O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

 
 
 
 
140 


Ekskursiyani 
о‘tkazish usuli. 
Biologiyadan ekskursiya 
о‘tkazishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
Ekskursiya 
о‘qituvchini kirish suhbati bilan boshlanadi. Bunda ekskursiya 
mavzusi, maqsadi va 
о‘tkazish tartibi tushuntiriladi. Keyin о‘quvchilar guruhlarga 
b
о‘linib, ularning har biriga mustaqil ish tо‘g‘risida tegishli topshiriq beriladi. 
Ekskursiya 
jihozlari 
о‘quvchilarga 
javobgarligi 
tayinlangan 
holda 
taqsimlanadi.Maktabda ekskursiya joyiga borish har xil b
о‘lishi mumkin. 
Transport harakati k
о‘p bо‘lgan shaharlar va qishloq kо‘chalaridan о‘quvchilar 
tashkiliy ravishda borishlari ma’qul. Dala k
о‘chalari va sо‘qmoq yerlardan erkin 
holda yurishga ruhsat beriladi. Ekskursiyaning asosiy qismi ekskursiya joyidagi 
obektlarni 
о‘rganishdir. Bunda avvalo ekskursiya joyining xarakteri (bog‘, park, 
dala, 
о‘tloq, suv havzasi, qir va xokazo) aniqlanadi.
О‘quvchilar 
e’tibori 
tabiatning jumladan 
о‘simlik va xayvonlarning mavsumiy xolati va har joyning 
о‘ziga xos gо‘zalligiga estetik tomonlarga qaratiladi. 
Ekskursiya joyidagi obektlar 2 xil usul: Illyustratsiya va mustaqil ishlar 
tashkil qilish usuli bilan 
о‘rganiladi. Illyustratsiya usuli – о‘qituvchining 
ekskursiya joyidagi obektlarni frontal ravishda k
о‘rsatish tushuntirib berishni 
nazarda tutadi. Bunda 
о‘qituvchi о‘simlik va hayvonlarni, ularning ayrim 
qismlarini, hayot xodisalarini izchillik bilan birma-bir k
о‘rsatib, о‘quv materialini 
tushuntiradi, ayrim masalalar esa suhbat y
о‘li bilan hal qilinadi. 
Ekskursiya joyini mustaqil ishlar uyushtirish usuli – bilan 
о‘rganadilar 
о‘quvchilar mо‘ljallangan о‘simlik yoki hayvonni mustaqil о‘rganiladilar, material 
yig‘adilar. Bu ishlar yuzasidan 
о‘quvchilar tegishli topshiriq olgan bо‘lishlari 
kerak. Topshiriq aniq, qisqa va 
о‘quvchilar uddalay oladigan bо‘lishi kerak. Bu 
topshiriqlar quyidagicha b
о‘lishi mumkin: 
1.Ekskursiya davomida 
о‘quvchilarning maxsus daftar yuritishlari zarur. Ular 
daftarga 
о‘zlari olib borgan kuzatish natijalarini о‘rganilgan va yig‘ilgan о‘simlik 
yoki xayvonning nomlari, xarakterli belgilari va xususiyatlari, qanday sharoitda 
uchragani, hamda boshqa tafsilotlarni yozib boradilar. 
141 


2.Ekskursiya obektlarini 
о‘rganish oxirida mashg‘ulotga dastlabki yakun 
yasaladi, bunda 
о‘rganilgan о‘quv materiali qisqacha takrorlanadi, mustaqil ish 
bо‘yicha topshiriqlarning qanday bajarilganligi tо‘g‘risida zveno (gruppa) 
boshliqlarining axborotlari tinglanadi, 
о‘kuvchilar faoliyatidagi ijobiy va salbiy 
tomonlar qayd qilinadi. 
3.Ekskursiya davomida yoki unga yakun yasalayotganda 
о‘quvchilar 
mavzuga bevosita aloqador 
bо‘lmagan xilma-xil savollar berishlari mumkin. 
Bunday xollarda qanday 
yо‘l tutish kerak? Agar har qanday savollarga tо‘liq javob 
beriladigan 
bо‘lsa, asosiy mavzudan chekinishga tо‘g‘ri keladi. Javob qisqa va 
aniq 
bо‘lsin. 
4.Ekskursiyadan qaytish unga borish tartibida 
bо‘ladi; ekskursiyaning 
yakunlanishi ham albatta tashkiliy ravishda 
bо‘lmog‘i lozim. О‘qituvchi 
ekskursiyaning tamom 
bо‘lganligi tо‘g‘risida e’lon qiladi. Eng yaxshisi
ekskursiyani maktabga qaytib kelgandan keyin tugallangani ma’qul. 
5.Ekskursiyadan yig‘ib kelingan materiallar ularni kelgusida 
о‘rganish uchun 
tartibga solinadi. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin