70
tarzdagi
munozara, agar munozara о‘quvchilarning kichik
guruhlardagi mustaqil
ishi asosida tashkil etilsa polilog tarzdagi muloqot sanaladi. О‘qituvchi
darsda
о‘rganiladigan mavzuning didaktik maqsadidan kelib
chiqqan holda qay tarzdagi
munozarani tashkil etishni nazarda tutib tegishli о‘quv topshiriqlarni tayyorlaydi.
Har qanday о‘quv munozaralari ijodiy izlanish asosida tashkil etiladi.
Ijodiy
izlanishlar quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiq:
Ijodiy izlanish maqsadini aniqlash;
Ijodiy izlanish maqsadiga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish;
Guruh a’zolari о‘rtasida fikr va axborot almashinuvini amalga oshirish;
Olingan natijalarni tasavvur qilish va uni loyihalash;
Maqsadni amalga oshganligi va olingan natijani tahlil qilish;
Zarur hollarda tegishli о‘zgartirishlar kiritish.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.Biologiya о‘qitish metodikasining asosiy maqsadi vazifalari nimalardan
iborat?
2.Biologiya о‘qitish metodikasining о‘quv fani bilan fanilar orasida qanday
tafovutlar mavjud?
3. Biologiya о‘qitish metodikasi fan sifatida nimalarni о‘rgatadi?
4. Biologiya о‘qitish metodikasi о‘quv fani sifatida qanday vazifani bajaradi?
5.Biologiya о‘qitish metodikasi bilan pedagogika fani о‘rtasida qanday
bog‘lanishlar bor?
Dostları ilə paylaş: