67
о‘rganish ustuvor bо‘ladi. О‘qitish jarayonining asosini о‘quvchilarning о‘quv
topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat tashkil etadi.
О‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va
ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yо‘nalish sanaladi. Fikr yuritishning bu
ikki tipi bir-birini tо‘ldiradi va taqozo etadi. Tanqidiy fikr yuritish shaxsning
voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga
quyidagilar kiradi: Tahliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni
tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni chog‘ishtirish).
Tabiiy –ilmiy savodxonligi; hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi
mumkin bo’lgan muammolarni aniqlash, kuzatish va tajribalar asosida xulosalar
chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushunish va inson
faoliyati natijasida unda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni anglab yetish, shunga
ko’ra kerakli qarorlar qabul qila olish ko’nikmasini rivojlanishiga imkon yaratadi.
Dostları ilə paylaş: