O’zbekiston Respublikasi Xalq


 Biologik ta’limning maqsad va vazifalari



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

 
2. Biologik ta’limning maqsad va vazifalari. 
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlaridagi biologik ta’lim umumiy pedagogik 
jarayonining ajralmas tarkibiy qismi sifatida ta’limning umumiy maqsadlariga 
muvofiq о‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlanishiga, tarbiyalanishiga 
yо‘nalgan bо‘ladi.
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’lim vazifalari qо‘yidagilar 
bо‘lib: о‘quvchilarni asosiy biologik tushunchalar, yetakchi g‘oyalar, ilmiy dalillar, 
qonunlar, nazariyalar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasiga oid 
bilimlar bilan tanishtirish; tirik tabiat uning taraqiyot tufayli organizmlarda paydo 
bо‘lgan moslanish mexanizmlari haqida ma’lumot berish; о‘quvchilarni 


61 
organizmlarning hayoti, ularning shaxsiy va tarixiy rivojlanishining asosiy 
qonunlari bilan qurollantirish hayot tuzilishining turli: molekula, hujayra, 
organizm, populyatsiya – tur, biogeostenoz, biosfera darajalari bilan tanishtirish; 
tabiatga uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda bо‘lish fazilatlarini 
о‘quvchilar ongiga singdirish; о‘quvchilarni о‘zlarining va о‘zgalarning 
salomatligini saqlashga, sog‘lom turmush tarzini tarkib toptirishga yо‘naltirish; 
biologiya ta’lim mazmunini hozirgi ijtimoiy hayot, fan – texnika taraqqiyoti bilan 
mustahkam bog‘lanishini ta’minlash asosida о‘quvchilarning kasb tanlashga ongli 
ravishda yо‘naltirish; biologiya ta’lim mazmunini qadimda yashab jahon fani -
madaniyatiga ulkan xissa qо‘shgan va hozirgi davrda yashayotgan biolog olimlar 
faoliyati bilan bog‘lash orqali о‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan 
iboratdir.
 
3.Biologik ta’lim mazmuni va tarkibiy qismlari. 
Har qanday о‘quv fanini о‘qitishda uning mazmuni nihoyatda katta 
ahamiyatga ega bо‘ladi. Unga asosiy sabab о‘quv fani mazmuni о‘sha fanning 
о‘ziga xos yо‘nalishini, о‘qitish tizimini, metodlarini, vositalarini belgilab beradi. 
О‘quv fanining mazmuni о‘quv dasturlari, darsliklari, о‘quv qо‘llanmalari orqali
konkretlashtiriladi
.
Umumiy о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’limning tarkibiy qismlari 
bо‘lib, botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi hamda stitologiya, 
biokimyo, genetika, evolyustion ta’limot o’quv qo’llanmasidan iborat bо‘lgan 
umumiy biologiya о‘quv fanlari hisoblanadi. Mazkur о‘quv fanlarida turli xil 
о‘simliklar, xayvonlar, odamlarning tashqi, ichki tuzilishi hayot faoliyati, tashqi 
muhit bilan bog‘liqligi tо‘g‘risida hamda hujayraning uning organoidlarining 
tuzilishi, funksiyasi, irsiyat о‘zgaruvchanlik evolyustion ta’lim va shu kabi bilimlar 
berqiladi. Maktab biologiya ta’limini ayrim о‘quv fanlariga ajratish qonuniy bо‘lib, 
kо‘p yillik pedagogik tajribalar asosida о‘zini oqlagan. Biroq biologik ta’limning 
turli о‘quv fanlariga ajralishi tirik tabiatdagi narsa xodisalarni alohida-alohida 
о‘rganishga emas, balki ularning bir butunligini, о‘zaro bog‘liqligini ifoda etgan 
holda о‘qitilishini taqozo qiladi. Biologiya о‘quv fanining tarkibiy qismlariga 


62 
birinchi navbatda ilmiy tushunchalar kiradi. Ular biologiyaning ayrim sohalariga 
oid xususiy va biologiyaning barcha sohalariga xos bо‘lgan umumiy biologik 
tushunchalardan tashkil topadi. Ana shunday umumiy biologik tushunchalar 
qatoriga organizmlarning hujayraviy tuzilishi, modda va energiyaning almashinuvi, 
organizm va muhitning о‘zaro birligi, irsiyat о‘zgaruvchanlik organik olam 
evolyustiyasi tushunchalari kiradi. Biologiya о‘quv fani mazmunining yana bir 
komponenti bо‘lib g‘oyalar hisoblanadi. Biologiya ta’lim mazmunida о‘quvchilar 
ongiga organik olam evolyustiyasi, tirik tabiat tuzilishining har darajada ekanligi, 
organ tuzilishi bilan funksiyasining о‘zaro bog‘liqligi, biologik sistemalarning 
tabiiy muhit bilan aloqadorligi, о‘z-о‘zini boshqarish va nihoyat nazariya bilan 
amaliyotning birligi kabi g‘oyalar singdiriladi. Biologiya о‘quv fanining 
mazmunini yana bir komponenti bо‘lib biologik qonunlar hisoblanadi. Ana 
shunday biologik qonunlardan о‘quvchilar Mendel va Morganning irsiyat 
qonunlari, Ber qonuni, Xardi-Vaynberg qonuni, V.I.Vernadskiyning atomlarning 
biogen migrastiyasi qonuni kabilar bilan tanishadilar. Biologiya fan mazmunining 
yana bir komponenti ilmiy nazariyalardir. Umumiy о‘rta ta’lim biologiya о‘quv 
ta’lim mazmuniga CH.Darvinning organik olamning evolyustion nazariyasi, 
A.N.Severstovning 
filembriogenez 
nazariyasi, 
T.Morganning 
xromosoma 
nazariyasi va nihoyat hozirgi zamon gen nazariyasi kiritilgan. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin