88
Mustaqil ish metodlari guruhiga darslik, qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari va
kо‘rgazma vositalari ustida mustaqil ishlash metodlari kiradi.
mustaqil ishlash
metodining о‘ziga xos xususiyatlaridan biri о‘quvchilarning о‘quv topshiriqlarini
о‘qituvchining bevosita boshqaruvisiz bajarishidir. Mustaqil ishlash metodida
о‘quvchilarning mustaqil о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish
nazarda tutiladi. Mazkur metodda darslik, qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari,
kо‘rgazma vositalari ustida mustaqil о‘tkazilgan kuzatish va tajriba natijalari,
masala va mashqlar ishlash bilim manbai sanaladi. Barcha metodlar kabi mustaqil
ishlash metodining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasi mavjud.
Ta’limiy vazifasi sifatida – о‘quvchilarning bilim va kо‘nikmalarni mustaqil
egallashlari,
bilimlarni
chuqurlashtirish,
mustahkamlash
va
takrorlashni
ta’minlashini qayd etish mumkin. Ular о‘quvchilarning amaliy о‘quv kо‘nikmalari
va malakalarni yaxshi о‘zlashtirishlarida
ayniqsa qimmatga ega, chunki mustaqil
harakatsiz kо‘nikmalarni avtomatlashgan va ijodiy xarakterdagi malaka darajasiga
kо‘tarib bо‘lmaydi.
Tarbiyaviy yо‘nalishdagi vazifasi о‘kuvchilarda mustaqillik, bilish faolligi,
ma’naviyat, faol hayotiy pozitsiyani egallash, mehnatsevarlik va insoniy
fazilatlarni tarkib toptirishga yordam beradi. Rivojlantiruvchi yо‘nalishdagi
vazifasi – о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, tafakkuri, kо‘nikma va malakalarni
rivojlantirishga yordam beradi, irodani chiniqtiradi.
Mustaqil ishlash metodlari tarkibiga mustaqil ish topshiriqlarini berish, о‘quv
faoliyatida mustaqillikni rivojlantirish, о‘quv mehnati malakalarini tarkib toptirish,
namunaga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish, ijodiy topshiriqlar berish
uslublari kiradi. О‘qitishda о‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash
metodlari
guruhi
ta’lim jarayonida pedagogik rag‘batlantirish
orqali
о‘quvchilarning yangi о‘quv materialini egallashlarida ishtiyoq va faollikni
ta’minlovchi ijobiy asoslanishlarni vujudga keltiradi. Mazkur metodlar
о‘quvchilarning bilishga bо‘lgan qiziqishlari, aqliy faolliklari, yangi bilimlarni
egallashga bо‘lgan ehtiyojlari, muloqot madaniyati, о‘z-о‘zini
nazorat qilish va
boshqarish,
baholash
kо‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.
89
Shuningdek, ta’limning ijtimoiy
ahamiyatini tushuntirish, о‘quvchilarda ongli
intizom, burch va ma’suliyatni tarkib toptiradi.
О‘qishga bо‘lgan qiziqishni orttirish, didaktik-о‘yin, о‘quv munozaralari,
о‘quvchilarning taxsil olishdagi burch va ma’suliyatini shakllantirish metodlari
mansub bо‘lib, ular quyidagi:
a) о‘qishga bо‘lgan qiziqishni orttirish metodlari о‘quvchilarda ijobiy
hissiyotni vujudga keltirish, qiziqarli
analogiyalardan foydalanish, taajjublanish
effekti, bilish quvonchini vujudga keltirish, о‘quvchilarni rag‘batlantirish va
tanbeh berish uslubi.
b) didaktik-о‘yin metodi о‘yin syujetini tanlash, о‘yin vaziyatlarini vujudga
keltirish, о‘quv-bilishga oid о‘yinlarni tanlash, о‘quvchilarni rag‘batlantirish
uslubi.
v) о‘quv munozaralari metodi о‘quv baxslarini keltirib chiqaradigan vaziyatni
yaratish, ilmiy baxslarni vujudga keltirish. О‘quvchilarni muvaffaqiyatlarga
yо‘llash, о‘quvchilar fikrini bayon qilishi, ular javobidagi xatolarni tо‘g‘rilash,
о‘quvchilarni rag‘batlantirish uslubi.
d) о‘quvchilarning tahsil olishdagi burch va ma’suliyatini shakllantirish
metodi ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, о‘qishning shaxsiy
ahamiyatini tushuntirish, о‘quv talablarini qо‘yish, о‘qitishda rag‘batlantirish va
tanbeh berish kabi uslublarni mujassamlashtiradi.
О‘qitishdagi nazorat va о‘z-о‘zini nazorat metodlari. Nazorat ta’lim
jarayonining ajralmas qismlaridan biri sanaladi. Nazoratning muntazamligi va
izchilligi о‘quvchilarning faol aqliy mehnat qilishga undaydi, ularda ma’suliyat,
burch, diqqat, xotira, о‘z-о‘zini nazorat qilish va baholash kо‘nikmalarini
rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.Nazoratning tо‘liqliligi, haqqoniyligi, keng
kо‘lamliligi, muntazamliligi barcha metodlar kabi bu metodlarning ta’limiy,
tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va о‘quvchilarga tafovutlab yondashish kabi
funksiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Bu metodlar guruhiga og‘zaki va
yozma nazorat, laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat, о‘z-о‘zini nazorat,