O’zbekiston Respublikasi Xalq


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

 
Mustahkamlash uchun savollar: 
1. Iduktiv metodlar nima? 
2. Dduktiv metodlar qachon qо‘llaniladi? 
3. Tahlil va qiyoslash metodlariga ta’rif bering?
4. Umumlashtirish metodlarini izohlang? 
5. Bu metodlarning tarbiyaviy yо‘nalishdagi vazifalari? 
 


92 
13-§ BIOLOGIYANING О‘QITISH VOSITALARI 
1.О‘qitish vositalarining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. 
Bevosita idrok qilish mumkin bо‘lgan narsalar asosida olib boriladigan ta’lim 
kо‘rgazmali ta’lim deb ataladi. Ta’lim berish vositalarning roli benihoyat katta. 
Atoqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy bolani esida biror narsaning mahkam о‘rnashib 
qolishini xohlovchi pedagog bolaning sezgi a’zolarini mumkin qadar kо‘prog‘ini: 
kо‘zi, qulog‘i, tovush organi, muskul sezgi va xatto iloji bо‘lsa xidlash va ta’m 
bilishi organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishiga harakat qilishi kerak 
degan edi. 
Kо‘rgazma vositalari ta’limini ongli bо‘lishida nihoyatda katta ahamiyatga 
ega. Biologiya hayot tо‘g‘risidagi fan. Binobarin biologiya о‘qitish jarayonida 
tabiiy kо‘rgazmali vositalar-о‘simliklar, xayvonlar, zamburug‘lar, prokariot 
organizmlardan keng foydalanish tabiiy bir hol. Kо‘rsatmali ta’lim faqat tabiiy 
kо‘rgazma vositalarigina emas, shu bilan tasviriy kо‘zgazmali vositalariga ham 
asoslanadi. Kо‘rsatmali vosita bо‘lgan taqdirdagina о‘quvchi tabiatdagi narsa va 
xodisalarni о‘zaro taqqoslashi, ularning о‘zaro о‘xshashliklari, tafovutlarini 
aniqlay olishi mumkin. Kо‘rgazmali vositalar yordamida о‘quvchi о‘rganilgan 
о‘quv materialini analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish konkretlashtirish, 
sistemalashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy operatsiyalarni amalga oshirishi 
mumkin.
2.О‘qitish vositalarining sistemasi. 
О‘qitish vositalari: tabiiy, tasviriy va og‘zaki yoki verbal vositalarga 
bо‘linadi. О‘qitish vositalarini uch xilga ajratish bilish nazariyasiga va 
о‘kuvchilarning tafakkurini rivojlanish stadiyalariga mosdir. Biologiya kursiga 
kiruvchi о‘quv fanlarini о‘qitish 5- sinfdan boshlanadi. Bu о‘quvchilarning 
о‘smirlik davriga tо‘g‘ri keladi. О‘smirlik davrida bolalarni bilish faoliyatida 
kо‘rgazmali harakat ustunlik qiladi. Kechki о‘smirlik davrida tasviriy kо‘rgazmali 
asosida fikr yuritish ya’ni tabiiy narsalarga emas, ularning tasvirlariga asoslanib 
idrok, tasavvur hosil qilish rivojlanadi. Yuqori sinf о‘quvchilarining aqliy 
faoliyatida abstrakt-nazariy tafakkur yetakchi rol о‘ynaydi.Ta’lim vositalarining 


93 
barchasi biologiya mazmuni va о‘quv faoliyatining tashkil qilish usullarini ifoda 
qiladi. Tabiiy kо‘rgazma vositalari-mikropreparatlar, tirik yoki fiksirlangan 
о‘simlik, hayvonlar ularning ayrim bо‘laklari, kolleksiyalar tuluplar, gerbariylar, 
biosistemalar (tо‘qay, tog‘ oldi, yaylov chо‘l) bо‘lib, ular bilan о‘quvchilar 
bevosita darsda yoki ekskursiya mobaynida tanishadilar. Tabiiy kо‘rgazmali 
vositalar faqat kо‘rish orqali emas, balki eshitish, xid, ta’m bilish organlari 
yordamida idrok qilinadi. Tabiiy kо‘rgazmali vositalar о‘rniga tasviriy kо‘rgazmali 
vositalar 
ba’zan chunonchi hujayra, organizm ekosistemalar tuzilishi, 
moddalarning davriy aylanishiga oid tablitsalar, sxemalar, moddalar, foto 
suratlardan foydalaniladi. Kompyuter, multimediylar, tasviriy kо‘rgazmali 
vositalarning alohida guruhi sanaladi. Og‘zaki yoki verbal vositalar – bular 
darsliklar, ilmiy-ommabop kitoblar, о‘qituvchining sо‘zi, televideniya yoki 
kinokadrlardagi diktor matni, kompyuter dasturlari (videokadrlar, modellar,) 
testlar, didaktik kartochkalardir. Tabiiy yoki tasviriy vositalarni о‘kuvchi 
tomonidan idrok qilinishi, ular ustida kuzatish, о‘tkazish yoki faoliyat harakati 
yordamida amalga oshadi.
Maktablarda о‘tkazilgan maxsus psixolog pedagogik tadqiqotlar о‘qitish 
samaradoligi oshishi kо‘p jihatdan о‘quvchi sezgi organlarini dars jarayonida jalb 
etishga bog‘liq ekanligini kо‘rsatmoqda. О‘quv materialini idrok etishda 
о‘quvchining qanchalik kо‘p sezgi organlari ishtirok etsa, uni о‘zlashtirish 
shunchalik puxta bо‘ladi. Bu jarayon allaqachon didaktikaning kо‘rsatmali 
prinsipida о‘z ifodasini topgan. Y.A.Komenskiy о‘qitishda о‘quvchining barcha 
sezgi organlarini jalb etish didaktikaning “Oltin qoidasi” deb aytgani bejiz emas. 
О‘rta umumiy ta’lim о‘quv yurtlarida biologiya о‘qitishning barcha bosqichlarida 
kо‘rgazmalilik ta’lim berish vositasi ekanligini unitmaslik kerak. Lekin 
“kо‘rgazmalilik” atamasiga tabaqalashgan holda yondoshish kerak, chunki u har 
xil pedagogik tushunchalarni о‘zida ifoda qiladi. Masalan “kо‘rgazmalilik 
prinsipi”, “kо‘rgazmalilik о‘qitish vositasi”, “kо‘rgazmali qurol” tushunchalarni 
farqlash kerak.


94 
Kо‘rgazmalilik pirinsipi deyilganda biologiyani о‘qitish jarayonida о‘qituvchi 
amal qiladigan didaktik prinsip tushuniladi. Kо‘rgazmalilik bir vaqtning о‘zida 
sezish, mantiq, konkret, abstrak yо‘li bilan bilishni о‘zida birlashtirib abstrak 
tafakkurni rivojlanishiga yordam beradi va kо‘p hollarda uning tayanchi 
hisoblanadi. Kо‘rgazmalik о‘qitish vositasi sifatida о‘quvchilardan statistik va 
dinamik obrazlar hosil qilishga qaratilgan bо‘ladi. Kо‘rgazmali о‘kitish vositasi 
о‘z mazmuniga kо‘ra kо‘rgazmali qurol tushunchasiga yaqin, lekin xajmiga kо‘ra 
unga nisbatan keng. Masalan bug‘lanishga oid tajriba yoki telekо‘rsatuv, sinf 
taxtasida ishlangan rasm kо‘rgazmali vositasi bо‘lib kо‘rgazmalik qurol 
hisoblanmaydi. Kо‘rgazmali qurol bu darsda о‘qituvchi tomonidan qо‘llanilgan 
konkret narsadir. U tulup, kolleksiya, gerbariya, tirik о‘simlik, hayvon, tablitsadagi 
rasm, sxemalar shuningdek mulyajlar diafilmlar, tarqatma material, didaktik 
kartochkalar shaklida bо‘ladi. О‘rganilayotgan narsa va xodisalarning biologik 
mazmunini ifoda qiluvchi kо‘rgazma qurollar о‘qitish asosiy vositalar, har xil 
asboblar chunonchi probirka, kolba, taroz va shu singarilar qо‘shimcha vositalar 
hisoblanadi. О‘qitish samaradorligini oshirishda amaliy mashg‘ulot va namoyish 
qilinadigan tajribalarni о‘tkazishga yordam beruvchi xususan mikroskoplar, 
lupalar, shtativlar, reaktivlar asboblar isituvchi asboblar, pinset, preparoval ninalar, 
о‘qitishning texnik vositalari – kodoskoplar, televizorlar, kompyuterlar, ovoz 
yozuvchi va eshittiruvchi - apparatlar, magnitofonlar ham о‘qitish vositalariga 
kiradi. Texnik vositalari orasida audiovizual va boshqa tabiiy tasviriy vositalar shu 
bilan ustunlik qiladiki ular о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning barcha 
bosqichlarini izchillik bilan kо‘rsata oladi. Telekо‘rsatuvlardan biologiya 
о‘qitishda foydalanish tirik tabiatdagi voqea, hodisalarni sinfda о‘rganish sifatini 
bir necha marta oshirish imkonini beradi. О‘qitish jarayonida kompyuterlarni 
qо‘llash о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtirish va nazorat qilish imkonini 
tug‘diradi.
Kо‘rgazmali vositalardan biologiya о‘qitishning barcha jarayonlarida, 
masalan yangi о‘quv materialini tushuntirayotganda uni mustahkamlayotganda, 
о‘quv kо‘nikma – malakalarni shakllan-tirayotganda, u vazifasini 


95 
bajarayotganda, о‘quv materilini nazorat qilayotganida qо‘llaniladi. О‘qitish 
vositalarini darsda emas, balki sinfdan tashqari darslar ham qо‘llash mumkin.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin