Qiziqish – shaxs harakatiga sabab bo’ladigan faoliyat yo’nalishining ongli
shakli.
Yakunlovchi davlat attestatsiyasi – bakalavr yoki magistr darajasiga
qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq holda ma’lum talab va tartiblar vositasida
bitiruvchi tomonidan ta’lim dasturining bajarilishi sifatini baholash.
Yaxlit pedagogik jarayon – tarbiya jarayonida ta’lim va ta’lim jarayonida
tarbiya berishning o’zaro singib ketgan, yaxlit holga kelgan jarayoni.
O’zlashtirish – 1) o’ziga singdirish, tushunish, bilish, 2) muayyan bilim,
ko’nikma, malakalarni egallashga qaratilgan jarayon; 3) ijtimoiy tajriba natijalari
bilan shaxsiy tajriba natijalarini qo’shilishi.
O’qitish – o’qituvchining ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga
qaratilgan faoliyati. O’qitish: 1) ta’limning o’ziga xos usuli bo’lib, shaxsga nazariy
va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) o’quvchi
va o’qituvchi, o’quvchining boshqa o’quvchilar bilan aloqasi natijasio’laroq atrof –
muhit qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o’rganilish usullarini bilishning
muntazam boshqarilish jarayoni.
Maqsad – faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov – foydali ish qilgan shaxsni, jamoani og’zaki taqdirlash.
Metodika – pedagogikaning tarkibiy qismi bo’lib, shaxsni shakllantirishda
muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to’g’risidagi hamda ta’lim-
tarbiyaberishning mazmuni, shakli va metodlari, qisqacha aytganda, ilmiy bilish
faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan.
Metodologiya – 1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi ta’limot; 2) biror fanda,
shu jumladan, pedagogikada qo’llaniladigan metodlar majmui.
212