Darsni savollar asosida olib borish metodi
– o’quv rejasi bo’yicha savol –
javoblar yordamida talabalarni o’quv
jarayoniga jalb etish, ularda fikr – mulohaza
yuritish, o’qish, o’rganish, o’z fikrini izohlashga ishtiyoq uyg’otadigan metod.
Delfa metodi
– o’quvchi – talabalarni ijodiy fikr yuritish, bildirilgan fikrlarni
taqqoslab, baho berish ko’nikmalarini shakllantirishga o’rgatadigan metod.
Didaktika
– Yunon- didaklikos – o’qitadigan, o’rgatadigan –
pedagogikaning
bilim olish, ta’lim tarbiya nazariyasiga oid tarkibiy qismi. Didaktika < nima>? va
nima uchun? o’qitish kerak degan savollar bilan shug’ullanadi.
Dunyoqarash
– shaxsning tafakkur tarzi va yo’nalishini aks ettiruvchi qarashlar,
e’tiqod hamda fikr - o’ylar tizimi.
Dostları ilə paylaş: