I – bosqich
. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bо‘lgan о‘quvchilar-
dan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish.
II – bosqich
. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bо‘lgan
о‘quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriq
ning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
III – bosqich
. О‘quvchilarning bilish faoliyatini о‘quv muammolarini
86
hal etishga yо‘naltirish.
IV – bosqich
. О‘quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bо‘yicha
axborotlarini tinglash.
V – bosqich.
Kichik guruhlar о‘rtasida о‘quv bahsi va munozara
о‘tkazish.
VI – bosqich.
Umumiy xulosa yasash.
“Aqliy hujum”
da о‘quvchilar avval о‘zlashtirgan bilimlarini yangi
vaziyatlarda qо‘llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat
usullarini egallaydi. Bu metodlar muammoli vaziyatlarni yaratish, muammoli
savollar zanjirini tuzish, muammoli topshiriqlar tuzish va tajribalar о‘tkazish,
muammoli vaziyatlarni xal etish yuzasidan о‘quv farazlarini hosil qilish, о‘quv
farazlarini isbotlash, obektlarni taqkoslash, mantiqiy mulohaza yuritish, о‘quv-
tadqiqot tajribalarini о‘tkazish, о‘quv xulosalari va umumlashmalarini ta’riflash
uslublarini о‘z ichiga oladi.О‘qitishning mantiqiy metodlari guruhi. Mazkur metod
о‘quv materiali mazmunining yо‘nalishini belgilab, о‘quvchilarning bosh g‘oyani
ajratish, о‘rganilayotgan obektni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish
kо‘nikmalari, aqliy faoliyat usullarini egallash, abstrakt tafakkurni rivojlantirish,
sabab-oqibat bog‘lanishlarni anglash imkonini yaratadi.
О‘qitishning mantiqiy metodlari guruhiga induktiv, deduktiv, tahlil, bosh
g‘oyani ajratish, qiyoslash, umumlashtirish metodlari kiradi. Induktiv metodda –
о‘quvchilarning e’tibori avval xususiy faktlarni о‘rganishga jalb qilinadi, sо‘ngra
xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yо‘naltiriladi. Deduktiv metodda
о‘quvchilar avval umumiy qonunlarni о‘rganadi, sо‘ngra umumiydan xususiy
xulosa chiqarishga о‘rgatiladi.
О‘quvchilar tahlil metodi yordamida axborotni anglab idrok etadi, о‘rganilgan
obektlarning о‘xshashlik va farqli tomonlarni aniqlaydi, о‘rganilgan obektlarni
tarkibiy qismlarga ajratib, ular о‘rtasidagi boshlanishlar, sabab oqibatlarni
aniqlaydi. Bosh g‘oyani ajratish metodi muhim ahamiyat kasb etib, о‘quv
materialidagi asosiy g‘oyani ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan
fikrli qismlarga ajratish, asosiy g‘oya va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch
87
sо‘zlar va tushunchalarni ajratish, asosiy fikr haqida xulosa chiqarishga zamin
tayyorlaydi.
О‘quvchilar qiyoslash metodi vositasida, о‘quv topshiriqlarida berilgan
qiyosiy obektlarni aniqlash, obektlarning asosiy belgilarini aniqlash, taqqoslash,
о‘xshashlik va farqlarni aniqlash, qiyoslash natijalarini shartli belgilar bilan
rasmiylashtirishga о‘rganadi. Umumlashtirish metodi muammolarni hal etish
jarayonida о‘quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash, qiyoslash, dastlabki
xulosalar, hodisaning rivojlanish dinakmikasini tasavvur qilish, umumlashtirish
natijalarini shartli belgilar yordamida rasmiylashtirish, umumiy xulosa chiqarishga
zamin tayyorlaydi. Mazkur metodlar mos holda:
Dostları ilə paylaş: |