103
mavzu mazmuniga kо‘ra, о‘quvchilarda muayyan biologik tushunchalarni
shakllantirish va kо‘nikmalarni tarkib toptirishga zamin tayyorlashini nazarda
tutishi lozim. Ma’lumki, biologiyani о‘qitishda mavzu matnida ustunlik qiluvchi
tushunchalarga kо‘ra, morfologik,
anatomik,
fiziologik, sistematik, gigiyenik,
ekologik, embriologik, sitologik va h.k. mazmundagi darslarga ajratiladi.
Darslarning
bunday
guruhlarga
ajratilishi
о‘quvchilarda tushunchalarni
shakllantirish va kо‘nikmalarni tarkib toptirish jarayonini uyg‘unlashtirish va
ularni uzviy ravishda rivojlantirish imkonini beradi. Dars mazmuni tarkibidagi
tushuncha va kо‘nikmalarni о‘quvchilar tomonidan mustahkam о‘zlashtirishlari
uchun о‘qituvchi kо‘rgazma vositalari va о‘qitish metodlarini tanlaydi.
Morfologik, anatomik, sistematik tushunchalar (tabiiy obektlarni aniqlash,
ularning organlarini ajratish, mikropreparatlarni mikroskop yordamida kо‘rish,
о‘simlik va hayvonlarni qaysi sistematik guruhga mansubligini aniqlash va h.k.)
asosan, laboratoriya jihozlari, kо‘rgazma va tarqatma materiallarni, metodlardan
amaliy
metodlarni, fiziologik va ekologik mazmundagi darslar tajriba va
kuzatishlar о‘tkazish, kо‘rgazma vositalari, kinofilm, videofilm, multimedialarni
namoyish qilishni metodlardan kо‘rgazmali metodlarni, mavzular bо‘yicha
umumlashgan, umumbiologik tushunchalarni rivojlantirishga mо‘ljallangan
mavzular mantiqiy metod (taqqoslash, о‘xshashlik
va farqlarni aniqlash,
umumlashtirish va xulosa chiqarish va h.k.) larni taqoza etadi.Har bir bob yakunida
о‘tkaziladigan umumlashtiruvchi darslarda, darsning ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi maqsadlariga mos holda muayyan kо‘rgazma vositalari va
metodlardan foydalaniladi. Biologiya darslarida tasviriy kо‘rgazma vositalari bilan
bir qatorda tabiiy obektlardan foydalanish maqsadga muvofiq, shu sababli
о‘qituvchi uzoq vaqt davom etadigan kuzatish va tajribalar uchun zarur bо‘lgan
muddatlarni hisobga olgan holda о‘z
vaqtida masalan, “Bargda organik
moddalarning hosil bо‘lishi”ni о‘rganish tajribasi о‘n kun avval, “Urug‘larning
unib chiqish shart-sharoitlari” tajribasi, infuzoriya-tufelkasi kulturasi bir hafta
oldin tayyorlash lozimligi hisobga olinishi zarur.
104
Shunday qilib, mavzuli reja о‘quv fani bо‘yicha darslarning tizimini,
mazmunning
mantiqiy rivojlanishi, metodlarning turlari, kо‘rgazma vositalari,
darsdan tashqari ishlar, о‘kuvchilarning mustaqil tahsilini о‘z ichiga oladi. Bundan
tashqari о‘qituvchi mavzu bо‘yicha о‘quvchilar tomonidan bajariladigan uy
vazifalari, darsdan tashqari ishlarning mazmuni va xarakteri, mustaqil о‘qish uchun
qо‘shimcha adabiyotlarni aniqlashi zarur.
О‘qituvchi har bir bobda tushuncha va о‘quv-amaliy kо‘nikmalarni
rivojlantirish izchilligini, shuningdek, ta’lim-tarbiyaning
uzviyligini amalga
oshirish yо‘llarini belgilaydi, zarur hollarda mavzuli taqvim rejaga tegishli
о‘zgartirishlar kiritadi. Quyida botanikadan
Dostları ilə paylaş: