101
15-§ BIOLOGIYADAN YILLIK ISTIQBOL VA MAVZULI REJA TUZISH
YО‘LLARI.
Ma’lumki, umumiy о‘rta ta’lim maktablarida biologiyani о‘qitishning asosiy
shakli dars sanaladi. Darsda о‘quv fani yuzasidan asosiy о‘quv
materiali
о‘rganiladi, lekin dars о‘qitishning boshqa shakllari bо‘lgan darsdan tashqari
ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy bog‘liq. Darsdan
tashqari ishlar masalan, tabiatda, uyda va tirik tabiat
burchagida olib borilgan
kuzatishlar va о‘tkazilgan tajribalar natijalari, ekskursiyada tayyorlangan
gerbariylar
va
kolleksiyalardan
darsda
foydalaniladi.
Sinfdan
tashqari
mashg‘ulotlar о‘quvchilarning biologiya о‘quv fanlaridan о‘zlashtirgan bilim va
kо‘nikmalarini
mustahkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga, kasbga ongli
ravishda yо‘llashga xizmat qiladi. Demak, biologiyani о‘qitishda dars,
darsdan
tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va ekskursiyalardan о‘z о‘rnida
rejali va samarali tashkil etilishi, ya’ni о‘qitishga tizimli yondoshuvni amalga
oshirilishi lozim.
О‘qituvchi ushbu mashg‘ulotlarni bir-biri bilan uzviy ravishda tashkil etish
asnosida biologik ta’lim
samaradorligiga erishish, о‘quvchilarda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish, umumbiologik va xususiy tushunchalar hamda
о‘quv-amaliy kо‘nikmalarni izchil
ravishda tarkib toptirish, mantiqiy fikr
yuritishga о‘rgatishni nazarda tutadi. Biologiyani о‘qitishda tizimli yondoshuvni
amalga oshirish uchun о‘qituvchi о‘quv yili boshida istiqbol reja tuzishi lozim.
Mazkur reja biologiyani о‘qitishning barcha shakllarini uzviy ravishda qamrab
olishi, о‘quv dasturidan о‘rin olgan boblar va mavzular bо‘yicha
darslar tizimi,
о‘quv yilidagi choraklar va ta’tillar hisobga olingan holda о‘tkazish muddatlari,
fanlararo bog‘lanishlar, ekskursiyalar, darsdan va sinfdan tashqari ishlar aks etadi.
Biologiya о‘qituvchi istiqbol reja tuzishi uchun:
О‘quv dasturidagi har bir bobning didaktik maqsadini, shuningdek,
bobdagi mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlarini aniq
tasavvur qilishi; Mavzularni о‘qitishda yil fasllari, mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy
va rivojlantiruvchi maqsadlari, о‘quvchilarda shakllantiriladigan biologik
102
tushunchalar, tarkib toptiriladigan kо‘nikmalarni hisobga olgan holda о‘qitish
metodlari, kо‘rgazma vositalarini tanlashi. О‘quvchilar tomonidan о‘tkaziladigan
kuzatish va tajribalarning mazmuni va muddatlarini aniqlashi;
Darsda namoyish
etiladigan tajribalarni avvaldan tayyorlash muddatlarini belgilashi; Har bir darsda
ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, boblar, mavzular va fanlararo bog‘lanishlarni amalga
oshirish yо‘llarini belgilashi; О‘quvchilarning mustaqil
ishlari uchun didaktik va
tarqatma materiallarni tayyorlash, mustaqil о‘qish uchun qо‘shimcha adabiyotlarni
tanlashi; Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, ekskursiyalarni tashkil etish uchun
zarur bо‘ladigan laboratoriya jihozlari va asboblarini aniqlashi lozim.
Xulosa qilib aytganda, о‘qituvchi istiqbol rejada о‘qitish jarayonining
yaxlitligini nazarda tutishi, о‘z pedagogik faoliyatini shu reja asosida tashkil etishi,
unda о‘qitishning barcha shakllarining uzviyligini ta’minlagan holda ularni
о‘tkazish muddatlari kо‘rsatilgan bо‘ladi.
Biologiyani о‘qitishda foydalaniladigan istiqbol rejani tuzish uchun quyidagi
jadval namuna sifatida berilmoqda.
2-jadval
Dostları ilə paylaş: