Ko’nikma –
o’rganish natijasida qo’lga kiritilgan, biror harakatni nazoratsiz,
avtomatik tarzda bajarish qobiliyatlari.
Laboratoriya ishi
– asbob-uskunalar va boshqa texnik moslamalardan
foydalangan holda tajribalar o’tkazish, biror hodisani maxsus jihozlar yordamida
o’rganish.
Loyihalash metodi –
o’rganislishi lozim bo’lgan mavzu, muammo, maslani
aniqlab, uni yechish uchun kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish,
qo’yilgan maqsadni va uni bajarish qanday natijaga olib kelishini loyihada aks
ettirish hamda uni amalga oshirishni o’rgatadigan metod.
Mavzuni o’rganishdan qo’yilgan maqsad –
mavzuni o’rganish tufayli
erishiladigan natijani oldindan fikran belgilash.
Malaka –
shaxsning o’zi egallagan bilimlari asosida ma’lum bir faoliyatni
yangi sharoitdagi yangiliklar bilan birga, samarali bajarish qobiliyati.
Malaka amaliyoti –
o’quv jarayonining nazariy bilimlarni mustahkamlash,
amaliy ko’nikma va uquv hosil qilish, ta’lim dasturining ma’lum yukuni, qismidagi
mavzu bo’yicha materiallar to’plash uchun o’tkaziladigan qismi.
Masala yechish metodi –
berilgan raqamlar
,
dalillar, hujjatlar asosida hisob-
kitob qilish orqali noma’lum natijani topish, uni tahlil qilish va xulosa chiqarishni
o’rgatadigan metod.
Masofadan (distension) o’qitish –
talabani mustaqil bilim olishga asoslangan
ta’lim jarayonini yangicha tashkil etish bo’lib, ko’pincha yoki doimo o’qituvchidan
vaqt va masofa jixatidan ajralgan holda, o’quv materialini xatlar, topshiriqlar yoki
audiovisual vositalar orqali mustaqil o’rganishdir.
Dostları ilə paylaş: