5. О‘qitishda nazariya va amaliyotning birligi va uzviy bog‘liqligi qonuni. Tahsil oluvchilarning о‘qitish jarayonida bilimlar, tushunchalar, g‘oyalar,
nazariyalarni ongli va mustahkam о‘zlashtirishiga erishish, ularni amaliyotda
qо‘llash kо‘nikmalarini shakllantirishga asoslanadi. Ushbu qonuniyat fan, texnika,
ishlab chiqarish va amaliy tajribalarning о‘quv jarayoni bilan integrassiyasini,
uyg‘unligini amalga oshirishga imkon beradi. Mazkur qonun Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining yuksak umumiy va kasb - hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy
faollikka, ijtimoiy – siyosiy hayotda mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘g‘ri ola bilish
mahoratiga ega bо‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir
kadrlarning yangi avlodini shakllantirish kabi vazifalarni amalga oshirishni
nazarda tutadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun biologiyani о‘qitishda о‘quv
dasturidan о‘rin olgan laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlar va ekskursiyalarni о‘z
о‘rnida samarali о‘tkazish, о‘kuvchilarning bilish faoliyatini individual va kichik
guruhlarda tashkil etish va boshqarish orqali о‘quvchilarning о‘zlashtirgan
bilimlarini amaliyotda qо‘llash, amaliy va о‘quv mehnati kо‘nikmalarini tarkib
toptirishga e’tiborni qaratish lozim.
6 . Pedagogik jarayon birligi va yaxlitligi qonuni . Pedagogik jarayonning
yaxlit va tarkibiy qismlari о‘rtasidagi uzviy bog‘lanishlarni, shuningdek, ta’lim
jarayonining mazmuni, vositalari, metodlari, shakllari, о‘qituvchi va о‘quvchi
faoliyatining о‘qitish maqsadlari bilan uyg‘un ravishda bog‘liqligini ta’minlaydi.
Yuqoridagi fikrlar hisobga olingan holda о‘qitish jarayoni davlat va ijtimoiy
buyurtmalarga muvofiq maqsadlarni, ta’lim mazmuni, pedagogik muloqot
vositalari (о‘qitish vositalari, metodlari va shakllari), О‘qituvchi va о‘quvchilar
46 faoliyati shakllari, о‘quv - bilish jarayonini tashkil etish va nazorat qilishni о‘z
ichiga oladi.