13-§ BIOLOGIYANING
О‘QITISH VOSITALARI
1.
О‘qitish vositalarining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.
Bevosita idrok qilish mumkin
bо‘lgan narsalar asosida olib boriladigan ta’lim
kо‘rgazmali ta’lim deb ataladi. Ta’lim berish vositalarning roli benihoyat katta.
Atoqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy bolani esida biror narsaning mahkam
о‘rnashib
qolishini xohlovchi pedagog bolaning sezgi a’zolarini mumkin qadar
kо‘prog‘ini:
kо‘zi, qulog‘i,
tovush organi, muskul sezgi va xatto iloji bо‘lsa xidlash va ta’m
bilishi organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishiga harakat qilishi
kerak degan edi.
Kо‘rgazma vositalari ta’limini ongli bо‘lishida
nihoyatda katta ahamiyatga
ega. Biologiya hayot
tо‘g‘risidagi fan. Binobarin biologiya о‘qitish
jarayonida
tabiiy
kо‘rgazmali vositalar-о‘simliklar, xayvonlar, zamburug‘lar,
prokariot
organizmlardan keng foydalanish tabiiy bir hol.
Kо‘rsatmali ta’lim faqat tabiiy
kо‘rgazma
vositalarigina emas, shu bilan tasviriy kо‘zgazmali vositalariga ham
asoslanadi.
Kо‘rsatmali vosita bо‘lgan taqdirdagina о‘quvchi
tabiatdagi narsa va
xodisalarni
о‘zaro taqqoslashi, ularning о‘zaro о‘xshashliklari,
tafovutlarini
aniqlay olishi mumkin.
Kо‘rgazmali vositalar yordamida о‘quvchi о‘rganilgan
о‘quv materialini analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish konkretlashtirish,
sistemalashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy operatsiyalarni amalga oshirishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: