Mustahkamlash uchun savollar:
1.О‘qitishning og‘zaki bayon metodlari guruhiga qaysi metodlari kiritilgan?
2.Hikoya metodining mohiyatini tushuntiring?
3.Suhbat metodi hikoya metodidan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
4.О‘quv ma’ruzasi metodi qо‘llash uchun о‘qituvchi e’tiborini nimalarga
qaratishi zarur?
81
12-§ B
IOLOGIYA О‘QITISHNING FAOL METODLARI
Interfaol
inglizcha interakt
sо‘zidan olingan bо‘lib
, inter-
hamkorlikda
akt-
harakat qilmoq ma’nosini bildiradi. Interfaollik deganda
о‘quvchining о‘quvchi
bilan hamkorlikda yoki kompyuter bilan muloqoti
о‘zaro ta’sir kо‘rsatish rejimida
ishlashi tushuniladi.
Interfaol
о‘qitish – bu avvalo dialog tarzda о‘qitish, muloqot jarayonida
barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni hal etilishidir.
Interfaol
о‘qitishning asosiy mohiyati – о‘qitish jarayonida barcha о‘quvchilar
bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan
muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni
anglaydi, uni hal etish
yо‘llarini izlab, eng maqbul variantni tavsiya etadi. О‘quv
materialini
о‘rganish, muammoni hal etish bо‘yicha turli variantdagi yechimni
tavsiya etishga asoslangan bilish jarayonida
о‘kuvchilarning hamkorligi har bir
о‘quvchiga, guruh muvaffaqiyati uchun о‘z ulushini qо‘shishga, ular о‘rtasida fikr,
axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu hamkorlik samimiy,
qulay ijtimoiy psixologik,
о‘zaro yordam muhitida sodir bо‘lganligi uchun,
о‘quvchilar nafaqat yangi bilimlarni о‘zlashtiradilar, balki о‘zining bilish
faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga
kо‘tarib, hamkorlikka kirishishga
imkon beradi.
О‘qitish jarayonida interfaol usullarni qо‘llash jarayonida о‘quvchilarning
о‘zaro muloqotga kirishishini tashkil etish va boshqarishni taqoza etadi, bunda
о‘quvchilar hamkorlikda izlanib umumiy, shu bilan bir qatorda har bir о‘quvchi
uchun ahamiyatga molik
bо‘lgan muammoni hal etishga kirishib ular о‘rtasida bir-
birini tushunish, hamkorlikda ishlash va hamjihatlik vujudga keladi. Interfaol
usullardan foydalanilgan darslarda bitta
о‘quvchining ustunlik qilishi, uning о‘z
fikrini
о‘tkazishiga yо‘l qо‘yilmaydi.
Interfaol usullar
qо‘llanilganida о‘quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot
manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish,
о‘rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada
ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish
kо‘nikmalarini egallaydi.
82
О‘qitishning interfaol metodlarining quyidagi xususiyatlari mavjud:
Insonning muhim hayotiy ehtiyoji b
о‘lgan muloqot – о‘qitish jarayonining
barcha bosqichlarida q
о‘llaniladi. О‘qitish jarayonida о‘quvchilarga о‘z kuchi,
bilimi, iqtidorini namoyon etishga teng imkoniyatlar beriladi.
О‘quvchilarning
kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy-psixologik jihatdan qulay muhit
yaratilib, muloqotda bosqichma-bosqich va samarali ishtirok etishga zamin
tayyorlanadi.
О‘quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari yetarli
emas, balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli
bо‘lishiga erishish lozimligini anglaydilar. О‘quvchilar bilan hamkorlikda, kichik
guruhlarda ishlashi orqali
qо‘yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan
natijalarni tahlil qilish, ularning
tо‘g‘riligini tekshirib kо‘rish, taqdim etish va
boshqa guruhlar tomonidan e’tirof etishlariga erishishlari lozim.
Biologiyani
о‘qitishda foydalaniladigan faol metodlar guruhiga о‘qitishning
muammoli-izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil ishlash metodlari,
о‘quvchilar faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari, nazorat va о‘z-о‘zini
nazorat qilish metodlari kiradi.
Faol metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib,
о‘quvchilarning kichik
guruhlarida hamkorlikda ishlab, muammoni hal etish, murakkab savollarga javob
topish jarayonida alohida obekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish
kо‘nikmalari va
bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Shu
sababli, biologiyani
о‘qitishda о‘qitishning reproduktiv metodlari bо‘lgan og‘zaki
bayon,
kо‘rgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda muammoli izlanish va
mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun
о‘qituvchi mazkur metodlarning о‘ziga xos xususiyatlari, ular tarkibiga kiradigan
metodik uslublarni
tо‘g‘ri anglashi va о‘z о‘rnida samarali foydalanish
kо‘nikmalarini egallagan bо‘lishi lozim. Muammoli izlanish metodlari dars
davomida izchil va maqsadga
yо‘naltirilgan holda vujudga keltirilgan muammoli
vaziyatlarni
о‘quvchilar avval о‘zlashtirgan bilim va kо‘nikmalarini yangi
vaziyatlarda
qо‘llashi orqali о‘quv materialini faol о‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
83
Bu metodlar guruhi
о‘quvchilarning aqliy rivojlanishi, ijodiy va mustaqil fikr
yuritish
kо‘nikmalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va undan
chiqishning eng maqbul
yо‘lini topishi, mо‘ljalni tо‘g‘ri olishiga zamin
tayyorlaydi.
Muammoli izlanish metodlari guruhiga mansub muammoli-izlanish
xarakteridagi suhbat metodidan foydalanganda, avval muammoli vaziyatlar
yaratiladi, avvaldan tayyorlangan muammoli savollar zanjiri bayon etiladi,
о‘kuvchilarning о‘qituvchi bilan birgalikda mantiqiy mulohaza yuritishiga, о‘quv
farazlarini hosil qilish va isbotlash, suhbat jarayonida muammoli savollarga javob
topishiga imkon yaratiladi. Muammoli hikoya metodida,
о‘qituvchi yangi mavzuni
о‘rganish jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratadi, о‘quvchilar bilan
hamkorlikda hikoya jarayonida muammoli savollarga javob topishga,
о‘quv
farazlarini hosil qilish va dalillashga imkon yaratiladi,
о‘quvchilarning javoblari
asosida muammolar hal etiladi.
Muammoli-amaliy metoddan foydalanganda muammoli topshiriqlar tuziladi,
shu asosda tajribalar
о‘tkaziladi, muammoli vaziyatlarni xal etish yuzasidan о‘quv
farazlarini hosil qilinadi va
о‘quv-tadqiqot tajribalari о‘tkazilib, о‘quv xulosalari
va umumlashmalarini ta’riflab muammolar hal etiladi.
Muammoli metodlardan foydalaniladigan darslarni keyingi yillarda yangi
nom bilan (“Tafakkur
bо‘roni” B.R.Qodirov), (“Miyaga hujum”, “Fikrlar
tо‘qnashuvi”, “Fikrlar jangi” V.M.Karimova, F.A.Akramova), (“Aqliy hujum”
J.G‘.
Yо‘ldoshev) nomlash rasm bо‘ldi.
Muammoli metoddan foydalanilgan dars (“Aqliy hujum”) quyidagi bosqich
asosida tashkil etiladi:
Dostları ilə paylaş: |