diqqat markazida bо‘lmog‘i
lozim.
76
Darsning kirish qismida foydalanilgan
о‘quv ma’ruzasi metodi yordamida
о‘quvchilarning diqqati jamlanadi, bilish faoliyati faollashtiriladi, bilimlarni qabul
qilishga zamin tayyorlanadi. Buning uchun ma’ruzani boshlashda uning
mazmuniga oid qiziq misollar, yorqin va hissiyotga boy voqealar keltirilib,
о‘quvchilar oldiga muammolar qо‘yiladi.
Darsning asosiy qismida foydalanilgan
о‘quv ma’ruzasi metodi о‘quv
materiali didaktik tamoyillarga amal qilingan holda ta’lim mazmuni mantiqiy
izchillikda,
kо‘rgazma vositalari – О‘TV, multimedialar, tabiiy, tasviriy jihozlar va
boshqa
о‘qitish vositalaridan foydalangan holda bayon qilishni taqoza etadi.
Darsning xulosa qismida foydalanilgan
о‘quv ma’ruzasi metodi yordamida
о‘quvchilarning bilimlari tartibga solinib umumlashtiriladi, xulosalar chiqariladi.
Ma’ruza yakunida
о‘qituvchi о‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga,
umumlashtirishga qaratilgan xulosalarni yana bir bor takrorlaydi.
Sо‘ng о‘quv
topshiriqlari yuzasidan
о‘quvchilarning javoblari tekshiriladi va jadvalning
tо‘ldirilishi kо‘zdan kechiriladi. Savol-javob, о‘quv bahsi о‘tkaziladi.
О‘qituvchining ma’ruzasi mazmuni va о‘quvchilar faoliyatining tashkil etilishiga
kо‘ra induktiv yoki deduktiv ravishda tuzilgan bо‘lishi mumkin. Ma’ruza induktiv
tuzilganda, avval
о‘quvchilar hodisa va obektlar bilan tanishtirilib, keyin umumiy
xulosa keltirib chiqariladi. Deduktiv ma’ruzada esa buning aksi
bо‘ladi, ya’ni,
avval umumiy tushunchalar beriladi, keyin obektlar va hodisalar yordamida uning
mazmuni ochib beriladi.
Mazkur metod tarkibiga
о‘quv materialini mantiqiy ketma-ketlikda bayon
qilish, muammolarni
qо‘yish, obektlarni aniqlash, taqqoslash, xulosa chiqarish,
umumlashtirish,
о‘quvchilarning diqqatini jalb qilish uslublari kiradi. Kо‘rgazmali
metodlar guruhi.
О‘qitish jarayonida kо‘rgazmali metodlarning qо‘llanilishi, о‘quv
materiali mazmunidan kelib chiqqan holda obektlar va hodisalarni hissiy idrok
etish, ularni taqqoslash,
о‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash, umumlashtirish,
sintezlash, xulosa yasashga imkon beradi.
Kо‘rgazmali metodlar о‘qitish
jarayonida og‘zaki, amaliy, mantiqiy, muammoli metodlar bilan uyg‘un holda
qо‘llaniladi.
77
Masalan,
о‘quvchilarga kо‘rgazma asosida о‘quv materialini о‘rganish
bо‘yicha topshiriqlar о‘qituvchi tomonidan og‘zaki beriladi. Topshiriqlarni
bajarish jarayonida
kо‘rgazmalilik amaliy metodlar bilan birikib ketadi, darsda
vujudga kelgan muammoli vaziyatlarni hal etishda muammoli metodlar bilan
mujassamlashib ketadi.
О‘qitish jarayonida kо‘rgazmali metodlardan о‘z о‘rnida
va samarali foydalanishning quyidagi afzalliklari mavjud:
о‘quvchilarda
kо‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirish, о‘quvchilarning bilish faoliyatini
faollashtirish, aqliy faoliyat usullarni egallash;
о‘rganilayotgan nazariy masalalarni
aniqlashtirish, darsda bevosita kuzatish imkoni
bо‘lmagan hodisa va jarayonlarni
modellashtirish; biologik obektlarni kuzatish, ular ustida tajribalar
о‘tkazish,
olingan nazariy bilimlarni amaliyotga
qо‘llash, о‘rganilgan hodisalarni sxema,
jadvallar asosida aniqlashtirish va tasniflash imkonini beradi.
Biologiyani
о‘qitishda foydalaniladigan kо‘rgazmali vositalar sirasiga
quyidagilar kiradi: tabiiy va tirik obektlar – gerbariylar, kolleksiyalar, mikro va
hо‘l preparatlar, xona о‘simliklari, tirik tabiat burchagida boqiladigan hayvonlar va
h.k; real obektlarni aks ettiruvchi maxsus tayyorlanadigan tasviriy vositalar –
jadvallar, sxemalar, rasmlar, modellar, mulyajlar va boshqalar;
kо‘rgazmalilikning
shartli-ramziy vositalari – biogeografik oblastlarning kartalari, globuslar;
о‘qitishning texnik vositalari – о‘quv kinofilmi, diafilm, diapozitivlar,
videolavhalar va h.k.
о‘qitishning multimediali vositalari – EHM ning ta’lim
dasturlari, elektronversiya va darsliklar, ovoz, animatsiya, dinamik harakat va uch
kо‘lamli tasvirni о‘zida mujassamlashtirgan multimedialar va h.k. Kо‘rgazmali
metodlar tarkibiga tabiiy va tirik obektlar, tasviriy
kо‘rgazma, ekran vositalari,
EHMning
kо‘rgazmali dasturlari, multimedialarni namoyish qilish metodlari kirib,
muayyan holda quyidagi
kо‘rgazmali vositalarni namoyish qilish, illyustratsiya,
demonstratsiya,
о‘quv kinofilmlari, videofilmlar, EHMning ta’limiy,
modellashtirilgan dasturlari, elektron darsliklar, multimedialarni namoyish qilish,
kо‘rgazmaning did va estetik talablarga javob berishi, dars mazmunini yoritish,
ketma-ketlikda
о‘quvchilar faoliyatini tashkil etish uslublaridan tashkil topadi.
78
Amaliy metodlar guruhi.
О‘quvchilarning о‘zlashtirgan nazariy bilimlarini
amaliyotda
qо‘llash, о‘quv va mehnat, kо‘nikma hamda malakalarini
shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini
о‘stirish, hayotga tayyorlash, kasbga yо‘llash
imkonini beradi. Ushbu metod
о‘qitish jarayonida kо‘rgazmali, muammoli,
og‘zaki metodlar bilan uyg‘unlashgan holda
qо‘llaniladi. О‘quvchilar tomonidan
bajariladigan amaliy ishlar bilim manbai b
о‘lib xizmat qiladi. Buning uchun
о‘kituvchi amaliy ishlarning maqsadini aniqlashi, maqsadga erishish uchun zarur
b
о‘ladigan kо‘rgazmali vositalarni tanlashi, о‘quv topshiriqlarini aniq tuzishi
lozim. Amaliy ishlarni bajarish uchun beriladigan
о‘quv topshiriqlari mazmunan
aniq, ixcham, tushunarli va maqsadga y
о‘naltirilgan bо‘lishi zarur. Bu metodlar
guruhiga tabiiy obektlarni tanib olish va aniqlash, kuzatish, biologik tajribani
tashkil etish va
о‘tkazish, о‘simliklarni parvarish qilish va hayvonlarni boqish kabi
metodlar kirib, ular mos holda, obektlarni tanib olish va aniqlash, kuzatish va
tajribalar
о‘tkazish, о‘quvchilarga amaliy ishning borishini bayon qilish, amaliy
ishlarni bajarish rejasini tuzish, amaliy ish topshiriqlarini bajarilishini nazorat
qilish, topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil qilish,
о‘z-о‘zini nazorat qilish,
amaliy ish, kuzatish va tajribalarni yakunlash va rasmiylashtirish uslublaridan
iborat b
о‘ladi.
Tabiiy obektlarni tanib olish va aniqlash metodi biologiyani
о‘qitishda
yetakchi mavqeiga ega, chunki botanika darslarida
о‘simlik organlari, о‘simlik
turi, turkumi, oilasi, sinfga mansubligi aniqlanadi. Buning uchun
о‘qituvchi yetarli
darajadagi tarqatma va didaktik materiallar, gerbariylar, o’quv qo’llanmalari
tayyorlangan
bо‘lishi va ulardan о‘z о‘rnida samarali foydalanishi lozim.
Zoologiya darslarida hayvonlarning organlari, ularning vazifalarini bilish
bilan bir qatorda hayvonlarning qaysi tip, sinf, turkum, oilaga mansubligini
aniqlaydi. Mazkur metodning samaradorligi hayvonot olamining turli-tumanligini
aks ettiruvchi hayvonlar va ularning organlaridan tayyorlangan
hо‘l preparatlar,
mulyajlar, tulumlar, o’quv qo’llanmalar kabi didaktik va tarqatma materiallarning
mavjudligini taqozo etadi. Mazkur metoddan faqat biologiya darslaridagina emas,
balki darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va ekskursiyalarda
79
ham keng
qо‘llaniladi. Kuzatish metodi – bu tirik organizmlarda boradigan
jarayonlar va tabiat jismlarida sodir
bо‘ladigan hodisalarni о‘quvchilarning
maqsadga muvofiq holda idrok etishi hisoblanadi. Bu metodda
о‘quvchilarning
kuzatishi b
о‘yicha tо‘plangan ma’lumotlari bilim manbai sanaladi. Kuzatish
metodidan biologiyani
о‘qitishning barcha shakllarida foydalaniladi. Kuzatish
metodidan dars jarayonida foydalanilganda
о‘quvchilar dars mazmuniga oid
k
о‘rgazma vositalarini mustaqil kuzatadilar, natijada kuzatish obektlaridagi о‘ziga
xos xususiyatlarni isbotlovchi dalillarga ega b
о‘ladilar. Bunday kuzatish qisqa
muddatli b
о‘lib, ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Biologik tajribalarni
о‘tkazish metodi – о‘z ichiga biologik obektlarni tanish
va aniqlash, kuzatishlarni qamrab oladi, lekin mazmuni jihatdan ulardan farq
qiladi. Biologik tajribalarni
о‘tkazish о‘kuvchilarni о‘rganilayotgan jarayon yoki
hodisaning mohiyatini anglashga, ular
о‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini
tushunishga, biologik qonuniyatlarni
Dostları ilə paylaş: |