O’zbekiston Respublikasi Xalq


ta’lim jarayonini isloh qilish va uzluksiz ta’lim tizimini



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

ta’lim jarayonini isloh qilish va uzluksiz ta’lim tizimini 
joriy etishning ilmiy nazariy asosi sanalgan Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturining ta’lim sohasini
tubdan isloh qilish, uni о‘tmishdan olgan mafkuraviy 
qarashlar va sarqitlardan tо‘la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar 
darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratish kabi maqsadini amalga oshirish yо‘lida, 
shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi davlat va ijtimoiy buyurtmalari, 
о‘qitish prinsiplari hisobga olingan holda biologiyani о‘qitishda quyidagi 
о‘qitish 
qonuniyatlarini pedagogik amaliyotga qо‘llash
 
maqsadga
 
muvofiq deb topildi. 
1.
О‘qitish maqsadi, mazmuni, vositalari va shakllarining ijtimoiy muhitga 
bog‘liqligi qonuni.
 
Mazkur qonuniyat ta’lim - tarbiya jarayonining tarkibiy 
qismlarini tanlash va shakllantirishda jamiyatdagi ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy - 
ma’rifiy о‘zgarishlar, ijtimoiy munosabatlarning ta’sirini о‘zida aks ettiradi. 
Mazkur qonuniyat ta’lim oluvchilarda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy 
fikrlashni shakllantirishga imkon beradi. Keyingi yillarda yuqorida qayd etilgan 
fikrlar, о‘qitish maqsadi va vazifalari hisobga olingan holda biologik ta’lim 
mazmuni yangilandi, ta’lim tizimi jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, 
rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslandi. О‘quv 
fanlari bо‘yicha davlat ta’lim standartlari, о‘quv dasturlari, darsliklar va о‘quv-
metodik qо‘llanmalarning yangi avlodi yaratildi. Kadrlar tayyorlash dasturida 


44 
о‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash muhim 
vazifalardan biri etib belgilangan. Shuni nazarda tutgan holda, biologiyani 
о‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish yо‘llari ishlab 
chiqilishi zarur.
2.
Tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi ta’lim qonuniyati shaxsning tahsil olish 
jarayoni, bilim, faoliyat usullarini о‘zlashtirishi uning rivojlanishiga va shaxsiy 
sifatlarining shakllanishiga asoslanadi. Ushbu qonuniyat har tomonlama kamol 
topgan insonni shakllantirishga imkon beradi. Kadrlar tayyorlashning milliy 
modelida shaxs muhim о‘rin tutadi va uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama 
barkamol shaxs, fuqaroni shakllantirish nazarda tutiladi. О‘qituvchi biologiyani 
о‘qitishda ta’lim - tarbiyaning uzviyligini ta’minlashi, о‘rganilayotgan mavzu 
mazmuniga bog‘liq holda о‘quvchilarning ma’naviy - axloqiy, vatanparvarlik, 
ekologik, estetik, iqtisodiy, huquqiy, jismoniy, jinsiy, mehnat va baynalminal 
tarbiyasini amalga oshirishi lozim.
3. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin